Tez Orada: Bilagingizda AI Bilan Jihozlangan Yangi Salomatlik Hamrohingiz
AI kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib borar ekan, mobil qurilmalar uning barcha imkoniyatlarini ochish uchun birlamchi kirish nuqtasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Eng muhimi — sun’iy intellektni kundalik hayotga qanday qilib mazmunli, oson, intuitiv va chinakam yordam beradigan tarzda tatbiq etishdir. Galaxy Watch esa ilg‘or, moslashtirilgan sun’iy intellekt uchun salomatlikka birinchi darajali, doimo yoniq darvoza sifatida muhim vazifani bajarar ekan, biz ushbu intellektual tajribalarni butun ekotizimimizga olib kirishga e’tibor qaratmoqdamiz.
Yangi Galaxy Watch soatini taqishning o‘zi salomatlikni osonlikcha nazorat qilishning mutlaqo yangi darajasini his etish uchun kifoya. Galaxy Watch doimo fon ravishda ishlab, salomatlikning har tomonlama nazoratini kundalik hayotning uzviy qismiga aylantiradi. Butunlay yangi ichki qismlar va quvvati oshirilgan batareya bilan ta’minlangan yangi avlod soati salomatligingizni yanada uzoqroq va aniqroq kuzatish uchun yaratilgan.
Dam olishimiz, harakatlarimiz va uyqumizni kuzatish orqali Galaxy Watch bizni o‘zimiz ham har doim anglay olmaydigan jihatlarimizni ham tushunib kelgan. Endi esa sun’iy intellektga asoslangan aqlli tahlillar bilan takomillashtirilib, sog‘lig‘imizni real vaqt rejimida yaxshiroq anglash va faol boshqarishimizga yordam berish uchun rivojlanmoqda.
22-iyul kuni Toshkent vaqti bo’yicha soat 18:00 da Galaxy Unpacked tadbirida biz bilan birga bo‘ling va Galaxy Watch’ning yangi evolyutsiyasini biz bilan qarshi oling. Sun’iy intellektga asoslangan ekotizimda yangi Galaxy Watch salomatligingizni nazorat qilish va yanada sog‘lom hayot kechirishda qanday yordam berishini kashf eting.
Qurilmalar > Mobil
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com