Toshkentda Samsung Electronics kompaniyasining rasmiy do‘koni va servis markazi ochildi

21/06/2022
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung_Uzbekistan_1000_563_body_1

 

Samsung kompaniyasining rasmiy do‘koni O‘zbekiston uchun noyob formatda ochildi. Bu yerda Galaxy seriyasining barcha smartfonlari, maishiy texnikaning eng yangi avlodini topish hamda servis xizmatiga ega bo‘lish mumkin.

Samsung_Uzbekistan_1000_563_body_2

16-iyul kuni Toshkentda Samsung kompaniyasining yangi rasmiy do‘koni va yangilangan servis markazi ochildi. Tantanali marosim Mercato savdo-ko‘ngilochar markazida bo‘lib o‘tdi. Ochilish sharafiga tashrif buyuruvchilar uchun katta bayram tashkil etilib, promo-aksiyalarga start berildi.

 

Boshlovchi Ravshan Xojiyev rasmiy do‘kon va servis markazining ochilishi haqida tantanali ravishda e’lon qildi. Tadbir DJ King Macarella hamda karnay-surnay sadolari ostida boshlandi. So‘ngra boshlovchi qiziqarli tanlovlarni o‘tkazdi va unda qatnashgan mehmonlar qimmatbaho sovg‘alar va sovrinlarga ega bo‘ldi.

 

Samsung_Uzbekistan_1000_563_body_3

So‘ngra tantananing rasmiy qismi — lenta qirqish jarayoni o‘tkazildi. Samsung Electronics kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili, janob Minki Chu hamda yangi rasmiy do‘kon va servis markazining rahbari Yanis Li bayram nutqi bilan chiqish qildi.

 

Yangi formatdagi Samsung rasmiy do‘koni va servis markazida xaridorlar nafaqat qurilmalarni ko‘rish yoki sotib olish, balki ilg‘or funksiyalar haqidagi professional konsultatsiyaga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xodimlar qurilmalarning texnik xususiyatlari bilan tanishtirishga va qurilmalarni tanlashda yordam berishga doim tayyor.

 

Samsung_Uzbekistan_1000_563_body_4

 

Qulay tomoni — do‘kon va servis markazining bitta hududda joylashganligi. Endi professional konsultatsiyani va servis xizmatini bir joyda olish imkoniyati bor.

 

Galaxy_S22_Plus_1000_563

 

7 Days — manfaatli aksiya

 

Samsung Electronics kompaniyasi ochilish munosabati bilan promo-aksiyani e’lon qildi. Aksiya rasmiy do‘kon ochilgan paytdan boshlab, dastlabki yetti kun davomida, 23-iyulga qadar davom etadi. Xaridni amalga oshirgan xaridorlarni qimmatbaho sovg‘alar kutadi:

 

  • Galaxy Z Fold3, Flip3 va Galaxy S21FE, S20 FE smarfonlarini, Galaxy S22 seriyasini xarid qilganda, sovag‘aga Galaxy Watch Active 2 smart soatiga ega bo‘lasiz;
  • planshetlar (istalgan modeldagi) xarid qilganda — sovg‘aga Galaxy Buds Live simsiz quloqchinlarini olasiz;
  • Galaxy A seriyasidagi istalgan smartfonni xarid qilganda, sovg‘aga Level U2 quloqchinlari taqdim etiladi.

 

7_Days_Promo_1000_563

 

Sovg‘alar soni cheklangan. Agar sovg‘alar 23-iyulgacha tugasa, aksiya muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

 

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 57, Mercato SM, 13/14-do‘kon

 

Sayt: samsung.uz

Instagram: samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Korporativ > Boshqa

Pressa uchun > Press-relizlar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga