Samsungdan ajoyib xabar: yangi Galaxy S23 Seriya flagmanlari endi O’zbekistonda!

24/02/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

 

 

Samsung Electronics O`zbekistonda 2023 yil 25 Fevral  sa`nasidan bo`shlab Galaxy S23 smartfonlarining sotuvi boshlanishini e’lon qiladi.

 

 

 

Oldindan buyurtma natijalariga qaraganda bu yilgi ko’rsatkichlar o’tgan yilgi Galaxy S22 Seriyalaridan ikki baravar yuqori bo’ldi. “Bu yilgi oldindan buyurtma soni mijozlarimizning brendimizga bo’lgan ishonchini ko’rsatyapti,  bizning innovatsiyalar va barqarorlikka bo’lgan sodiqligimiz esa iste’molchilar tomonidan bo’lgan e’tirofni ko’rsatyapti”, deydi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va Mobil tajriba biznesi rahbari T.M Roh.

 

 

 

Galaxy S23 Seriyalaridagi smartfonlari quyidagi afzalliklari bilan iste’molchilarni mamnun qiladi:

 

 Tengi yo’q video va fotosuratlar

 

Ajoyib tungi suratlar, kinomatografik tafsilotlar va haqiqiy portretlar – innovatsion professional kamera, 200 MP o‘ta yuqori aniqlik, sun’iy intellekt va yangi Expert RAW va Adaptive Pixel foto rejimlari.

 

Yuqori tezlikda ishlashi

 

Seriya qurilmalari Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va 8 gigabayt operativ xotira bilan ta’minlangan.

 

Tungi selfilar yanada yorqinroq

 

Smartfonning yangi 12 megapikselli kamerasi bilan aniq tafsilotlar bilan kam yorug‘likda ham selfiga tushing. Old kameraning Dual Pixel texnologiyasi hattoki past yorug‘likda ham tezroq va aniqroq fokuslanadi.

 

 

 

 

Galaxy S23 Seriyasi Ozbekistonda 4 xil ajoyib rangda taqdim etilgan: yashil, qora, binafsha va qaymoq rangda.

 

 

 

Darhaqiqat, Galaxy S23 flagmanlarini oldindan buyurtma qilganlar kafolatlangan Galaxy Watch4 yoki Galaxy Buds2 sovg’alariga hamda ITVdan  bepul yillik obunaga ega bo’lishadi.

 

 

 

 

Yangi Galaxy S23 flagmanlarini quyidagi do’konlardan xarid qilsa bo’ladi:

 

  • Samsung Rasmiy Do’konlari:
  • Riviera SKM
  • Samarqand Darvoza SKM
  • Mercato SM
  • Vega SKM
  • Family Park SKM (Samarqand)
  • O’zbegim SKM (Andijon)

 

Rasmiy hamkorlar do’konlari:

 

  • Elmakon
  • Mediapark
  • Texnomart
  • Milliy Kredit
  • Idea
  • Radius
  • Ishonch

 

 

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga