[Tahririyat maqolasi] Raqamli salomatlik muammosini yechishga urinish: Samsung’ning aqlli salomatlik platformasi bo’yicha rejalari

29/02/2024 by Doktor Hon Pak
Share open/close
Havola nusxalandi.

Editorial-Hon-Pak-Solving-Digital-Health-Dilemma_main1-FINAL

 

Oldingi davrlarga qaraganda, bugun odamlar sog‘lom bo‘lish uchun oldilariga turli maqsadlar qo‘yishmoqda. Sog‘lom bo‘lish, mushak massasini orttirish, sog‘lom uyquga erishish, shaxsiy yoki oilaviy jismoniy va ruhiy salomatlik masalalarida bosh qotirish — har bir inson sog‘liqni yaxshilashga oid o‘zining har xil maqsadlariga ega. Lekin bir muammo keng tarqalgan: kundalik tartib va maqsadlar sari yo‘lni tuzib borish murakkab masalaga aylanishi. Ayniqsa, har bir maqsadni o‘zingiz belgilasangiz.

 

Shuning uchun biz — Samsung yanada ko‘p odamlarga o‘zlarining va ular qayg‘uradigan kishilarning kundalik sog‘lig‘ini o‘zlari istagan usulda atroflicha, biroq sodda ravishda kuzatish va yaxshilash imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqdamiz. Bizning maqsadimiz — qurilmalar, xizmatlar va odamlarni bog‘lab turgan uy ichidagi o‘zaro g‘amxo‘rlik orqali milliardlab odamlarning sog‘lig‘ini yaxshilashdir. Bunga hozirda faqat Samsung erisha oladi.

 

Salomatlikka oid mavjud ma’lumotlarini birlashtirish orqali sog‘liqni saqlashni soddalashtirish

 

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash sohasining eng katta muammolaridan biri — bu sochilib yotgan mavjud ma’lumotlar va ularni birlashtirish yo‘lini topishdir. Samsung o‘zining eng katta, eng xilma-xil o‘zaro bog‘langan qurilmalar ekotizimlaridan biri bilan buni amalga oshirish uchun tayyor yechimga ega. Endilikda Samsung Health yordamida biz turli xil qurilmalar va hamkorlarimiz yechimlarini yagona platformada birlashtirish orqali taqiladigan Galaxy qurilmalarida salomatlikni kuzatishni osonlashtiramiz.

 

Ilg‘or sensor texnologiyasi sog‘ligingiz haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi va sizga salomatligingiz haqida chuqurroq va kengroq tushuncha beradi. Bu sizga muhim insaytlarga ega bo‘lish va ularni boshqa sog‘liqni yaxshilash ilovalari va xizmatlaridan olingan ma’lumotlar bilan birlashtirish imkonini berib, sog‘lig‘ingiz haqida yaxlit ma’lumot ko‘rinishini taqdim etadi. Shak-shubhasiz, Samsung Knox xavfsizlik platformasi bilan Galaxy qurilmalaridagi shaxsiy ma’lumotlaringiz har doimgidek xavfsiz saqlanadi.

 

AI’ning transformatsion kuchi bilan ma’lumotlarni mazmunli insaytlarga aylantirish

 

Ma’lumotlar modeli qanchalik yaxshi bo‘lmasin, undan qanday foydalanayotganimiz muhimroq ahamiyat kasb etadi. Ushbu yangi mobil sun’iy ong davrida Samsung ma’lumotlarni maksimal darajada oshirishga intiladi. Asrning eng o‘zgaruvchan texnologiyasi bo‘lmish sun’iy ong yordamida 64 million faol foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotlar bilan boyitiladigan Samsung Health’ning keng global ma’lumotlar ombori orqali foydalanuvchilar har oy shaxsiylashtirilgan insaytlar va moslashtirilgan sog‘liqni yaxshilash yo‘riqlariga ega bo‘ladilar. Har bir foydalanuvchining salomatlik tomon sayohati har xil bo‘lsa-da, biz ishonamizki, ularning barchasi bir yo‘ldan boshlanadi: uzoq vaqtni qamrab olgan tibbiy ma’lumotlarga asoslangan keng insaytlar orqali o‘z sog‘lig‘i haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘lish.

 

Mana nega biz foydalanuvchilarga ularning sog‘lig‘ini qulay tarzda doimiy ravishda aniqlik bilan kuzatishga yordam beradigan vositalarni yaratishdan to‘xtamadik. Mazkur yondashuv bizning taqiladigan qurilmalarimiz portfelida hayotga tatbiq etiladi. Shuningdek, yangi mahsulot My Vitality Score [1] va Booster Card [2] kabi yangi funksiyalar bilan jihozlanib, kecha-yu kunduz aynan siz uchun moslashtirilgan amaliy ko‘rsatmalarni taqdim etadi. Bunga erishishda biz qo‘shimcha ma’lumotlarni yangicha va aqlli usulda tahlil qilamiz.

 

Hamma yaxshi narsalar sog‘lom uyqudan keyin boshlanadi

 

Ko‘proq ma’lumotlar va kengroq kuzatuv natijalari bilan foydalanuvchilar sog‘liqni saqlovchi kompleks yechimlar bo‘yicha yanada ko‘proq insaytlarga ega bo‘ladilar. Sog‘lom uyqu shular jumlasidan. Biz foydalanuvchilarga ularning uyqu sifatini aniqlash va uxlash vaqtida salomatlikning boshqa jihatlarini chuqurroq tushunish imkonini beruvchi turli funksiyalarni ishlab chiqdik. Misol uchun, yaqinda AQSH FDA tomonidan De Novo ruxsatini olgan uyqu apnoesi funksiyasi o‘rtacha va og‘ir obstruktiv uyqu apnoesi belgilarini aniqlaydi va ko‘pincha tashxislanmay qolgan va davolanmagan surunkali kasallik holatini yuzaga chiqaradi, shu orqali foydalanuvchilar o‘z shifokorlariga bu borada murojaat qila olishadi.

 

Bu hali boshlanishi. Biz ushbu imkoniyatlarni amaliy yechimlar va xizmatlar qatoriga kiritish va shu orqali uy ichida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish yo‘lida hamkorlar bilan ish olib boryapmiz. Masalan, dam olish uchun sizga ideal uyqu haroratini beradigan aqlli matras yordamida endi yanada maqbul uyqu muhitini yaratishingiz mumkin.

 

 

Salomatligingiz ko‘rsatkichi shundoqqina qo‘lingizda

 

Samsung shaxsning salomatligi haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lish u uchun uzoq muddatli salomatlikda muhim foyda keltirishini tushunadi. Biz foydalanuvchilarga kundalik salomatlik uchun atroflicha, ammo soddalashtirilgan yondashuvni taqdim etishga oid g‘oyalarimizni amalga oshirishga intilayotgan ekanmiz, tanlov erkinligi katta omil ekanligini tushunamiz. Shaxs salomatligi to‘g‘risida aniq, batafsil va turlicha ma’lumotlarni olish shaxsga sog‘lig‘ini har tomonlama kuzatish va salomatlikni yaxshilashda yordam berishning ajralmas qismidir.

 

Mobil qurilmalar sun’iy ong uchun asosiy kirish nuqtasiga aylanadi. Biz esa Samsung Galaxy kabi katta mahsulot portfelimiz, innovatsiyalarimiz merosi va ochiq hamkorlik falsafamiz bilan uning global kengayishini tezlashtirish uchun qulay sharoitga egamiz. Shunday ekan, biz shuncha yillar mobaynida to‘plagan innovatsiyalarimiz yig‘indisi, o‘ta ixcham va 24/7 taqishga qulay qurilma — Galaxy Ring’ni joriy yil oxirida taqdim etishimizdan g‘oyatda xursandmiz. Taqiladigan qurilmalarimiz qatorida yangi qo‘shimcha sifatida Galaxy Ring foydalanuvchilarga kundalik salomatlikni soddalashtirishning mutlaqo yangi usulini taklif qiladi, ularni insaytlar bilan boyitadi va kecha-yu kunduz sog‘liqni kuzatishning ko‘plab usullarini taqdim etadi. Galaxy Ring yordamida foydalanuvchilar salomatlik tomon sayohatning har bir bosqichida mislsiz qulayliklarga ega bo‘lishadi va bir vaqtning o‘zida Samsung’ning o‘zaro bog‘langan, integratsiyalashgan va uzluksiz raqamli sog‘lomlashtirish platformasida kompaniyaning keng qarashlariga hissa qo‘shadi va undan katta imtiyoz oladi.

 

Samsung o‘z mahsulot kategoriyalari bo‘ylab Galaxy AI’ni kengaytirgan va hamkorliklarni ko‘paytirgan holda tasavvur olamini voqelikka aylantiradigan mobil texnologiyalarni taqdim etishda davom etadi. Galaxy Ring‘ning ishga tushirilishi bunga misol bo‘lib, mahsulot Samsung’ning ko‘plab tashabbuslaridan biri xolos. Bu mahsulot uydan turib sizni va boshqa milliardlab odamlarning sog‘-salomatligini yaxshilashga oid qarashlarimizni ro‘yobga chiqaradi. Kuzatuv natijalaridan to‘plangan ma’lumotlar, hamkorlik va ilg‘or texnologiyalar kuchi orqali biz har kuni ko‘plab odamlarga o‘z sog‘lig‘ini yaxshiroq tushunishiga yordam va kichik o‘zgarish oqibatida katta natijalarga olib keluvchi maslahat va yo‘l-yo‘riqlar berib boramiz. Hammasini hisobga olgan holda Galaxy AI kuchi va boshqa ko‘plab qiziqarli sog‘-salomatlik yechimlari hamda kelajakda reja qilib qo‘ygan yangiliklarimiz bilan sizlarga nimalarni taqdim etmoqchiligimizni ko‘rishingizni intiqlik bilan kutib qolamiz.

 

[1] My Vitality Score funksiyasi Samsung Health’da 2024-yilda taqdim etiladi. Mavjudligi bozor, diler yoki taqiladigan qurilmaga qarab oʻzgarishi mumkin. Funksiyalar faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Koʻrsatilgan oʻlchovlar faqat siz uchun moʻljallangan. Iltimos, professional tashxis uchun shifokorga murojaat qiling.

 

[2] Booster Card Samsung Health’da 2024-yilda taqdim etiladi. Mavjudligi bozor, diler yoki taqiladigan qurilmaga qarab oʻzgarishi mumkin.
by Doktor Hon Pak

Samsung Electronics kompaniyasining MX Business bo‘yicha Digital Health Team prezident o‘rinbosari va rahbari

Korporativ > Boshqa

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga