Shamolsiz sovutadigan konditsioner — Samsung WindFree

01/06/2022
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung WindFree_1

 

 

Samsung’ning WindFree texnologiyasi bir maromda sovutish va uyingizda shinam muhitni yaratish uchun shamolsiz havodan foydalanadi.

 

Yozning ilk kuni — jazirama mavsumni qanday qilib shinam muhitda va imkon qadar kamroq xarajatlar bilan o‘tkazish haqida o‘ylab ko‘rish uchun qulay vaqt.

 

Turar joylar haqida gap ketganda, Samsung barini siz uchun puxta o‘ylab qo‘ygan. WindFree texnologiyasida ishlaydigan konditsionerlar energiyani sezilarli darajada tejaydi hamda shamolsiz sovutish kabi nou-xaudan foydalanadi.

 

 

 

Shamolsiz salqinlik

 

Samsung kompaniyasi birinchi bo‘lib tezlik bilan sovutish uchun shamolsiz havodan foydalanadigan WindFree innovatsion texnologiyasiga ega konditsionerlarni ishlab chiqara boshladi. Aniqrog‘i — tezligi soniyasiga 0,15 metrdan oshmaydigan havo oqimlari. Bunga WindFree tizimidagi o‘n minglab mikroteshikchalar tufayli erishish mumkin bo‘lib, ular orqali havo turar joylar bo‘ylab yumshoq va bir maromda taqsimlanadi.

 

Endi xonadoningiz bo‘ylab “izg‘ib yurgan” shamollar bo‘lmaydi. Konditsioner yozda uyingizda ishlashi sababli shamollash qanday bo‘lishini unutishga mujbur qilib, yoqimli mikroiqlimni yaratadi.

 

 

WindFree konditsionerlari yana nimalarga qodir ?

 

WindFree texnologiyasida ishlaydigan Samsung konditsionerlari bir qator afzalliklarga ega.

 

Tejamkorlik. WindFree rejimida ishlaganda, tashqi blok eng kam quvvatni iste’mol qilib, 77 foiz kamroq elektr energiyasini sarf qiladi.

 

Minimal darajadagi shovqin. Past tezlikdagi WindFree sovutishi shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadi —16 detsibeldan 32 detsibelgacha oraliqda. Bu odam pichirlaganda yoki soat millari yurganda eshitiladigan tovush balandligiga teng.

 

Toza havo. Gigiyenani va konditsionerning ish unumdorligini saqlashda Tri-Care filtri yordam beradi. Ko‘p bosqichli tizim changni ushlab qoladi, shuningdek, allergen va bakteriyalarni yo‘q qiladi.

 

 

 

 

SmartThings ilovasidan foydalanib, konditsionerni masofadan boshqarishingiz mumkin: qurilmani yoqish va o‘chirish, optimal rejimni tanlash yoki uni oldindan o‘rnatish (masalan, uyga qaytayotganda, xona siz kelguningizgacha sovushini xohlasangiz). Bundan tashqari, “aqlli sovutish rejimi”ni faollashtirishingiz mumkin, bunda konditsioner deraza ortidagi va xonadagi haroratni taqqoslash orqali avtomatik ravishda eng maqbul sozlamalarni tanlaydi.

 

Yuqori unumdorlik, zamonaviy dizayn, chidamlilik va foydalanishdagi qulaylik WindFree konditsionerlarini har qanday xonadonning ajralmas bo‘lagiga aylantiradi. Jazirama yozda esa barchamiz tetiklantiruvchi salqinlikka muhtoj bo‘lganimizda, uning o‘rni, ayniqsa, bilinadi.

 

WindFree texnologiyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Samsung’ning rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.

 

 

 

YouTube video: https://youtu.be/ZDiicwoBwec

Sayt: samsung.uz

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Pressa uchun > Press-relizlar

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga