Vanihoyat, bir lahzani ham qoʻldan boy bermaydigan mobil kamera
Hayotimizda voqealar tezkor surʼatlarda rivojlanadi. Hayajonli lahzalarni suratga olishga va mazmunli xotiralarni videoga yozib olishga harakat qilayotganimizda bizga bu tezlikka tayyor boʻlgan kamera zarurdir. S24 modellariga marhamat – AI bilan takomillashtirilgan, sezgir va bir zumda suratga olishga shay ilg‘or qurilma.
Samsung’ning ProVisual Engine tomonidan quvvatlanadigan ko‘p qirrali kamera vositalari va tahrirlash funksiyalari to‘plami tufayli Galaxy S24 modellari jonga tegadigan sozlamalarni timirskilab oʻtirishga ketadigan jarayon bilan vidolashadi, zero endi yangicha va oson usulda tezda suratga olish mumkin. Bu har qanday kutilmagan vaziyatda qoʻl keladi: itingiz toʻsiqdan oshib oʻtayotganini rasmga olishmi, oilaviy yigʻilishda samimiy lahzalar boʻladimi, siz tez va aniqlik bilan ushbu oʻtkinchi daqiqalarni saqlashga doim tayyor boʻlasiz.
Oltita ProVisual Engine xususiyatlari sizga hayotda voqealar qanday sodir boʻlayotgan boʻlsa, shunday tasvirga olishga yordam beradi
Motion Photo – Galaxy S24 modellarining yangi Motion Photo imkoniyatlari bilan Team Samsung Galaxy oʻta isteʼdodli b-boy Kid Karamning ajoyib harakatlarini barcha dinamik detallari bilan birorta harakatni o‘tkazib yubormasdan suratga olish mumkin. Uch soniyagacha boʻlgan prevyuni yozib olish orqali Motion Photo qisqa vaqt oralig‘idagi harakatni tasvirga muhrlaydi va uni bitta harakatlanuvchi rasmga jamlaydi.[1]
Muharrir ilovasida maʼlum qismni alohida rasm sifatida saqlash uchun Motion Photo’dan istalgan ramkani tanlashingiz mumkin. Avtomatik AI apskeyl tufayli tanlangan ramka yanada boyroq tafsilotlar bilan 12 MP dan iborat yuqori aniqlikdagi rasm sifatida saqlay olasiz. Shuningdek, Motion Photo orqadan tushayotgan yorugʻlik muhitida suratga olishda ham super tiniq fotosuratlarni taʼminlovchi Super High Dynamic Range (HDR) imkoniyatlarini taqdim etadi.
Nihoyat, galereya ilovasidan siz bir butun uch soniyalik Motion Photo’ni bir joyga siqib, bitta uzun ekspozitsiyali tasvirini yaratishingiz mumkin. Masalan, bu yuqoridagi mushakbozlik namoyishining ajoyib harakat va ranglar jilvasining barcha-barchasini bitta fotosuratda saqlash imkonini beradi. Enhance-X ilovasi orqali Single Take kabi boshqa effektlarni ham qoʻllashingiz mumkin.
Yanada tez kamera shatteri – oldingi modellarga nisbatan rasmga olish tezligini 30% ga oshirish bilan Galaxy S24 modellarining kamerasi qisqa vaqt ichida koʻproq tasvirni suratga olishi mumkin. Bu tasvirni qayta ishlash jarayoni uchun vaqt ketkazmasdan super tiniq tasvirlarni ketma-ket suratga olish imkonini beradi. Keyingi safar bogʻda itingizni suratga olayotganingizda tezkor kamera har bir qimmatli daqiqalarni oʻtkazib yubormasdan tasvirni muhrlash imkon beradi.
Instant Slow-mo – qizingiz futbol o‘yinida g‘alaba to‘pini tepayotgani yoki tog‘angiz to‘y ziyofatida raqs maydonchasida o‘z harakatlari bilan hammani lol qoldirayotgani kabi zavq-shavqqa toʻla lahzalar uchun Instant Slow-mo doim shay va sizga pand bermaydi, chunki uni sozlab oʻtirish kerakmas. Aqlli AI Frame Rate Conversion (AI FRC) texnologiyasi orqali Galaxy S24 modellari HD 24 kadr/soniyasidan UHD 60 kadr/soniyali videolarni ishlab chiqib, slow-mo epiklarni yarata oladi. Qoʻshimcha qilib FHD 240 kadr/soniya va UHD 120 kadr/soniyali slow-mo videolar yaratish imkoni ham mavjud. Mavjud video asosida yangi oraliq harakat kadrlarini yaratish orqali Instant Slow-mo har safar silliq va juda chuqur tafsilotlarga boy tasvirga erishadi. Mart oyining oxiridan boshlab Instant Slow-mo 480×480 24 kadrli videolarni qoʻllab-quvvatlash uchun kengaytiriladi, bu foydalanuvchilarga ijtimoiy media uchun mos video kontentni osongina yaratishga imkon beradi.
Ushbu sekin harakat effektlariga erishish uchun Galaxy S24 modellari ilgʻor AI Frame Rate Conversion (FRC) texnologiyasidan foydalanadi:
- Birinchi boʻlib, AI FRC videodan dastlab yozib olingan har ikki kadrni shundayligicha oladi va harakat maʼlumotlarini tahlil qilish va chiqarib olish uchun chuqur oʻrganish modelidan foydalanadi.
- Ushbu maʼlumotni ajratib olish kadrlar orasidagi farqni aniqlaydi va AI FRC videoni sekinroq harakatga keltiradigan oraliq kadrlarni interpolatsiya qilishga yordam beradi.
- Yaratilgan yangi qoʻshimcha ramkalarning aniqligini oshirish uchun bu jarayon ikki marta – kvadrat oʻlchamda va teskari oʻlchamda amalga oshiriladi.
- Keyin ikkita eritma jarayoni amalga oshiriladi: Fusion Map va Residual. Fusion Map kadrlar orasidagi harakat farqlarini aniqlashga yordam berish uchun 2D konturlarni aniqlaydi va ajratadi, Residual esa aniqlikni oshirish uchun daqiqali tafsilotlarga qoʻshimcha tuzatishlar va post-tahrirlarni qoʻshadi. Bu funksiya juda tez aniq oraliq kadrlarni yaratish imkonini beradi.
- Bu tugallangach, ushbu ikki jarayonning natijalari – AI tomonidan yaratilgan oraliq kadrlar oxirgi marta soʻnggi natijani chiqarish uchun birlashtiriladi, bu esa videoga sekin harakatlanish va nozik tafsilotlarni beradi.
Dual Recording: baʼzida sizning bir lahzaga boʻlgan reaksiyangiz xuddi shu lahzaning oʻzi kabi bebaho boʻladi. Dual Recording yordamida siz bir vaqtning o‘zida old va orqa kamera bilan yozib olish imkoniga ega boʻlasiz. Shunda yaqinlaringiz nafaqat tog‘ cho‘qqisidan manzara naqadar hayratlanarli ekanligini, balki nihoyat unga erishganingizdan naqadar hayajonlanganingizni ko‘rishlari mumkin.
Oldingi rejissor rejimi funksiyasidan yangilangan Dual Recording endi bir vaqtning o‘zida ikkita orqa kamera bilan yozib olish imkonini beradi. Masalan, 3x ultra keng kamerada Galaxy S24 va S24+ da qo‘llab-quvvatlanadigan Full HD hamda Galaxy S24 Ultra’da qoʻllab-quvvatlanadigan Full HD va Ultra HD hajmda. Preview Snap bilan istalgan vaqtda video yozmangizdan snepshot tasvirni ajratib olishingiz mumkin, shu bilan birga maxsus Image Signal Processor (ISP) bloki va kengaytirilgan ISP imkoniyatlari takomillashgan video shovqin va yorqinligini yaxshilash funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
10 ta ND filtr turlari – Natural Density (ND) filtrlari yorugʻlikni cheklash, shovqinni kamaytirish yoki ekspozitsiyani uzaytirish kabi amallarni bajarish uchun koʻpincha professional darajadagi kameralarga biriktiriladi. Galaxy S24 modellarida bunday qo‘shimchalar talab qilinmaydi, zero foydalanuvchi ixtiyoriga qolgan 10 ta turli xil ND filtrlari telefonning shundoq ichida joylashgan. ND filtrli fotosuratlar bir vaqtning oʻzida bir nechta ramkalarni sintez qiladi va obyekt harakatini tahlil qilib, toʻlqinlar yoki sharsharalar kabi fotosuratlarda jonli harakatni aniq his qilsa boʻladigan bitta tik turadigan tasvirni yaratadi.
Single Take – Galaxy’ning Single Take funksiyasi bir marta tugmaga bosish bilan bir qator tasvir turlarini suratga olish imkonini beradi: bitta olingan rasm asosida jami 8 tagacha turdagi rasmlar. Yaʼni siz doʻstingizning tugʻilgan kun sovgʻasini ochayotganini tezda suratga olishni istasangiz, eng yaxshi kamera rejimini oldindan tanlash uchun vaqt sarflashingiz shart emas.
AI, shuningdek, Single Take’ning poza va skeletni aniqlash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Avval odam harakatini tahlil qilish uchun sozlangan skeletni aniqlash funksiyasi endi uy hayvonlarini ham tanib, ularning pozalarini va chaqqon harakatlarini jonli ravishda kuzatib, sakrab yurgan itlar va mushuklarning eng yaxshi fotosuratlari, videolari va kollajlarini olishi imkonini beradi. Masalan, odam sakrab otilib chiqsa, skeletni aniqlash funksiyasi obyekt qachon eng yuqori nuqtada boʻlganini aniqlaydi va bu kadrni foydalanuvchi uchun eng yaxshi tasvir sifatida taqdim etadi. Uy hayvoningizga qoʻllanganda, u uning yuz ifodasi eng yaxshi koʻrsatilgan lahzani olish uchun uning pozalarini tahlil qiladi.
[1] Atrofda yorug‘lik yetarli bo‘lmagan hollarda Motion Photo avtomatik ravishda o‘chirib qo‘yilishi mumkin va uning o‘rniga tungi rejimi yoqiladi. Displeyning pastki qismidagi oy belgisini bosish orqali foydalanuvchi tungi rejimni o‘chirib, yana Motion Photo rejimiga qaytishi mumkin.
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.