Samsungning “Yangi muvozanat” dizayn ko’rgazmasi 2024-yilgi Milan dizayn haftaligida namoyish etiladi
Eksponatlar tashrif buyuruvchilarga Samsungning dizayn falsafasini badiiy aks ettiruvchi ajoyib tajribani taqdim etadi
Samsung Electronics o’zining dizayn namoyishini 16-21-aprel kunlari Milan dizayn haftaligining Fuorisalone 2024[1] ko’rgazmasida o’tkazishini e’lon qildi. Ko’rgazma Italiyaning Milan shahridagi nufuzli Leonardo da Vinchi Milliy fan va texnologiya muzeyidagi Le Cavallerizzeda joylashgan. Tadbirda Samsung Korporativ dizayn markazining “Yangi Muvozanat” ko‘rgazmasi Samsungning “Samsung Dizayn Identikligi 5.0: Muhim∙Innovatsion∙Uyg’unlashgan” foydalanuvchi ehtiyojlarini qambrab olishga qaratilgan dizayn falsafasini namoyish eta boshladi.
“Dizayn inson tajribasini to’liq hisobga olishi lozim va Samsungning dizayn tamoyillari aynan shu tushuncha bilan hamohangdir”, dedi TM Roh, Samsung Electronics Korporativ dizayn markazi Prezidenti va Rahbari. “Inson ehtiyojlarini qambrab olishga qaratilgan dizayn falsafamiz bilan biz maqsadli innovatsiyalar orqali mijozlarimizning kundalik turmush tarzi bilan uyg’unlashgan kelajakni yaratish vazifasini o’z oldimizga qo’yganmiz”.
Beshta noyob makon hayotga Muhim∙Innovatsion∙Uyg’unlashgan falsafasini hayotga tatbiq etadi
‘Milan dizayn haftaligi 2024’da boʻlib oʻtayotgan Samsungning “Yangi muvozanat” koʻrgazmasi insonlar va texnologiya oʻrtasidagi muvozanatni oʻz ichiga olgan mukammalroq kelajak uchun ilhomlantiruvchi qarashni namoyish etadi. Tashrif buyuruvchilarda tegishli tushuncha va hissiyotlar paydo qilish uchun ko’rgazmada sezgilarni, ya’ni ko’rish, eshitish va hidni uyg’otadigan media san’ati ham ishga solingan.
Har tomonlama sezish tajribasini mustahkam birlashtirgan immersiv instalyatsiya Samsungning Muhim⸱Innovatsion⸱Uyg’unlashgan dizayn identikligi yorug’lik, tovush va raqamli o’zaro aloqadorlikning puxta o’ylangan kompozitsiyasi sifatida ifodalovchi beshta maydon bo’ylab tashrif buyuruvchilarni yo’naltirib boradi.
Displeylar, sensorlar va yorug’lik nurlari orqali tashrif buyuruvchilar bilan “muloqot” qiladigan beshta makon “Mohiyat”, “Innovatsiya”, “Uyg’unlik”, “Cheksiz orzu” va “Yangi tong” nomlari bilan atalgan. Mehmonlar bo’shliqlardagi ekranlarga yaqinlashganda, shaffof elementlar o’ziga xos shakl va to’qimalarga o’zgaradi, deraza ortidagi shakllar esa xuddi tomoshabinlarga yaqinlashayotgandek ko’rinadi va shu bilan ularga cheksiz kelajakni yanada yaqinlashtirish orzusiga sho’ng’ish imkonini beradi.
Keramika ustalari MUTINA va yog’och qoplamasi ustalari ALPI bilan hamkorlikda Bespoke Muzlatkichi va AirDresser’lar ham odamlar va texnologiyalarning birlashgan uyg’unligini hisobga olgan holda qayta ishlangan.
Samsungning “Yangi muvozanat” dizayn namoyishi ‘Milan shahri, Via Olona, 6 bis’ manzilida joylashgan. Tashrif buyuruvchilar ko’rgazmaga quyidagi vaqt va sanalarda bepul kirishlari mumkin:
- 10:00 – 19:00 (16-18 aprel)
- 10:00 – 20:00 (19-20 aprel)
- 10:00 – 18:00 (21 aprel)
Ko‘proq yangiliklar, fotosuratlar va videolar uchun Milan dizayn haftaligi 2024 davomida Samsung Newsroom va Samsung Design sahifalariga tashrif buyuring.
[1] Fuorisalone – Milan dizayn haftaligida Milan sharining turli hududlarida o’tkaziladigan tadbirlar birlashmasi.
Korporativ > Dizayn
Pressa uchun > Press-relizlar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.