SmartThings – Oilangizning aqlli yordamchisi: endi uyingiz o‘zi ishlaydi!

24/07/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Jihozlarining o‘zi harakatga keladigan aqlli uylarni endi faqat xorijiy filmlarda ko‘rmaysiz. O‘zbekistonning istalgan burchagidagi uyda ham mana shunday texnologiyaga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Samsung’ning SmartThings tizimi o‘zbek oilalari hayotini yanada qulay, xavfsiz va aqlli qilishga tayyor.

Tasavvur qiling, uyga yaqinlashganingizda eshik qulfi avtomatik ochiladi, chiroqlar yoqiladi, sevimli musiqangiz yangraydi. Har tong siz belgilagan vaqtda (masalan, soat 7:00 da) choynak avtomatik suv qaynata boshlaydi. Uydan chiqqaningizdan so‘ng gaz plitasini o‘chirganingizni eslay olmasangiz, telefoningiz orqali masofadan tekshirib, birgina tugma bilan o‘chirasiz. Televizorni yoqish uchun pultni qidirishingiz yoki chiroqni oʻchirish uchun oʻrningizdan turishingiz shart emas – shu va yana boshqa ko‘plab qulaylik bilan ta’minlaydigan eng mashhur tizimlardan biri bu Samsung SmartThings hisoblanadi.

 

 

 

SmartThings o‘zi nima?

 

SmartThings – bu Samsung ishlab chiqqan aqlli uy boshqaruv tizimi bo‘lib, u orqali siz turli xil qurilmalarni telefon yoki planshet orqali masofadan boshqarishingiz, avtomatik sozlashingiz va bir-biriga bog‘lashingiz mumkin.

 

Qanday ishlaydi?

 

  • SmartThings ilovasini telefoningizga yuklab olasiz (Android va iOS uchun mavjud).
  • Uyingizdagi aqlli qurilmalarni (masalan, aqlli chiroq, televizor, changyutkich) ilovaga ulaysiz.
  • Qurilmalarni qo‘lda boshqarish, jadval asosida sozlash, yoki avtomatik ssenariy yaratish mumkin. Misol uchun: “Soat 19:00 da chiroqlar yoqilsin, pardalar yopilsin va televizor yoqilsin” – bularning barchasini oldindan belgilab qo‘ya olasiz.

 

 

Yana qanday afzalliklari bor?

 

Xavfsizlik nazorati har daqiqa siz bilan: Eshik ochilishi yoki harakat aniqlansa, darhol telefoningizga xabar keladi. Farzandingiz uyga qaytdimi yoki o‘g‘ri kirishga urinyaptimi – hammasi nazorat ostida.

Harorat avtomatik sozlanadi: Uydagi havo isib ketsa – konditsioner yoqiladi, sovuq tushsa – isitish tizimi ishga tushadi.

Masofadan boshqaruv – uy cho‘ntagingizda: Ishdamisiz, safardamisiz – farqi yo‘q. Telefoningiz orqali changyutkichni ishga tushiring, pechni yoqing yoki kir yuvish mashinasini nazorat qiling.

 

 

Nega aynan SmartThings?

 

  • SmartThings oddiy ilova emas, bu Samsung kompaniyasining global texnologik platformasi. Ishonchli, xavfsiz, uzluksiz va kelajakni ko‘zlagan yechim.
  • Boshqa alternativalar ham bor, lekin ularning ko‘pi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlamaydi, qurilmalarning integratsiyasi murakkab, xizmatlar cheklangan. SmartThings esa o‘zbek tilida ishlaydi, foydalanuvchilar uchun qulay, tez va oddiy.
  • Uyingizni telefondan, ovoz orqali yoki hatto geografik joylashuvingizga qarab boshqarishingiz mumkin.
  • SmartThings orqali siz turli ishlab chiqaruvchilarning yuzlab qurilmalarini bitta ilovada boshqarasiz. Chiroq boshqa firmadanmi, konditsioner boshqa, televizor esa Samsungnikimi? Muammo emas. Hammasi yagona tizimga ulanadi va sizga faqat bir ilova kerak bo‘ladi.
  • SmartThings qurilmalarining narxlari va ishlatish qulayligi uni oddiy foydalanuvchi uchun ham moslashtiradi. Siz endi kelajak texnologiyasidan foydalanish uchun boy bo‘lishingiz shart emas – faqat aqlli qaror qabul qilsangiz kifoya.

SmartThings – bu kelajak uyi. Sizning uyingizda kelajak bugundan boshlanadi.

 

Batafsil ma’lumot https://www.samsung.com/uz_uz/ saytida.

 

Korporativ > Texnologiyalar

Qurilmalar > Uy uchun

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga