[Taklifnoma] 2025-yil yanvar oyidagi Galaxy Unpacked: Mobil AI taraqqiyotida navbatdagi keskin oʻzgarish
Yanada tabiiy va intuitiv sunʼiy intellektni qarshi olishga tayyormisiz? Galaxy AI’ning navbatdagi evolyutsiyasi kelmoqda. U har kungi dunyo bilan bo‘lgan o‘zaro aloqalaringizni tubdan oʻzgartirib yuboradi. Yangi Galaxy S modeli hozir va kelajakdagi mobil AI qulayliklari uchun yangicha standartlarni oʻrnatishni maqsad qilgan.
22-yanvar kuni Samsung Electronics San Xose shahrida Unpacked tadbiriga mezbonlik qiladi. Mobil AI tarixida yangi sahifa — hayotingizning har bir lahzasiga qulaylik olib kiradigan Galaxy premium innovatsiyalarini ochishimizda bizga qoʻshiling. Tadbir soat 18:00 da (GMT) Samsung.com, Samsung Newsroom va Samsung’ning YouTube kanalida jonli efirda namoyish etiladi.
Bizni kuzatib boring va Unpacked 2025 oldidan barcha tizerlar, treylerlar va yangilanishlarni koʻrish uchun https://news.samsung.com/uz_uz/ saytiga tashrif buyuring.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.