Ustozlar uchun haqiqiy yengilik
Ta’limning yuragi – ustoz, quvvati esa Galaxy AI

Har kuni yuzlab daftarlarni tekshirish, dars rejalarini tuzish, o‘quvchilar bilan ishlash… O‘qituvchining mehnati katta, mas’uliyati esa cheksiz. Samsung Galaxy AI esa ustozlarning ishini yengillashtiradi, vaqtini tejaydi va darslarni yanada samarali qiladi.
Tezkor materiallar – vaqt eng qimmat boylik
Endi konspekt yozish yoki test tuzish kechani bedor o‘tkazish shart emas. Masalan, “Amir Temur davri” mavzusi bo‘yicha 100 ta sifatli test savolini Galaxy AI bir necha soniyada tayyorlab beradi. Bu vaqtni o‘quvchilarga ko‘proq e’tibor qaratishga sarflash mumkin.
Til yordami – dunyo bilan bog‘lovchi ko‘prik
Chet tilidagi murakkab matnni o‘zbekchaga tarjima qilish yoki ingliz tili o‘qituvchisiga mashqlarni soddalashtirish endi bir zumlik ish. Galaxy AI – sizni global bilimlar olamiga bog‘laydigan ishonchli hamkor.
Jadval boshqaruvi – tartib va xotirjamlik
Qaysi sinfda qaysi mavzu o‘qitilishi, tayyorgarlik va dam olish vaqti – barchasini Galaxy AI eslatib turadi. Bu ustozlarga ortiqcha tashvishsiz ishlash imkonini beradi.

Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
Har bir o‘quvchi alohida dunyo. Kimdir tez o‘rganadi, kimdir sekinroq. Galaxy AI mashqlarni shaxsiylashtirib, har bir bolaning qobiliyatiga mos vazifa yaratadi.
Ota-onalar bilan tezkor aloqa
“Farzandingiz bugun topshiriqlarni a’lo darajada bajardi” kabi qisqa, samimiy xabarlarni Galaxy AI avtomatik tayyorlab beradi. Natijada ustozning ham, ota-onaning ham vaqti tejaladi.
Nega bu muhim?
Samsung uchun ustozlarga yordam berish – bu faqat texnologiya emas, balki kelajakka sarmoya. Chunki ustozning ishi yengillashsa, o‘quvchi ko‘proq bilim oladi, jamiyat esa tezroq rivojlanadi.
Hurmatli ustozlar! Kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Sizning fidoyiligingiz va bilimga bo‘lgan sadoqatingiz jamiyatimizning eng katta boyligidir. Samsung o‘qituvchilarni doimo qadrlaydi va innovatsiyalar orqali ta’limni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
TAGSGalaxy AI
Qurilmalar > Mobil
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com