Samsung’ning 2024-yilgi sunʼiy intellektga asoslangan televizor va saundbar mahsulotlar kategoriyasi sharhlovchilarni hayratda qoldirdi
Neo QLED 8K, Neo QLED 4K, OLED va audio jihozlar professional sharhlovchilar tomonidan oldindan katta maqtovlarga sazovor boʻldi
Samsung Electronics yaqinda 2024-yilga moʻljallangan yangi televizor mahsulotlar kategoriyasini ishga tushirdi. Bu televizorlar ajoyib vizual tasvirlarni taqdim etuvchi va uydagi koʻngilocharlikni qaytadan belgilaydigan ilgʻor AI texnologiyalari bilan jihozlangan. Butun dunyo boʻylab sharhlovchilarga Samsung’ning eng yangi mahsulotlarini oldindan sinab koʻrish imkoni berildi va, koʻrinishidan, 2024-yilgi kategoriya sanoat mutaxassislarida hayajon uygʻotayotgani aniq.
Samsung’ning 2024-yilgi televizor va audio mahsulotlar kategoriyasi texnologik chegaralarni yorib oʻtuvchi, eng soʻnggi funksiya va innovatsiyalar hamda mislsiz tomosha hissini taklif qilmoqda. Quyida oʻsha sharhlarning muhim parchalari keltirilgan.
Mavzuga aloqador maqolalar roʻyxati
[Neo QLED 8K] Expert Reviews, Newsweek, Trusted Reviews, What Hi-Fi?
[Neo QLED 4K] Expert Reviews
[OLED] Newsweek, Sound & Vision, Techaeris, Trusted Reviews
[Music Frame] Techlicious
[HW-Q900D] Techaeris, Newsweek
[HW-S800D] Techlicious
NQ8 AI Gen3 protsessori bilan tomosha qilish hissini qayta kashf eting
Samsung’ning 2024 Neo QLED 8K televizori realistik tasvir sifatiga erishish uchun AI tomonidan takomillashtirilgan 8K apskeyl imkoniyatiga ega boʻlgan tomosha markazidir. Bu yil Samsung oʻzining eng soʻnggi va eng innovatsion protsessori — NQ8 AI Gen3’ni taqdim etdi. Protsessor 2024 Neo QLED 8K QN900D ichida joylashgan boʻlib, u oʻzidan oldingi versiyasiga qaraganda ikki barobar tez ishlaydigan neyron protsessor bilan tasvir va ovozni optimallashtirib, yakuniy 8K hissini taqdim etadi. Neyron tarmoqlar soni ham sakkiz baravar koʻpaygan boʻlib, tomoshabinlar nima tomosha qilishlaridan qatʼi nazar deyarli nativ 8K kontentdagidek tafsilotlar va tasvir ravshanligini his qilishlari mumkin.
Expert Reviews QN900D‘ning hisoblash quvvatini yuqori baholab, “Yangi NQ8 AI Gen 3 protsessori oʻzining 512 ta neyron tarmoqlari bilan oldin erishilmagan tasvir potensialini koʻrsatdi”, dedi. Shuningdek, ular televizorning 8K AI apskeyl imkoniyatlarini taʼkidladi: “Ushbu sunʼiy intellekt bilan takomillashtirilgan kuchli qurilma manbadagi piksellar sonidan qatʼi nazar ajoyib tafsilotlarni yaratadi va 8K dan past boʻlgan kontentni aʼlo darajada kengaytiradi va har qanday “banding” yoki kompressiya artefaktlarisiz yuqori sifatli tasvirlarni taqdim etadi”.
Shuningdek, Trusted Reviews Neo QLED 8K QN900D’ning kengaytirilgan imkoniyatlarini yuqori baholadi va shunday dedi: “Tafsilotlarga shundoq ham toʻla 4K tasvirga yana tafsilotlar qoʻsha oladigan apskeyl funksiyasi odamni hayratda qoldiradi; 4K haqiqatan ham koʻz oldingizda 8K ga aylanadi”. Sharhda, shuningdek, bunday deyilgan: “Televizorning koʻzni qamashtiruvchi yorqinligi, ajoyib LCD kontrasti, hajmli ranglar va butkul yangicha apskeyl usuli 8K televizor uchun sizga 8K kontent kerak emasligini isbotlaydi”.
Newsweek Neo QLED 8K QN800D‘ni “Editor’s Choice” deb belgiladi va ushbu protsessorning geymerlarga beradigan afzalliklarini taʼkidladi: “Geymerlar oʻyin samaradorligi yuqori darajaga koʻtarilishi bilan birga apskeyldan bahramand boʻlishadi va yuqori yangilanish chastotasi hamda sunʼiy intellektga asoslangan oʻyin rejimining afzalliklari katta foyda keltiradi”.
Hamda What Hi-Fi? Neo QLED 8K QN900D sifati haqida gapirib, shunday dedi: “Televizorning tasvir sifati avvalgisiga qaraganda deyarli har tomonlama yaxshilandi va u 2024-yilning eng yaxshi OLED televizorlari oʻrtasida sezilarli farq koʻrsatdi hamda 8K televizorlari uchun 8K kontent taʼminlanishi shart emasligini yana bir bor eslatib oʻtdi”. (75 dyuymli QN900D, What Hi-Fi?, 03/2024)
Neo QLED 4K’dagi yorqin realizm va dinamik kontrast
2024 Neo QLED 8K bilan birga kelayotgan Neo QLED 4K televizorlarining yangilangan mahsulotlar kategoriyasi NQ4 AI Gen2 protsessori bilan taʼminlangan yuqori darajali xususiyatlari u taqdim etadigan tomosha hissi sharhlovchilarning eʼtiborini tortdi.
Expert Reviews sunʼiy intellekt bilan taʼminlangan Neo QLED 4K QN95D televizorini maqtab, shunday dedi: “Yangi protsessor ajoyib sunʼiy intellekt tasviri, tovush hamda optimallashtirish funksiyalarini taqdim etadi, apskeyl va tasvirni qayta ishlash ham ajoyib va alohida maqtovga loyiq. Shuningdek, sunʼiy intellekt tomonidan takomillashtirilgan taʼsirchan moushen funksiyasi ham”.
Bu yilgi Neo QLED 4K televizori Real Depth Enhancer Pro va Quantum Matrix Technology kabi funksiyalar bilan takomillashtirilgan va eng yaxshi 4K tasvirini taqdim etishda davom etmoqda. Expert Reviews taʼkidlaydi: “Samsung QN95D – bu Mini LED fon yoritkichlari va tim qora maydonlar hosil qiluvchi oʻtgan yilgi yetakchi texnologiyalarni oʻzida saqlabgina qolmay, yuqori darajadagi televizorda koʻrishingiz mumkin boʻlgan eng yaxshi SDR va HDR sifatni ishlab chiquvchi ilgʻor tasvirini qayta ishlash xususiyatlariga ham ega”.
AI bilan quvvatlangan OLED’da qoyilmaqom yorqinlik
Samsung’ning 2024-yilgi OLED televizor mahsulotlar kategoriyasidagi S95D modeli yuqori darajadagi tafsilotlar, katta miqdordagi kadrlar va ultra hajmda 77 dyuymgacha boʻlgan oʻlchamdagi intensiv jonli video displeyni taqdim etadi, bu esa oʻzidan oldingi qurilmaning merosiga asoslanadi.
Bu yilgi OLED bir nechta sharhlovchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi. Shu jumladan Newsweek Samsung OLED S95D‘ni “Editor’s Choice” bilan taqdirladi. Shuningdek, Techaeris “Umuman olganda, Samsung S95D bu yil men ishlatgan eng yaxshi OLED televizordir”, deb taʼkidladi. Trusted Reviews esa “QE65S95D men uchun Samsung’ning haligacha eng chiroyli dizaynli OLED televizorlaridan biri boʻlib, u oʻzining ajoyib nozikligi bilan goʻzal futuristik hisni beradi”, dedi.
Samsung OLED televizori NQ4 AI Gen2 protsessoridan foydalanadi, bu esa Neo QLED 4K kategoriyasi ortidagi kuchli quvvat manbayidir. Samsung’ning OLED televizorlari tasvir sifatini yangi choʻqqilarga olib chiqadigan Real Depth Enhancer va OLED HDR Pro kabi xususiyatlarga ega. Techaeris S95D’ni “Editor’s Choice” bilan taqdirladi va Samsung’ning apskeyl texnologiyasini maqtadi: “Samsung’ning NQ4 AI Gen2 protsessoridan bilan jihozlangan boʻlib, Samsung’ning AI apskeyl funksiyasi doim eng zoʻrlaridan biri boʻlgan”.
Samsung OLED S95D oldingi modellarga qaraganda 20% yorqinroq boʻlib, chuqur va tim qora ranglar va sunʼiy intellekt yordamida takomillashgan aniq ranglar Trusted Reviews kabi sharhlovchilar tomonidan olqishlandi. Ular bunday degan: “65S95D’ning yanada yorqinligi haqiqatan ham uning kontrast kuchini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ham qorongʻi, ham yorugʻ tasvirlarning chuqur ravshanligi shiddat bilan eʼtiborimni tortib oladi”. Sound & Vision qoʻshimcha ravishda taʼkidladi: “Bu yil Samsung ranglar xaritasini yaxshiladi. U tabiiy tusga ega ranglar, ayniqsa teri rangini tahlil qilish va taqdim etish uchun AI texnologiyasidan foydalanadi”.
Samsung’ning yangi OLED Glare Free texnologiyasi yorqinlik va ranglarning aniqligini saqlaydi, shu bilan birga kunduzgi yorugʻlikda ham yorqin tasvirni taʼminlash uchun shuʼlalarni kamaytiradi va tasvir aniqligini saqlaydi. Sound & Vision oʻz sharhida shunday taʼkidladi: “Kengaytirilgan yorqinlik darajalari va ajoyib jilosiz ekran dizayni bilan Samsung QN77S95D sinovdan oʻtgan eng chiroyli dizaynga ega va eng yuqori samarador OLED televizorlari qatoriga kiradi”. Shuningdek, ular televizorni “Top Pick” nominatsiyasi bilan taqdirladi.
Motion Xcelerator 144Hz kabi silliq harakat va tezkor javob tezligini taʼminlovchi funksiyalar Samsung OLED geymerlar uchun zavq bagʻishlaydi. Sport muxlislari va geymerlar oʻz ekranlarida uzluksiz harakat va super tiniq harakatlardan bahramand boʻlishlari mumkin. Sound & Vision oʻz sharhida “Filmlar yoki televizorlar uchun boʻlmaganida, Samsung S95D 4K OLED video oʻyinlar uchun ajoyib displey boʻlardi” deya OLED’ni maqtadi. Newsweek, shuningdek, qurilmani oʻyin xususiyatlari uchun maqtadi va “Ushbu OLED televizor filmlar va epik oʻyin kompyuterining bir qismi uchun juda mos”, deb taʼkidladi.
Uyingizda immersiv audio bogʻini yarating
Samsung’ning 2024-yilgi audio mahsulotlar kategoriyasi ilgʻor AI algoritmlari bilan mustahkamlangan va jozibali ovoz sifati va nafis dizaynlari uchun katta eʼtirofga sazovor boʻlgan yangi modellarni taklif etdi.
Bu yil uchun yangi boʻlgan Music Frame sifatli ovoz va uzluksiz ulanishni taʼminlaydigan Samsung’ning sozlanuvchan karnayidir. Bu karnay simsiz dinamik sifatida mustaqil ishlaydi yoki Samsung televizori va saundbar bilan birlashtirilib, bassni oshiradi va yuqori sifatli atrof-muhit ovozini taqdim etadi. Techlicious oʻz sharhida taʼkidladi: “Samsung Music Frame aqlli karnaylar bozoriga innovatsion va zamonaviy mahsulot boʻlib kirib keldi va simsiz karnay funksionalligini foto ramkaning estetik jozibasi bilan muvaffaqiyatli uygʻunlashtirdi” va qurilmaga “Editor’s Choice” mukofotini berdi.
Saundbarlar qatorining choʻqqisida HW-Q990D yotgan boʻlib, u audioni tahlil qiladi va ovozni optimallashtirish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi. Bu oʻz uyingizda qulay sharoitda turli kontentlar bilan ajoyib tomosha hissini taqdim qiladi. Techaeris taʼkidlaydi: “Hamma uskuna oʻrnatilgach, saundbarning barcha imkoniyatlarini his qilish uchun mos filmni topishdan boshqa hech nima haqida qaygʻurishingiz shart emas”. Newsweek ham sharhladi: “22 ta karnay va tepa va yon tomondan chiqadigan ajoyib tovush kombinatsiyasi bilan HW-Q990D filmlar yoki oʻyinlarni tomosha qilish va sport uchun taʼsirli atrof-muhit ovozini yaratish orqali Dolby Atmos’ga shoʻngʻishning ajoyib usulidir”. Newsweek, shuningdek, qurilmani “Editor’s Choice” bilan taqdirladi va “Samsung Q990D 2024-yilda sotib olishingiz mumkin boʻlgan eng yaxshi Dolby Atmos saundbaridir” deb taʼkidlab, sharhni yakunladi.
Ultra yupqa HW-S800D isteʼmolchilarga atigi 1,6 dyuymli har qanday boʻshliqqa muammosiz moslashuvchan saundbar boʻlib, ajoyib tinglash hissini taqdim etadi. Techlicious qurilmani “Editor’s Choice” nominatsiyasi bilan taqdirladi va qoʻshimcha qildi: “Stil yoki katta joydan voz kechmasdan televizorining ovozini yaxshilamoqchi boʻlganlar uchun ajoyib tanlov” va “Ideal darajada yupqa S800D bilan film tomosha qilish va musiqa tinglash qiziqarli jarayonga aylanadi”.
Samsung 18 yil davomida televizor bozorida va oʻn yil davomida saundbarlar boʻyicha jahon yetakchisi sifatidagi merosini mustahkamlab, koʻngilochar uy dunyosini qayta belgilashda davom etmoqda.
Samsung’ning 2024-yilgi televizorlar kategoriyasi haqida batafsil maʼlumot olish uchun https://www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.