[Tahririyat maqolasi] Mobil SI davriga xush kelibsiz

23/02/2024 by Doktor TM Roh
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

Galaxy S24 modellarini ishlab chiqish faoliyat davrimdagi eng yutuqli onlar boʻldi. Muhandis sifatida men aql bovar qilmaydigan innovatsiyalarning koʻplab misollariga guvoh boʻldim, ammo Sun’iy Intellekt (SI) baribir asrning eng taraqqiy texnologiyasi ekanligiga aminman. Bunday seysmik potensialga ega boʻlgan voqeada ishtirok etish imkoniyati har qaysi muhandislarga ham nasib etavermaydi. Bu nafaqat Samsung va mobil sanoat uchun, balki butun insoniyat uchun katta oʻzgarishlar olib keladi.

 

Telefonlarga integratsiyalashganda, SI, bir soʻz bilan, sof revolyutsiyadir. Bu mobil dunyoni yangi davrga olib kiradi va Samsung Galaxy unda yetakchi rolni oʻynaydi. Mobil qurilmalar sunʼiy ong dunyosida uning asosiy tashuvchi vositasiga aylanadi. Samsung Galaxy, bizning eng soʻnggi keng qamrovli mahsulot portfelimiz, innovatsiyalar merosi va ochiq hamkorlik falsafasi SI’ning global kengayishini tezlashtirish uchun ajoyib yechimdir. Biz mobil SI’ga oʻtishni osonlashtiramiz va barcha uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etamiz.

 

Yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda

 

Mobil sunʼiy ongga oid ilgʻor texnologiyalarni kashf qilar ekanmiz, biz ushbu yangi va qiziqarli texnologiya hayotimizni qay tarzda yaxshilashi va jamiyatning keyingi taraqqiyot qadamlarida ularga qanchalik ilhom manbayi boʻlishi haqida koʻp bosh qotirdik. Ehtiyotkorlik va eʼtibor bilan qoʻllaniladigan Galaxy SI [1] odamlarga chegaradan tashqarida muloqot qilish, kundalik vazifalarni osonlik bilan bajarishda va boshqa koʻp yumushlarda yordam beradi.

 

Galaxy S24 modellari ishga tushirilgandan beri biz odamlar kundalik hayotida Galaxy SI funksiyalaridan qanday foydalanishlari haqida ajoyib fikr-mulohazalar oldik. SI’ning eng ma’qul kelgan funksiyalaridan biri bu Google orqali aylana chizib qidirish [2] bo‘lib, intuitiv qidiruv tizimi sifatida ajoyib yangi vositaga aylandi. Jonli tarjimon [3], chat yordami [4] , va ogʻzaki tarjimon kabi til to‘siqlarini bartaraf etuvchi muloqot vositalarimiz ko‘pchilikning eʼtiborini o‘ziga tortdi. Shuningdek, ProVisual Engine tomonidan ishlab chiqilgan ijodkorlik vositasi — rasm tahrirchisi ham odamlarning qalblaridan joy oldi.

 

Takrorlaymiz: bu hali endi boshlanishi. Galaxy S24 modellarini ishlab chiqishda biz hayotga tatbiq etmoqchi boʻlgan koʻplab gʻoya va konsepsiyalarga ega edik. Galaxy foydalanuvchilari vaqt o‘tishi bilan ushbu g‘oya va konsepsiyalarga asoslangan yanada koʻp Galaxy SI funksiyalaridan bahramand bo‘la olishadi, chunki Samsung mobil SI texnologiyasini rivojlantirib borishdan aslo toʻxtamaydi [5].

 

Bundan tashqari, biz Galaxy SI uchun smartfonlar bilangina cheklanmagan keyingi bosqichlarni rejalashtirib boshlaganmiz: SI’ni turli xizmat koʻrsatuvchi turli toifadagi qurilmalar uchun optimallashtirish. Yaqin kelajakda maʼlum taqiladigan Galaxy qurilmalari foydalanuvchining raqamli salomatligini yaxshilabgina qolmay aqlli hamda takomillashgan qurilma uning umumiy sogʻligʻni ham saqlash kabi butunlay yangi texnologik davrni kashf etish uchun SI’dan foydalanadi. Samsung sunʼiy ong sohasi yetakchilari bilan yanada keng hamkorlikda Galaxy SI texnologiyasini turli kategoriyalar boʻyicha boyitish va kengaytirishda davom etadi.

 

Keyingi muhim narsa bu — SIZ

 

Oʻtgan yil davomida biz tez-tez oʻzimizdan foydalanuvchilar nimani xohlashlarini yoki nimaga muhtojligini va ozgina yordam bilan nimaga erishishlari mumkinligini tinmay soʻrardik. Bu savollar Galaxy S24 modellarini ilhomlantirdi, bizning birinchi SI telefonimiz foydalanuvchilarning SI tufayli hayotlari qanday oʻzgarishi mumkinligini tasavvur qilishga yetakladi. Bu kelajak telefoni — mobil sunʼiy ong standartini shakllantiradi va yangi paydo boʻlgan sunʼiy ong bilan jihozlangan telefonlar kategoriyasini yaratadi.

 

Albatta, koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalar va yelkamizda muhim masʼuliyatlar mavjud. Oʻrgatilayotgan SI modellari hali ham kamchilik va defektlarga moyil boʻlib, intellektual mulk huquqlari buzilayotgani boʻyicha bahslar hali-hamon davom etmoqda. Kompaniyalar SI texnologiyasini sinchkovlik bilan oʻrganish uchun ochiq hamkorlik falsafasiga oʻtishlari juda muhimdir, zero shu orqaligina foydalanuvchilar ularga taqdim etilgan yangi sunʼiy ong funksiyalaridan shubha ostida ikkilanmasdan va qoʻrqmasdan bahramand boʻla olishadi.

 

Koʻp maʼlumotlar aylanadigan mobil texnologiyaning yangi davrida xavfsizlik va maxfiylik standartlarini oshirish ham juda dolzarb masala. Qurilmadagi va bulutga asoslangan sunʼiy ongni birlashtirgan gibrid yondashuvni qoʻllaganimizning sabablaridan biri ham shudir. Bu uzluksiz foydalanishni taʼminlashdan tashqari, foydalanuvchilar baʼzi funksiyalarni faqatgina qurilma ichidagina ishlaydigan qilib cheklab qoʻya olishi va ularning shaxsiy maʼlumotlariga nima boʻlayotganini keng nazorat qilish imkonini beradi. Biz foydalanuvchilarga ochiqlik va erkin tanlovlarni taqdim etish orqali Galaxy qurilmasining xavfsizligi va maxfiyligini oshirishga sodiqmiz.

 

Mobil sunʼiy ongning ushbu yangi davrida endi telefonlar nimalarga qodir ekanligi haqida emas, balki odamlar toʻgʻri vositalar bilan nimalarga erisha olishi haqida soʻz boradi. Galaxy S24 modellari ushbu vositalarning faqat bir qismini taqdim etadi xolos. Men esa ular bilan nimalarni ixtiro qilishingizni koʻrishni intiqib kutaman. Nima qila olish mumkin, bu foydalimi va mazmunlimi — bularni hal qiladigan faqat sizsiz. Mobil texnologiyaning keyingi bobini yozish bizning qoʻlimizda emas. Balki, bu sizning, bizning Samsung Galaxy foydalanuvchilari qoʻlidadir.

 

[1] Galaxy AI funksiyalari qo‘llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI funksiyalari uchun boshqacha shartlar qoʻllanilishi mumkin.

 

[2] Natijalar vizual oʻxshashliklarga qarab farq qilishi mumkin. Internet tarmogʻini talab qiladi. Foydalanuvchilar Android’ni soʻnggi versiyasiga yangilashlari kerak boʻlishi mumkin. Mahsulot funksionalligi ilova va qurilmangiz sozlamalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayrim funksiyalar baʼzi ilovalar bilan mos kelmasligi mumkin. Xizmat mavjudligi mamlakat va tilga qarab farq qiladi. Natijalar aniqligi kafolatlanlanmagan.

 

[3] Jonli tarjimon ilovasi internet tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusini talab qiladi. Jonli tarjima faqat telefon bilan birga keladigan Samsung Phone ilovasidagina mavjud. Qoʻngʻiroqlar mahalliy Samsung qoʻngʻiroq markazi yordamida amalga oshirilishi kerak. Ayrim tillar alohida yuklab olinishi talab qilinishi mumkin. Xizmat mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanlanmagan.

 

[4] Samsung akkauntida login statusini va internet tarmogʻini talab qiladi.

 

[5] Funksiyalar va qo‘llab-quvvatlanadigan qurilmalar tasdiqlanishi kerak. Galaxy S24 modellari uchun avval eʼlon qilingan Galaxy AI’ning baʼzi funksiyalari dasturiy taʼminot yangilanishlari orqali Galaxy S23 modellari, S23 FE, Z Fold 5, Z Flip5 va Tab S9 modellarida mavjud boʻladi. Funksiyalar mavjudligi qurilma modeli va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
by Doktor TM Roh

Samsung Electronics MX Business Prezidenti va Rahbari

Korporativ > Boshqa

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga