Samsungning yangi Galaxy Z Fold5, Z Flip5, Tab S9 va Watch6 qurilmalaridagi yangiliklar endilikda oldingi qurilmalarda ham mavjud
Samsung yangilanishlari butun Samsung Galaxy ekotizimi boʻylab yanada koʻproq foydalanuvchilarga yuqori qulayliklarni taqdim etishni maqsad qilgan.
Samsung’ning kelasi yangilanishlari qurilmalarning oldingi avlodlariga[1] so‘nggi One UI’dan saralangan funksiyalarni olib kiradi. Ushbu muhim reliz kompaniyaning Galaxy ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan vazifasining bir qismi boʻlib, foydalanuvchilarning mobil mahsuldorligi va koʻngilocharlik samaradorligini maksimal darajada oshirishga yordam beradi. Galaxy Z Fold5, Z Flip5, Tab S9 va Watch6 modellarida ishga tushirilgan bu yangilanishlar ilgʻor innovatsiyalarni butun dunyo bo‘ylab yanada ko‘proq foydalanuvchilarga yetkazishga yordam beradi.
Foydalanuvchilarga yanada uzluksiz va takomillashtirilgan qurilma samaradorligini taqdim etish uchun One UI 5.1.1 dasturiy taʼminoti yangilanishi shu oydan boshlab Galaxy Z Fold4 va Z Flip4 qurilmalariga kelib tushadi hamda Z Fold3, Z Flip3, Z Fold2 va Z Flip qurilmalariga ham navbat bilan tarqatiladi. Galaxy Tab S8, Tab S8+, Tab S8 Ultra, Tab S7, Tab S7+, Tab S7 FE, Tab S6 Lite, Tab A8, Tab A7 Lite, Tab Active3 va Tab Active4 Pro foydalanuvchilari ham One UI 5.1.1 yangilanishining bir qismi sifatida foydalanuvchilarga qaratilgan bir nechta yangi funksiyalardan bahramand boʻlishadi. Bundan tashqari, Galaxy Watch5, Watch5 Pro, Watch4 va Watch4 Classic foydalanuvchilari ham umumiy One UI 5 Watch yangilanishidan asosiy funksiyalarni kutib olishadi.
Ushbu soʻnggi yangilanishlar orqali innovatsiyalar va unumdorlikning butunlay yangi darajasi sizga qay tarzda toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qilishi haqida koʻproq maʼlumot olish uchun oʻqishda davom eting.
Qurilmangiz bilan ishlashning yangi usullarini kashf eting
One UI 5.1.1 yangilanishi Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 foydalanuvchilariga Flex Mode[2] bilan bir qator takomillashtirilgan funksiya va xususiyatlari sevimli mediakontentlarini avvalgidan-da osonroq tomosha qilishga yordam beradi.
Ushbu yangilanish endilikda Flex Mode panelini koʻrsatish yoki bekitishni osonlashtiradi. Telefoningizni Flex Mode’ga buklaganingizda uskunalar paneli ikonkasi ekranning yuqori qismiga koʻtarilishi bu rejimdan qulay foydalanish imkonini beradi. Uskunalar panelidagi ikonkalarni drag&drop orqali oʻzingizga mos taxlash imkonini beradigan Flex Mode Panel funksiyasidan samarali foydalaning. Ushbu erkin sozlanadigan panel foydalanuvchilarga Multi Window,[3] tachpad, ekranni videoga olish kabi boshqa funksiyalardan oson foydalanish imkonini beradi.
Bu yangilanish bilan mediakontentni 10 soniya oldinga va orqaga surish va funksiyalarga kirish imkoniyati bilan dizaynlashtirilgan media pleyer Flex Mode Panel faollashganda qulay qilib bir joyda namoyish etiladi. Bundan tashqari, media boʻylab oson harakatlanish uchun pastki qismga bosing. Flex Mode’da film tomosha qilayotganingizda, Flex Mode Panel yordamida bir marta bosish orqali videoni orqa yoki oldinga tez siljitish bilan sevimli kontentingizni qulay tarzda tomosha qila olasiz. Agar internetdan izohlarni oʻqish yoki xabarga javob berish kerak boʻlib qolsa, tomosha qilishni to‘xtatmagan holda Multi Window funksiyasi bilan yangi oynani ochishingiz mumkin.
Serqirra qurilmangiz bilan bir vaqtning oʻzida koʻproq amalni bajaring
Buklanuvchan qurilmalar va planshetlarda bir vaqtda koʻp vazifalarni bajarishga imkon beradigan funksiyalar takomillashdi. Galaxy Z Fold4, Z Flip4 yoki Tab S8 yordamida video tomosha qilayotganingizda videokontentni toʻxtatmagan holda biror maʼlumotni qidirish uchun qalqib chiquvchi oynada Samsung Internet brauzerini osongina ochishingiz mumkin. Maʼlumotni oʻqib chiqqach, brauzerni bir harakatda ekran chetiga torting va brauzer muammosiz oʻz joyiga qaytadi. Agar siz yana Samsung Internet’ga kirmoqchi boʻlsangiz, qalqib chiquvchi oynaga bosing va brauzer avvalgi joyida ochiladi.
Qalqib chiquvchi oynaning yuqori qismidagi tutqichni bosib, ushlab turish orqali intuitiv ravishda qalqib chiquvchi oynadan Multi Window’ga oʻting. Yangilanishlar ekrandagi ilovalarni yanada oson ishga tushirish va boshqarishni taʼminlaydi, ekran ikkiga bo‘lingan ko‘rinishga yengillik bilan o‘tish va qalqib chiquvchi oyna tutqichini uzoq vaqt bosib, ekranni osongina boshqarish imkonini beradi.
Ikki barmoqli drag&drop[4] funksiyasi endi yig‘iluvchan smartfon va planshetingizning asosiy ekranida qo‘llab-quvvatlanadi. Bu sizga bir barmogʻingiz bilan kerakli ilovani ochish, soʻng ikkinchisi bilan fayl, ilova ikonkasi yoki boshqa elementni tanlagan papkangiz yoki lokatsiyaga sudrab olib borish imkonini beradi. Ushbu yangilanish xabar almashish ilovalari orqali doʻstingizga galereyangizdagi bir nechta fotosuratlarni tezda yuborishni yanada osonlashtiradi.
Eng soʻnggi yangilanish Galaxy Z Fold4 va Tab S8 qurilmalarining Taskbar[5] paneliga innovatsion qoʻshimchalar kiritilgani tufayli foydalanuvchilar ham ish, ham oʻyin uchun butunlay yangi darajadagi unumdorlikka erishadilar. Endi Taskbar paneli 4 tagacha oxirgi marta ochilgan ilovalarga kirish bilan yashin tezligida u vazifadan bu vazifaga oʻtish imkonini beradi.
Salomatligingizni keyingi bosqichga olib chiqing va Galaxy Watch bilan oʻzingizni yorqin ifoda eting[6]
One UI 5 Watch yangilanishi sog‘lomligingizni taʼminlashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan va sizga moslashtirilgan sog‘lomlashtirish funksiyalarini[7] taqdim etadi. Shuningdek, Galaxy Watch5 va Watch4 modellari turmush tarzingizga mos keng sozlamali dizayn tanlovlarini olib kiradi.
Uyqu boshqaruvining yangilangan funksiyasi[8] bilan foydalanuvchilar uyqu reytingi omillari,[9] uyqu muntazamligi va uyqu hayvoni belgilari[10] orqali olingan batafsil tahlil bilan yanada intuitiv interfeysda o‘zlarining shaxsiy uyqu tartibini osonroq kuzatishlari mumkin. Foydalanuvchilar Sleep Coaching ilovasiga shundoq bilagidagi qoʻlsoatidan kirib, ilova orqali uyqu tarixini yanada qulayroq kuzata olishadi va kun davomida motivatsiya olishadi.
Maʼlumki, uxlash uchun qulay muhitni yaratish kechalari tinch uyquga shoʻngʻish uchun muhimdir. Uxlash vaqti kelganida Galaxy Watch qoʻlsoatga ulangan uy qurilmalari[11] sozlamalarini avtomatik ravishda sozlash orqali optimal uyqu muhitini yaratishga yordam beradi. Bundan tashqari, uyqu rejimi yoqilganda soatdagi ko‘rinmas LED infraqizil sensori ishga tushadi va uxlashga halal beradigan har qanday chalgʻituvchi elementlarni minimallashtiradi.
One UI 5 Watch yangilanishi sizga shaxsiy fitnes maqsadlaringizni belgilash va ularga erishishga yordam beruvchi moslashtirilgan fitnes vositalaridan foydalanish imkonini beradi. Shaxsiylashtirilgan yurak urish tezligi zonasi funksiyasi jismoniy imkoniyatlaringizni[12] tahlil qiladi va yugurish intensivligining beshta optimal darajasini belgilaydi. Qoʻshimcha qilib, 100 dan ortiq natija kuzatkichlaridan tashqari, yangi qoʻshilgan Track Run kuzatkichi foydalanuvchining trassadagi yugurishlarini qayd qiladi, Custom Workout bilan esa foydalanuvchilar oʻzlarining shaxsiy mashgʻulotlar tartibini yaratish va kuzatishlari mumkin. Galaxy Watch5 Pro foydalanuvchilari uchun yanada takomillashtirilgan GPX funksiyalari[13] mavjud bo‘lib, foydalanuvchilar endi GPX fayl maʼlumotlar ombori orqali yangi yo‘nalishlarni yanada qulayroq topishlari va zabt etishlari mumkin.[14] Bundan tashqari, siz turgan joy atrofidagi turli GPX yo‘nalish fayllarini osongina qidirishingiz va yuklab olishingiz mumkin. Route Workout orqali endilikda piyoda sayr va velosport mashqlariga qoʻshimcha sifatida masofaga yugurish va yurish mashqlarini kuzatish funksiyalari kiritildi.
Galaxy Watch foydalanuvchilari tartibsiz yurak ritmi bildirishnomasi (TYRB)[15] funksiyasi orqali sog‘lig‘ini yanada chuqur nazorat qilish imkoniyatiga ega. Bu funksiya endi Galaxy Watch5 va Watch4 foydalanuvchilari uchun ham mavjud boʻlib,[16] ularga yurak salomatligi haqida batafsil maʼlumot beradi.
Bundan tashqari, Galaxy Watch5 va Watch4 foydalanuvchilari o‘zining did va maqsadlariga mos zamonaviy va informativ qoʻlsoat yuzalarining[17] yanada keng tanloviga ega. Kelasi kuzda Galaxy Watch Active2 va Galaxy Watch3 foydalanuvchilari ham did bilan oʻzlarini ifoda etish uchun ushbu yangi soat yuzalari — katta choʻziq koʻrinishli soat va abadiy oqadigan vaqt koʻrinishlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Takomillashtirilgan Galaxy ekotizimi[18]
Soʻnggi One UI yangilanishi foydalanuvchilar uchun smartfon kamerasi boshqaruvini optimallashtiradi. Galaxy Watch qoʻlsoatingizga maxsus tugma qo‘shilishi bilan qoʻlsoatingizga ulangan Galaxy Z Flip4 kamerasini to‘g‘ridan to‘g‘ri bilagingizda masofadan boshqarishingiz va kamera rejimlarini bir harakatda almashtirishingiz, hatto kamerani yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.
[1] “Qurilmalarning oldingi avlodlari” deganda Galaxy Z Fold5, Z Flip5, Tab S9 va Watch6 modellaridan oldin chiqqan modellar nazarda tutilgan. One UI yangilanishi quyidagi avlod qurilmalarida qo‘llab-quvvatlanadi: Galaxy Z Fold: Z Fold4, Z Fold3 va Z Fold2 modellari. Galaxy Z Flip: Z Flip4, Z Flip3 va Z Flip. Galaxy Tab: Tab S8, Tab S8+, Tab S8 Ultra, Tab S7, Tab S7+, Tab S7 FE, Tab S6 Lite, Tab A8, Tab A7 Lite, Tab Active3 va Tab Active4 Pro. Galaxy Watch: Watch5, Watch5 Pro, Watch4 va Watch4 Classic. Dasturiy ta’minot yangilanishi birinchi navbatda Galaxy Z Fold4, Z Flip4, Tab S8 va Watch5 modellariga keladi va keyinchalik navbat bilan eski avlodlarga taqdim etiladi.
[2] Flex Mode 75° va 115° burchak orasida ishlaydi.
[3] Baʼzi ilovalar Multi Window yoki App Pair funksiyalarini qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.
[4] Baʼzi ilovalar ikki barmoqli drag&drop funksiyasini qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin.
[5] Taskbar xususiyati asosiy ekrandagina qoʻllab-quvvatlanadi.
[6] Funksiya mavjudligi va qoʻllab-quvvatlanishi doʻkon, operator va qurilma modeliga qarab oʻzgarishi mumkin.
[7] Faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Har qanday tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolash, monitoring qilishda foydalanish uchun moʻljallanmagan. Qurilma va/yoki ilova orqali olingan har qanday sogʻliq bilan bogʻliq maʼlumotlarga tibbiy koʻrik sifatida qaralmasligi kerak. Foydalanuvchilar har bir tibbiy koʻrik uchun shifokorga murojaat qilishlari lozim. Baʼzi xususiyatlar doʻkon, operatorga yoki ulangan qurilmaga qarab oʻzgarishi mumkin.
[8] Uyquga oid funksiyalar faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Qurilma tomonidan olingan oʻlchovlar faqat shaxsiy maʼlumotlaringizni solishtirish uchun. Iltimos, tibbiy maslahat uchun shifokor bilan konsultatsiya qiling.
[9] Ulangan smartfonda koʻrinadi.
[10] Kamida 7 kunlik uyqu va 2 kunlik dam kunlariga oid maʼlumot talab qilinadi.
[11] SmartThings’dan roʻyxatdan oʻtgan smart qurilmalarda mavjud. Samsung Clock va SmartThings mobil ilovalarining oxirgi versiyasini talab qiladi.
[12] Yugurish mashqi uchun har bir yurak urushi zonasining diapazonlarini yurak va oʻpka organlari imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yangilash uchun foydalanuvchi ochiq havoda 10 daqiqadan koʻproq vaqt davomida 4 km/soat yoki undan yuqori tezlikda yugurishi talab qilinadi.
[13] GPS funksiyasi internetga ulanishni talab qiladi. U LTE mavjud modellarda smartfon ulanishini talab qilmaydi. LTE mavjud boʻlmagan modellari smartfonga ulanishi va smartfonda Bluetooth tarmogʻi yoniq boʻlishini talab qiladi.
[14] Bu funksiyalar Samsung Health mobil ilovasida taqdim etiladi.
[15] Tartibsiz yurak ritmi bildirishnomasi (TYRB) funksiyasi mavjudligi tibbiy qurilma sifatida ruxsat olish boʻyicha mamlakat cheklovlari tufayli farq qilishi mumkin. Funksiya joriy vaqtda xizmat taqdim etilgan mamlakatlarda xarid qilingan telefon va qoʻlsoatlardagina ishlaydi. Bu AFib’ni koʻrsatadigan tartibsiz ritmning har bir epizodi haqida xabar berish uchun moʻljallanmagan va bildirishnomaning yoʻqligi kasallik mavjud emasligini koʻrsatish uchun moʻljallanmagan. Boshqa maʼlum aritmiyalari bor foydalanuvchilar yoki 22 dan kichik yoshdagilar uchun moʻljallanmagan. Foydalanuvchilar malakali sogʻliqni saqlash mutaxassisi bilan konsultatsiya qilmasdan taxminiy natijalarga asoslanib tibbiy choralar koʻrmasliklari kerak. Samsung Health Monitor ilovasida taqdim etiladi.
[16] Galaxy Watch5 va Watch4 modellari uchun TYRB funksiyasi Koreya va AQShdan boshlanib, boshqa doʻkonlarga ham sekinlik bilan tarqaladi.
[17] Mavjudligi doʻkon yoki qurilma modeliga qarab oʻzgaradi.
[18] Mavjudligi doʻkon, model yoki ulangan qurilmaga qarab oʻzgaradi.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.