Samsung yangi Galaxy A 56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G smartfonlarini taqdim etgan holda AI (sun’iy intellekt) sohasida oldinga harakatlanmoqda
Galaxy A modellari ajoyib AI, yaxshilangan kamera va ishonchli chidamlilik bilan ajralib turadi.
Samsung Electronics Co., Ltd. yangi Galaxy A modellarini taqdim etdi: Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G. Galaxy A modellari taassurotli AI funksiyalarini, jumladan, ijodkorlikning yangicha qirralarini kashf etuvchi, foydalanuvchilar qalbidan joy olgan AI qulayliklarini taqdim etadi. Bundan tashqari, qurilmalar yuqori ishonchlilik va chidamlilikni, shuningdek, qurilmalardan xavfsiz va uzoq muddat foydalanishni kafolatlaydigan xavfsizlik va maxfiylik imkoniyatlarini taʼminlaydi.
“Yangi Galaxy A modellari ‘Hamma uchun AI’ missiyamizni amalga oshirishda muhim qadamdir, chunki u Galaxy mobile AI’ning ajoyib imkoniyatlarini butun dunyo boʻylab yanada koʻproq odamlarga taqdim etadi, — dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va mobil texnologiyalar boʻlimi rahbari TM Roh, — Ushbu ajoyib yangi funksiyalar va imkoniyatlar bilan biz xavfsiz, ishonchli va jozibador mobil qulayliklarni taqdim etgan holda Galaxy A modellarining cheksiz ijodiy salohiyatini ochib berishdan xursandmiz”.
Murakkab qidiruv va ijodkorlik uchun ajoyib AI
Awesome Intelligence — bu Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G qurilmalari uchun maxsus chiqarilgan birinchi murakkab mobil AI boʻlib, u foydalanuvchilarga kuchli, jozibali va qulay AI imkoniyatlarini taqdim etadi. One UI 7 dagi yangi Awesome Intelligence funksiyalari esa Galaxy A foydalanuvchilariga ajoyib qidiruv va vizualizatsiya imkoniyatlarini beradi.
Yaxshilangan Google orqali Aylana Chizib Qidirish telefon ekrani yordamida izlashni endi yanada osonlashtiradi. Oxirgi yangilanishlar esa qidiruv funksiyasini tezkor va kontekstli qiladi, yaʼni ekranda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va URL manzillari avtomatik aniqlanib, foydalanuvchilarga bir martagina bosish orqali tegishli amallarni bir zumda bajarishga yordam beradi. Shuningdek, yangilanishlar ichida «Musiqa Izlash» funksiyasi ham bor. Bu sizga yaqin atrofdan yoki qurilmangizdan chiqayotgan ovoz yoki hatto xirgoyi qilganingizda ham musiqani aniqlash imkonini beradi. Koʻp tillarni qo‘llab-quvvatlaydigan ushbu musiqani qidirish funksiyasi jarayonni ancha osonlashtiradi. Foydalanuvchilar endi musiqa nomi nihoyat xayoliga kelib qolishini kutib oʻtirishlari shart emas.
Galaxy A modellari barcha qurilmalarda 50 megapikselli kuchli uchta kamerali tizimga hamda yorqin va tiniq selfi uchun Galaxy A56 5G va Galaxy A36 5G smartfonlari 10 bitli HDR old kameralariga ega ijodkorlarga moʻljallangan vositalar yordamida kamera imkoniyatlarini keyingi bosqichga olib chiqadi. Galaxy A56 5G 12 megapikselli ultra keng obyektivli ilg‘or kameraga ega va butun Galaxy A modellari aqlli vizual tahrirlash orqali ijodkorlikni yangicha va qiziqarli imkoniyatlar bilan boyitadi.
Galaxy A56 5G uchun maxsus chiqarilgan «Eng yaxshi yuz» funksiyasi harakatlanuvchi suratda besh kishigacha eng yaxshi yuz ifodalarini tanlab, birlashtirib, guruhli suratga tushishni endi yanada osonlashtiradi. Kimningdir koʻzlari yumilib qolgan yoki boshqa tomonga qarab qolgan boʻladimi, «Eng yaxshi yuz» bir marta suratga olishda hammaning eng yaxshi koʻrinishini taʼminlaydi. Galaxy A56 5G «Tungi rejim» yordamida yaxshilangan tungi tasvirlarni ham taqdim etadi: 12 megapikselli selfi kamerasi shovqinni kamaytiradigan rejimda ishlaydi. Qoʻshimcha keng burchakli kamera esa yaxshi yoritilmagan sharoitlarda kontentni ajoyib koʻrinishda suratga olish imkonini beradi.
Galaxy A56 5G, Galaxy A36 5G va Galaxy A26 5G – takomillashtirilgan smartfondir, «Obyektlarni o’chirish» funksiyasi foydalanuvchilarga fotosuratlardan keraksiz va chalgʻituvchi narsalarni olib tashlash imkonini beradi. Bu bexosdan kadrga tushib qolgan piyoda boʻladimi yoki chalgʻituvchi soyalar boʻladimi, foydalanuvchilar ularni qoʻlda yoki avtomatik olib tashlay oladi. Bu bilan bir necha marta bosish orqali yanada toza va yakuniy tasvirga erishish imkonini beradi. Bundan tashqari, «Filtrlar» funksiyasi mavjud fotosuratlardan ranglar va stillarni ajratib olish orqali shaxsiy filtrlar yaratishga imkon beradi. Shunda foydalanuvchilar kayfiyat va didga qarab noyob va moslashtirilgan effektga erishishda ulardan foydalanishlari mumkin. Ushbu aqlli vositalar yordamida foydalanuvchilar hech qanday qiyinchiliklarsiz fotosuratlarining sifatini yaxshilaydi va har bir suratga ijodkorlikning yangi boʻyogʻini qoʻshadi.
Chidamli korpus, yaxshilangan displey va bardoshli dasturiy taʼminot
Olti avlod Android OS va One UI yangilanishlari hamda olti yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan Galaxy A modellarida dasturiy taʼminotning ishlash muddati yanada uzaytiriladi. Ushbu yangilanishlar qurilmaning ishlash muddatini optimallashtirish uchun qoʻshimcha yordam beradi va foydalanuvchilarga uzoq yillar davomida muammosiz va ishonchli xizmat qilishida davom etishni taʼminlaydi.
Galaxy A56 5G va Galaxy A36 5G immersiv tomosha taassuroti uchun mo‘ljallangan kattaroq displeyga ega. Ikkala qurilmada ham jonli va ta’sirchan o‘yin-kulgi imkoniyatlari uchun 6.7 dyuymli FHD+ Super AMOLED displeyi 1200 nitsgacha yorqinlik bilan jihozlangan. Yangi stereo karnaylar keng va muvozanatli ovoz bilan audioni yanada yaxshilaydi.
Yangi Galaxy A seriyasi turli ranglarda taqdim etilgan. Galaxy A56 5G va A36 5G modellari och kulrang, grafit va zaytun ranglarida, Galaxy A26 5G esa qora, oq va yalpiz ranglarida mavjud.
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.