Samsung’ning sogʻliqni saqlashga oid yangi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish toʻplami (SDK) salomatlik sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantirishga yordam beradi
Yangilanishlar sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlarning ustuvor maqsadlariga qaratilgan yordamni taqdim etgan holda innovatsion yechimlarni kashf etish uchun yanada moslashuvchanlikni taklif etadi
Samsung Electronics Co., Ltd. bugun yangi Samsung Health Software Development Kit’ni (SDK) taqdim etdi. Sogʻliqni saqlash boʻyicha innovatsion yechimlarni yaratishda ishlab chiquvchi va tadqiqotchilarni obdan qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan SDK Suite Samsung’ning ilgʻor sensor texnologiyasi va keng qamrovli Samsung Health platformasidan foydalanadi. Sensor, Data, Accessory va Research Stack komponentlarining yangi va toʻliq toʻplami endi qator hamkorlar, ishlab chiquvchi va tadqiqotchilar uchun ochiq.
Sensor SDK: ilgʻor sensor texnologiyasi orqali sogʻliqni saqlash xizmatlarini rivojlantirish
Sensor SDK ishlab chiquvchilarga Samsung’ning Galaxy Watch’dagi kuchli BioActive Sensor algoritmini taqdim etib, ularga sogʻliqni saqlash xizmatlarining yangi tarmoqlarini oʻrganish va ilgʻor yangi yechimlarni yaratish imkonini beradi. BioActive Sensor yurak urish tezligi, teri harorati, elektrokardiogramma (EKG) va bioelektrik impedans tahlili (BIA) kabi turli xil sogʻliq koʻrsatkichlariga ega. Eʼtiborga loyiq yangilanish ilk bor Fotopletismogramma (PPG), Infraqizil (IR) va Qizil LED sensori maʼlumotlariga doimiy kirish imkonini berish boʻladi. Ushbu yangilanish uyqu sifatini yaxshilash uchun qonda kislorod darajasi (SpO2) bilan bogʻliq sogʻliqni saqlash xizmatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Yangilangan BIA endi qoʻshimcha oʻlchovlarni — magnituda va darajani mavjud sakkizta koʻrsatkichga qoʻshadi. Jumladan, skelet mushaklari massasi va tana yogʻ massasi koʻrsatkichlari orqali umumiy jismoniy salomatlik haqida chuqurroq maʼlumot beradi va tana tarkibining aniqroq tahlilini taqdim etadi.
Data SDK: kompleks sogʻliqni saqlash insaytlari sogʻliqni saqlash xizmatlariga yangi qiymat beradi
Oktyabrdan boshlab yangi qoʻshilgan Data SDK ishlab chiquvchilarga innovatsion raqamli sogʻliqni saqlash yechimlarini yaratish uchun Galaxy Watch, Galaxy Ring, smartfonlar yoki turli xil uchinchi tomon qurilmalardan toʻplangan sogʻliqni saqlash maʼlumotlaridan ham foydalanish imkonini beradi. Data SDK Samsung Health ilovasidagi salomatlik koʻrsatkichlarini, jumladan, uyqu, jismoniy mashqlar, qon bosimi, oziq-ovqat isteʼmoli va qondagi glyukoza darajalarini oʻqish imkonini beradi. Samsung Health tomonidan yaratilgan ushbu soddalashtirilgan insaytlar ishlab chiquvchilarga sogʻliqni saqlash xizmatlarining yangicha usullarini yaratish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Accessory SDK: turli xil sogʻliqni saqlash qurilmalaridan olingan sogʻliq maʼlumotlari bir joyda yaxlit insaytlar koʻrinishida
Accessory SDK yordamida ishlab chiquvchilar Samsung Health ilovasi orqali qon bosimi monitorlari, velosiped datchiklari, yurak urish tezligi monitorlari va hatto glyukoza monitorlari kabi qoʻllab-quvvatlangan uchinchi tomon sogʻliqni saqlash qurilmalarini birlashtirishi mumkin. Bu alohida uchinchi tomon ilovalaridan foydalanmasdan mavjud uzluksiz va soddalashtirilgan usulni targʻib qilish va sogʻliqni saqlashni kompleks boshqarish ekotizimini yoʻlga qoʻyish orqali salomatlik maʼlumotlarini bir joyda kuzatishni osonlashtiradi.
Research Stack: sogʻliqni saqlash sanoatini kengroq qoʻllab-quvvatlash uchun tadqiqot institutlarini imkoniyatlar bilan taʼminlash
Research Stack — bu raqamli sogʻliqni saqlash tadqiqot ekotizimini kengaytirishga qaratilgan ochiq kodli loyiha. Research Stack tadqiqot jarayonining barcha bosqichlarini qoʻllab-quvvatlash uchun nafaqat mobil va taqiladigan SDK ilovasini, balki veb-portal va backend xizmatlarini taqdim etish orqali moslashuvchan va koʻp qirrali tadqiqot muhitini yaratadi. Loyihaning yaqinda yangilangan versiyasi tadqiqot institutlarining qimmatli fikr-mulohazalari va ularning murakkab, keng koʻlamli tadqiqotlarni amalga oshirish tajribasi asosida ishlab chiqilgan keng qamrovli vositalar toʻplamini oʻz ichiga oldi. Bundan tashqari, rejalashtirilgan 2.0 versiyasi Health SDK Suite’dagi Sensor SDK va Data SDK’ni bevosita birlashtiradi. Research Stack yetakchi institutlar tomonidan tadqiqot va kashfiyot jarayonlarining bir qismi sifatida allaqachon qoʻllanilib kelayotgan boʻlib, Samsung’ning sogʻliqni saqlash sohasini faol qoʻllab-quvvatlab, tadqiqotchilarga yanada samarali tadqiqotlar va mazmunli natijalar taqdim etayotganini amalda taʼkidlaydi.
Yangi Samsung Health SDK Suite haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: https://developer.samsung.com/health.
TAGSBioActive SensorGalaxy Watch SeriesResearch StackSamsung HealthSDKSoftware Development KitSoftware Development Kit Suite
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.