[Tahririyat maqolasi] Bespoke SI davrining paydo boʻlishi

02/04/2024 by JH Han
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

Bundan 50 yil muqaddam 1974-yilda Samsung Electronics oʻzining birinchi sovitkichi, kir yuvish mashinasi va konditsionerini dunyoga taqdim etdi. Oʻshandan buyon biz raqamli texnikalarda innovatsiya chegaralarini doimiy ravishda ochib bordik.

 

Besh yil oldinga, 2019-yilda Samsung oʻzining birinchi Bespoke jihozlarini ommaga ilk bor namoyish qilgan paytga qaytamiz. Ushbu mahsulotlar foydalanuvchilarning kundalik hayotini moslashtirilgan funksiyalar va optimallashtirilgan dizaynlar bilan oʻzgartirish uchun yaratilgandi. Endilikda biz zamonaviy sunʼiy intellekt (SI) va SmartThings’ga asoslangan ulanuvchanlikka ega SI qurilmalarining yangi davrini boshlashga tayyormiz.

 

3-aprel kuni boʻlib oʻtadigan global mahsulot taqdimoti oldidan ushbu tahririyat sunʼiy intellekt jihozlari va oʻzaro bogʻlangan aqlli uylar bizning zamonaviy uy hayoti haqidagi tushunchamizni qanday oʻzgartirishini oʻrganadi.

 

 

Nima uchun xavfsizlik Bespoke SI jihozlari uchun fundamental ahamiyatga ega?

Ipsos bozor tadqiqot kompaniyasi tomonidan yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot sunʼiy intellekt davrida xavfsizlikning ahamiyatini taʼkidlaydi. Tadqiqotda 17 mamlakatda 17,000 kishi “Sunʼiy intellekt bilan bizning hayotimiz: bugungi kunning haqiqati va ertangi kunning vaʼdasi” sarlavhasi ostida ishtirok etishdi. Muhim xulosa shundan iboratki, respondentlarning 42 foizi sunʼiy intellekt uchun “takomillashgan xavfsizlik”ni o‘ta muhim vazifa sifatida belgilagan, qo‘shimcha 44 foizi esa buni biroz muhim deb hisoblagan.

 

SI texnologiyalari salohiyati keng soha, lekin u foydalanuvchilarni himoya qila olmasa, hatto eng yaxshi SI ham foyda keltirmaydi, aksincha, bu xavfli boʻlishi mumkin. Shuning uchun xavfsizlik Bespoke SI qurilmalarining asosini tashkil qiladi. Biz mahsulotlarimizni ishlab chiqishda xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yganmiz, shu sababli ham foydalanuvchilarimiz SI’ga asoslangan raqamli qurilmalarning barcha afzalliklaridan xotirjamlik bilan foydalana olishadi.

 

Xavfsizlikni taʼminlash uchun sunʼiy intellektga asoslangan qurilmalarimiz Samsung Knox tomonidan himoyalanadi. Blokcheynga asoslangan Knox Matrix Samsung’ning bir-biriga ulangan qurilmalarini kuzatib boradi va himoya qiladi.

 

Bizning eng yangi sunʼiy intellektga asoslangan qurilmalarimiz — SI Family Hub™+ ega 4 eshikli Flex™ sovitkichi va Bespoke Jet Bot Combo™ SI changyutkichlari oʻzlarining narsalar interneti (IoT) xavfsizlik imkoniyatlari uchun global xavfsizlik kompaniyasi UL Solutions tomonidan “olmos” darajasidagi reytingga sazovor boʻldi. Ushbu reyting IoT xavfsizligining eng yuqori darajasini ifodalaydi, shu kungacha dunyoda hech bir mSIshiy texnika bunga erisha olmagan.

 

Ammo Samsung bu bilan toʻxtab qolmadi. Biz doimo SI qurilmalari va aqlli uylarning xavfsizligini yanada oshirishi mumkin boʻlgan yangi texnologiyalarni tadqiq qilib boramiz.

 

 

Jamiyatni rivojlantirish uchun SI jihozlaridan foydalanish

Samsung kompaniyasida biz shunchaki qulaylik uchun ishlab chiqilgan jihozlarni taqdim etishga harakat qilmaymiz. Bizning maqsadimiz ikkita narsani amalga oshiradigan sunʼiy intellekt qurilmalarini yaratishdir: ular hamma uchun ochiq boʻlishi va atrof-muhitga taʼsirni kamaytirish orqali jamiyatga hissa qoʻsha olishi.

 

Samsung’ning soʻnggi rusumdagi ixcham kir yuvish mashinasi va quritkichi qulaylik uchun katta 7 dyuymli LCD sensorli displeyga ega boʻlib, turli jismonan ojiz foydalanuvchilar uchun xizmat qiladi. Bixby integratsiyasi bilan esa ovozli buyruqlar yordamida mashinani boshqarish ham mumkin. Bundan tashqari, Samsung’ning Auto Open Door (Avtomatik eshikni ochish) funksiyasi foydalanuvchilarga sovitkichni yengil teginish bilan osongina ochish imkonini beradi. Yangi kir yuvish mashinasi va quritkich ham yuvish va quritish jarayoni tugagandan soʻng avtomatik ravishda eshikni ochadi. Bu takomillashuvlarning umumiy natijasi jihozlarimizdan endi yanada qulay tarzda foydalansa boʻlishini anglatadi.

 

Mahsulotlarimizning jamiyatdagi roliga kelsak, biz atrof-muhitga taʼsirni kamaytirish uchun yangi avlod texnologiyalaridan foydalanmoqdamiz. Jihozlarda energiya sarfini kamaytirish uchun sunʼiy intellektdan foydalanish va sovitkichlarning quvvat sarfi va uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun takomillashgan yarimoʻtkazgichlardan foydalanish shular jumlasidandir. Shuningdek, biz filtrlarni muntazam almashtirishni talab qilmasdan havo tozalagichlardan uzluksiz foydalanish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqmoqdamiz.

 

 

Bespoke SI jihozlari: SI texnologiyasining choʻqqisi

Bizning 2024-yilgi jihozlarimiz kategoriyasi SI integratsiyasining eng yuqori choʻqqisini ifodalaydi. Uy yumushlarini sezilarli darajada yengillashtirishga qaratilgan ushbu jihozlar oʻzida bir qator sensorlar, obyektlarni aniqlash texnologiyasi, katta maʼlumotlarni tahlil qilish vositalari, kuchli sunʼiy intellekt chiplari va Tizen OS bilan jihozlangan.

 

Ushbu imkoniyatlar bilan uy jihozlaridan foydalanish usuli tubdan oʻzgaradi. Family Hub™ sovitkichlariga o‘rnatilgan katta displeylar va Samsung’ning eng so‘nggi ixcham quritkich va kir yuvish mashinasidagi 7 dyuymli displey butun uydagi jihozlarni oson boshqarish va kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, siz masofadan boshqarish pultini qidirmasdan yoki tugmalar bilan ovora boʻlmasdan smartfon yordamida mahsulotning asosiy funksiyalarini qulay boshqarishingiz mumkin. Bu uydagi hayot tarzini revolyutsiyaga olib chiqadi.

 

Bu yil biz generativ SI’ni Bespoke SI qurilmalariga kiritishni rejalashtirmoqdamiz, bu esa foydalanuvchilarga ular oila aʼzolari bilan qanday suhbatlashsa, shunday tabiiy ravishda jihozlarni boshqarish imkonini beradi. SmartThings va sunʼiy intellekt qurilmalarining kuchiga asoslanib, Samsung qurilmalari taklif qila oladigan 100 dan ortiq turli xil oʻzaro bogʻlanish funksiyalari hayotingizni yanada qulaylashtiradi.

 

3-aprel kuni BESPOKE SI’ga xush kelibsiz ko‘rgazmasida siz Samsung’ning 2024-yilga mo‘ljallangan yangi sunʼiy intellekt jihozlariga guvoh boʻlasiz. Bizning mahsulotlarimiz nafaqat xavfsizlikni, balki jamiyatimiz va atrof-muhitimiz sogʻlomligini ham hisobga oladi. Bespoke SI qurilmalarining kelajagini shakllantirish sayohatiga chiqar ekanmiz, sizni ham bu sayohatga chaqiramiz.

by JH Han

Samsung Electronics kompaniyasining Device eXperience (DX) boʻlimi bosh direktori va rahbari

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga