[Tahririyat maqolasi] Mohiyatli∙Innovatsion∙Uyg’un: 2030-yilgacha Samsung Electronics uchun yangi dizayn identikligi

04/04/2024 by TM Roh
Share open/close
Havola nusxalandi.

 

Mahsulotni ishlab chiqish va uni bozorga chiqarish har doim hayajonli onlarga boy bo’ladi. Qachonki men ushbu vazifaga kirishsam, birinchi navbatda yangi mahsulot mijozlarning ehtiyojlariga qay darajada mos kelishini o’rganib chiqaman – ehtimol, u hatto “o’yinni o’zgartiruvchi”ga aylanadi va umuman olganda hayotga mazmunli ta’sir qila oladi.

 

Agar mahsulotni ishlab chiqish jarayoniga chuqurroq nazar tashlasak, dizayn innovatsion texnologiyalarni porlab ko’rinishiga, texnologiya esa dizayn orzularini voqelikka aylantiradi. Dizayn va texnologiya mukammal uyg’unlashgandagina biz foydalanuvchilarga haqiqiy qiymat beradigan mahsulotni ishlab chiqishimiz mumkin. Samsung Electronics dizaynni innovatsion texnologiyalar bilan muvozanatlashda ustundir va biz doimiy ravishda mijozlarimiz hayotiga mos keladigan mahsulotlarni yaratishga intilamiz.

 

Shu maqsadda biz 2030-yilga yaqinlashar ekanmiz, dizayn falsafamizni qayta belgilab oldik. “Samsung Design Identity 5.0 (DI 5.0): Mohiyatli∙Innovatsion∙Uyg’un”[1] – bu biz taqdim etmoqchi bo‘lgan kelajakni belgilaydigan yangi yo‘nalishdir.

 

Samsungning dizayn falsafasi va uning evolyutsiyasi

 

1500 dan ortiq dizaynerlar Samsungning yettita global dizayn studiyalarida har biri oʻziga xos afzalliklar va didga ega boʻlgan, har biri boshqa madaniyat yoki kelib chiqishi boʻlgan, keng doiradagi mijozlar duch keladigan kundalik muammolarni hal qilish uchun ishlaydi. Ushbu sa’y-harakatlarning markazida Samsungning dizayn falsafasi – “Insonlardan ilhomlangan holda kelajakni yaratish” – 1996-yilda yaratilganidan beri o’zgarmagan.

 

Ammo odamlarning yashash tarzi va ularning hayotini boshdan kechirish usullari doimo o’zgarib turadi va biz buni aks ettirish uchun dizayn identikligimizni takomillashtirishimiz va rivojlantirishimiz kerak edi. “Samsung Design Identiklik 5.0: Mohiyatli∙Innovatsion∙Uyg’un” bu bizni 2030-yilgacha yo‘naltiradigan qarashdir. Oldinga harakatimiz yo’lida biz ushbu yangi fikrni aks ettiruvchi smartfonlar, televizorlar, muzlatkichlar va boshqa mahsulotlarni taqdim etishda davom etamiz.

 

Muhim∙Innovatsion∙Ug’unlashgan. Bu nimani anglatadi?

 

Mohiyatli dizayn mahsulotning asl maqsadi va ma’nosiga qaratilgan bo’lib, ya’ni keraksiz elementlarni olib tashlagan holda optimallashtirilgan foydalanuvchi tajribasini ta’minlashdan iboratdir. Bu yil eng so’nggi Galaxy S24 seriyasi foydalanuvchilarga o’zining birlashtirilgan ko’rinishi va yupqa ramkasi bilan mobil mahsulot funksiyalarini intuitiv ravishda his qilish imkonini beradi. Infinity Air Design’ga ega televizorlarimiz esa yanada chuqurroq tomosha qilish imkonini berish uchun havoda muallaq turganga o’xshaydi. Boshqa tomondan, hamma funksiyalarni o’zida mujassam etgan ‘kir yuvish mashinamiz va quritgichimiz’ minimalist dizayn orqali bo’shliqdan foydalanish samaradorligini oshiradi.

 

Innovatsion dizayn mijozlarimiz hayotiga nafaqat yangilik, balki qimmatli o’zgarishlar olib keladi. Masalan, sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda past aniqlikdagi (low-resolution) tasvirlarni avtomatik ravishda 8K darajasiga ko‘taradigan televizor; optimal tozalash uchun pol turini, ob’ektlarni va yashash joylarini avtomatik ravishda aniqlaydigan sun’iy intellekt asosidagi robot chang yutgich; va real vaqt rejimida tarjima qilish orqali smartfon foydalanuvchilariga til to‘siqlarini yengib o‘tishga yordam beruvchi Live Translate funksiyasi. Ushbu mahsulotlarning barchasi innovatsiyalarni ijodkorlik bilan birlashtiradi.

 

Uyg’unlashgan dizayn mahsulot va odamlarni jamiyat, atrof-muhit va boshqa insoniy qadriyatlar bilan birlashtirish istagini o’zida mujassam etadi. SmartThings foydalanuvchilarning masofadan boshqarishi uchun mahsulotlarni birlashtirish va ulash orqali qulaylikni takomillashtiradi. Shu bilan birga, moslashtirilgan ramka shaklidagi Music Frame dinamigi har qanday interyerga mos keladi. Izlanishda davom etar ekanmiz, o’z mavjudligi bilan alohida ajralib turadigan dizayndan ko’ra ayni mahsulotlar va mijozlarning kundalik hayoti o’rtasida uyg’unlikni yaratadigan dizaynni qo’llab-quvvatlash harakatida bo’lamiz.

 

Cheksiz imkoniyatlar kelajagi

 

Samsung’da asosiy maqsadimizga sodiq qolish, cheksiz innovatsiyalar qilish va foydalanuvchilarimiz hayotiga mos keladigan dizaynlarni yaratish bizning vazifamizdir. Biz butun dunyo bo‘ylab mijozlarga qanday Samsung mahsulotlarini tanlashidan qat’i nazar, mazmunli tajriba taklif qilish orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirish va hayotini boyitishni maqsad qilganmiz.

 

2024-yilgi Milan Dizayn Haftaligida biz insonlar va texnologiya o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanatga erishadigan yaxshi kelajak uchun ilhomlantiruvchi tasavvurni namoyish qilish uchun “Yangi muvozanat” ko‘rgazmasini taqdim etmoqdamiz. Cheksiz imkoniyatlar kelajagini his qilish uchun 16-aprel kuni bizga qo’shiling va yangilikdan bahramand bo’ling.

 

[1] Samsung dizayn identikliklari tarixi
Dizayn Identikligi 1.0 (2001-2005): Rezonans bilan soddalik
Dizayn Identikligi 2.0 (2006-2010): Hissiy sayohat yaratish yo’lida
Dizayn Identikligi 3.0 (2011-2018): Mazmunli qilish yo’lida
Dizayn Identikligi 4.0 (2019-2022): Dadil bo’ling. Ruhan his qiling.
Dizayn Identikligi 5.0 (2023-2030): Mohiyatli∙Innovatsion∙Uyg’un.
by TM Roh

Samsung Electronics korporativ dizayn markazi prezidenti va rahbari

Korporativ > Dizayn

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga