SmartThings: kundalik ritmingizga moslashadigan uy
Ish kunidan so‘ng uyga qaytib, shunchaki dam olishni xohlaysiz — pultlar va turli ilovalar orasida almashib yurishni emas. Konditsionerni yoqish, uy tozalashni boshlash, kir yuvish jarayonini yo’lga qo’yish yoki fon rejimida televizorda sevimli tomoshangizni yoqib qo’yish – shu kabi kundalik vazifalarning ko‘pini yagona ekotizim – SmartThings ilovasida birlashtirish mumkin.
SmartThings nima?

SmartThings – Samsung kompaniyasining aqlli uy uchun mos qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan platformasi. SmartThings ilovasi orqali televizorlar, maishiy texnika, konditsionerlar, robot-changyutgichlar, yoritish moslamalari, datchiklar va boshqa mos qurilmalarni, jumladan boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini ham ulash va boshqarish mumkin.
Ilova nafaqat texnikani smartfon orqali boshqarish, balki qurilmalarni ssenariylar va avtomatlashtirishlarga birlashtirish imkonini ham beradi. Masalan, uyga qaytishdan oldin konditsionerni yoqishni, tozalashni jadval bo‘yicha boshlashni yoki film tomosha qilish uchun bir nechta qurilma sozlamalarini bir vaqtning o‘zida o‘zgartirishni sozlash mumkin.
Qurilmalarni bitta ilovadan boshqarish
Odatda har bir qurilmaning o‘z boshqaruv usuli bo‘ladi: televizor uchun pult kerak, konditsionerning alohida sozlamalari bor, robot-changyutgich uchun esa boshqa ilova talab qilinishi mumkin. SmartThings mos qurilmalarni yagona interfeysda birlashtirib, ularni bir joydan qulay boshqarish imkonini beradi.
Ulangan qurilmalarni xonalar bo‘yicha – masalan, mehmonxona, oshxona yoki yotoqxonaga ajratish mumkin. Ilovada mos Samsung televizorlari uchun «Tezkor pult» ham mavjud, Smart View yordamida esa smartfondagi suratlar va boshqa qo‘llab-quvvatlanadigan kontentni televizor ekraniga chiqarish mumkin.
Asosiy boshqaruv uchun smartfonning o‘zi yetarli. Ayrim Samsung televizorlarida SmartThings Hub o‘rnatilgan bo‘ladi, shu sababli ayrim mos qurilmalar uchun alohida xab kerak bo‘lmasligi mumkin.
Bir necha qadamda ulash
SmartThings’ga mos Samsung televizorlari, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari, konditsionerlar, robot-changyutgichlar va duxovka shkaflarini, shuningdek boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalarini – masalan, aqlli lampalar, rozetkalar, o‘chirgichlar, datchiklar, qulflar va eshik qo‘ng‘iroqlarini ulash mumkin.
Qurilma qo‘shish uchun SmartThings ilovasini oching va «+» tugmasini bosing. Qurilmaga qarab, uni avtomatik tarzda topish, ro‘yxatdan tanlash yoki QR-kod orqali ulash mumkin. Shundan so‘ng xonani ko‘rsatish kifoya – qurilma ilovada qolgan texnika bilan birga paydo bo‘ladi.
Kundalik vazifalar uchun ssenariylar va avtomatlashtirish
SmartThings imkoniyatlari bir nechta qurilma yagona tizim sifatida ishlay boshlaganda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Alohida-alohida amallar o‘rniga bir vaqtning o‘zida bir nechta buyruqni ishga tushiradigan ssenariy yaratish mumkin.
Masalan, film tomosha qilish ssenariysi televizorni yoqishi, yoritishni o‘zgartirishi va mos konditsionerni sokinroq rejimga o‘tkazishi mumkin. Avtomatlashtirish yordamida esa ayrim harakatlar foydalanuvchining qo‘shimcha buyrug‘isiz – jadval bo‘yicha yoki belgilangan shartlar bajarilganda amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, robot-changyutgichni ish kunlarida muntazam tozalashga sozlash, mos qurilmalarni esa kundalik tartibingizga qarab ish rejimini o‘zgartirishga moslashtirish mumkin. Mehmonlar bir soatdan keyin kelishi kerak-u, siz hali yo‘lda bo‘lsangiz, tozalashni ilova orqali masofadan turib ishga tushirishingiz mumkin.
Uy sizni voqealardan xabardor qiladi
SmartThings ulangan qurilmalar holatini kuzatishda ham yordam beradi. Ilova kir yuvish sikli tugagani haqida xabar berishi, mos muzlatkich eshigi ochiq qolgan bo‘lsa ogohlantirishi, SmartThings Energy esa qo‘llab-quvvatlanadigan texnikaning elektr energiyasi sarfini kuzatishga yordam berishi mumkin.
Boshlash uchun bitta qurilma va bir nechta asosiy ssenariyning o‘zi kifoya. Keyinchalik yangi qurilmalarni bosqichma-bosqich qo‘shib borish mumkin. SmartThings ekotizimi kengaygani sari odatiy uy yumushlari yanada sodda va o‘zaro bog‘langan tajribaga aylanadi – texnikani boshqarishga kamroq vaqt sarflab, muhimroq ishlarga ko‘proq vaqt ajratish uchun.
*SmartThings, SmartThings Hub, Smart View, SmartThings Energy, ssenariylar va avtomatlashtirishlarning ayrim funksiyalari mavjudligi qurilma modeli, hudud, dasturiy ta’minot versiyasi va mosligiga bog‘liq. Ayrim funksiyalar uchun internetga ulanish va Samsung Account talab qilinishi mumkin.
Qurilmalar > TV va Audio
Qurilmalar > Uy uchun
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com