Sayohatni yanada qulayroq qilish uchun layfxaklar

Endi siz sayohat davomida til bilmaslikdan qo‘rqmaysiz, notanish joylarda adashmaysiz, restoran tanlash uchun ko‘p vaqt sarflamaysiz. Faqat Galaxy AI smartfonlaridan birini ochasiz – qolganini uning o‘zi bajaradi.
Til bilmasangiz ham erkin gaplashing*
Jonli tarjima funksiyasi – gaplaringizni 30 dan ortiq tillardan biriga darhol tarjima qiladi. Jumladan: rus, ingliz, turk va boshqalar.
- Siz telefonga o‘zbekcha gapirasiz. AI uni bir zumda inglizcha yoki siz sayohat qilayotgan davlatdagi mahalliy tilga o‘giradi.
- Mahalliy aholi gapirganda bu funksiyani yoqib qo‘ysangiz, smartfoningiz uning gaplarini o‘sha paytdayoq o‘zbek tiliga tarjima qilib beradi.
* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun telefon 4G/5G tarmoqga ulangan va internet 5 MB/sek tezligi ta’minlanishi kerak
Yoqimli yozma muloqot siri
Sayohatda muloqatda qolish kerak bo‘ladi: bron tasdiqlash, yo‘nalishni so‘rash, mehmonxonaga savol berish, Airbnb egasiga muammoni tushuntirish.
Chat yordamchisi funksiyasi matnni tahrirlab, mos tilda va uslubda uni qayta yozadi.
- Siz oddiy matn yozasiz, bu funksiya esa uni o‘zingiz xohlagandek uslubda, xatosiz va ravon tarzda, siz aytgan tilda qayta yozib beradi.
Ma’lumotni oson toping
Aylana chizib qidirish funksiyasi – ekrandagi obyektning atrofini aylana chizib belgilaysiz va u haqidagi ma’lumot tayyor.
Masalan, sayohat davomida siz uchun notanish mevani ko‘rib qoldingiz. Uni suratga olasiz va meva bo‘ylab aylana chizasiz. U haqidagi barcha ma’lumotlar chiqib keladi.
Siz uchun shaxsiy gid va rejalashtiruvchi
Gemini Live funksiyasi sizning istaklaringizga qarab to‘liq sayohat jadvali yaratadi.
- 3 yoki 7 kunlik marshrut tuzadi.
- Muzeylar, parklar, restonarlardan mos variantlarni tanlaydi.
- Vaqtni hisoblab beradi (25 daqiqalik yo‘l).
- Xarita bo‘yicha eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi.
- Oziq-ovqat, transport, ko‘chalar haqida tavsiya beradi.
- Tadbirlar, ko‘rgazmalar bo‘yicha taklif beradi.
Samsung ekotizimi – safarda hammasi bir joyda
- Smart Switch – (ma’lumotlarni yangi telefonga bir zumda o‘tkazish) Sayohatga ketishdan oldin kontaktingiz, suratlaringiz, ijtimoiy tarmoqlar, dasturning o‘zi – hammasi yangi telefonga ko‘chadi.
- Quick Share – (rasm va fayllarni juda tez uzatish) Sayohatdagilar ko‘p rasm oladi. Do‘stlar bilan bo‘lishish juda oson.
- Samsung Wallet – Kartalar, chipta, bronlar – barchasi bitta joyda.
- Samsung Knox – (xavfsizlik tizim) Pasport rasmlari, bronlar, kartalar himoya ostida.
Ushbu layfxaklardan foydalaning va sayohatingizni unutilmas lahzalar bilan boyiting.
TAGSGalaxy AI
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com