[Xalqaro xotin-qizlar kuni ①] Samsung’ning millatlararo totuvligi, tengligi va bagʻrikengligi kompaniyaning xodimlarida namoyondir
Hozirgi kunda turli millat vakillari bilan ish olib borish odatiy holdir. Dunyo boʻylab 221 dan ortiq ish joylari va 74 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan Samsung Electronics turli millatlar, dinlar, avlodlar va qadriyatlarga mansub xodimlarga mezbondir. Samsung millatlararo totuvlik va ochiqlik bilan muloqotda boʻlish nafaqat odamlarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishga undaydi, balki innovatsiyalarni ilgari suradi va oʻsishni qoʻllab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi. Kompaniya butun dunyo boʻylab isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondiradigan mahsulot va xizmatlarni yaratar ekan, bu ochiq fikrlash madaniyati sidqidillik va muvaffaqiyat kaliti sifatida qaraladi.
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash va millatlararo totuvlik, tenglik va bagʻrikenglik (DEI) qadriyatlari haqida fikr yuritish uchun Samsung Newsroom turli millat vakillaridan tashkil topgan Samsung xodimlari — rahbarlardan tortib, yangi ishga kirganlar va DEI menejerlarigacha ularning rivojlanayotgan DEI madaniyati haqidagi fikrlarini tinglash uchun suhbatlashdi.
“Millatlararo totuvlik xalqaro kompaniyaning barqaror o‘sishini taʼminlaydigan muhim tushunchadir va Samsung hamma uchun innovatsiyalarni birdek taqdim etishga sodiqdir”, dedi Samsung Electronics’ning Global Marketing Office prezidenti va marketing bosh direktori Younghi Li.
“Xalqaro kompaniya sifatida brendimizning falsafasi — mijozlarning muammolarini hal qilish va ularning mamlakati, irqi va jinsidan qat’i nazar dunyoning istalgan burchagida bizning texnologiyamiz va innovatsiyalarimiz yordamida yaxshiroq hayot kechirishlariga yordam berishdir. Biz butun tashkilot boʻylab oʻz burchimizni unutmagan holda mijozlar bilan ushbu qadriyatlarimizni chin dildan baham koʻrishga harakat qilmoqdamiz”, dedi u.
Li hamkasblarning fikrlarini tinglash va ochiq muhokamalar oʻtkazish orqali har bir kishining oʻz millatiga xos qarashlari asosida imkoniyatlarini kengaytirish uchun xodimlarni turli xil madaniyatni boricha qabul qilish odatiga chaqirdi.
Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash chog‘ida u ayollarga doimo o‘zligiga sodiq qolishini va o‘z salohiyatiga ishonishi kerakligini taʼkidladi. “Ishonamanki, ayollar oʻzlarini sinab koʻrishsa va boshqalarga koʻr-koʻrona ergashishning oʻrniga oʻzlari xohlagan ishni oʻzlariga xos tarzda amalga oshirishga intilishsa, bu nafaqat ular uchun, balki butun jamiyat uchun muhim oʻzgarish olib keladi.”
Samsung Electronics’ning inklyuziv dizayn masʼuli boʻlgan Interaction Design Team dizayneri sifatida Gunho Chae barcha foydalanuvchilarning etnik kelib chiqishini hurmat qiladigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish uchun brendning keng mijozlar bazasini hisobga oladi.
Samsung oʻzining inklyuziv tili uchun atamalar lugʻatini ishlab chiqdi va xodimlar DEI qadriyatlarini barcha foydalanuvchi interfeysi elementlari va tasvirlariga kiritishi uchun yoʻriqnomalar va oʻquv qoʻllanmalarini yaratdi.
“Samsung barcha mijozlarni birdek qabul qiladi va ularning yoshi, nogironligi, oilaviy ahvoli, jinsi, irqi, madaniyati yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qatʼi nazar ularga birdek munosabatda boʻladi”, dedi Chae. “Biz har bir foydalanuvchini hurmat qilamiz va ularga eng zoʻr qulayliklarni taqdim etishda mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz, qoʻllanmalarimiz va reklamalarimizni ularga moslashtirishga intilamiz.”
Samsung Electronics America kompaniyasida DEI’ni nazorat qiluvchi Mishel Enn Manglal-Lan xodimlar muammosiz muloqot qilishlari, bir-birlarini tushunishlari va yaqindan tanishishlari uchun qulay muhitni yaratishga intiladi. U, ayniqsa, ayol xodimlarni motivatsiya bilan taʼminlash va korporativ madaniyatni rivojlantirishga sodiq. Bunday muhitda esa xodimlar oʻz salohiyatini koʻrsatish imkoniga ega boʻlishadi. Oʻtgan yili u hamkorlik tarmogʻini yaratish va DEI’ga oid ilgʻor tajribalarni almashish uchun Amerika xodimlar boʻlimi guruhlari (ERGs) konferensiyasini tashkil qildi.
“Oʻtkaziladigan ERG’lar xodimlarimizning qiziqishi va DEI bilan shugʻullanishi natijasida vujudga kelgan”, dedi Manglal-Lan. “Birgalikda kuchliroqmiz va maqsadlarimizga tezroq erisha olamiz. Shimoliy Amerika mintaqamiz ERG’ni ishga tushirgan birinchi ofis ekanligidan faxrlanaman.
Samsung Electronicsʼning vizual displey (VD) bo‘limining yangi xodimi Jiyoon Jang Samsung’ning Suvondagi ofisi — Digital City’ga birinchi bor qadam qo‘yganida kompaniya o‘zi tasavvur qilganidan-da bagʻrikeng, turli millat va elatlarga mezbon ekanini angladi. “Biz yangi xodimlarni ishga qabul qilish mashgʻulotlarida DEI boʻyicha treningdan oʻtdik va men turli xil millat odamlari bor joyda bagʻrikenglik madaniyati muhimligini tushunib yetdim.”
“Men Samsung ijtimoiy masʼuliyatidan kelib chiqib, koʻp xayriyalar qilib kelganini bilardim”, dedi u. “Samsung’ga qoʻshilganimdan beri men kompaniya haqiqatan ham inklyuziv texnologiyalarni ishlab chiqishga chin dildan sodiqligiga amin boʻldim.”
Koʻrish qobiliyati past odamlar uchun Relumino rejimi va eshitish qobiliyati past odamlar uchun ovoz chiqarib oʻqiladigan subtitrlar VD boʻlimi kompaniya mahsulotlarini yanada qulaylashtirish va boʻlimning “Hamma uchun ekranlar” shiori bilan uygʻunlashtirish uchun ishlab chiqqan loyihalardan biridir.
“Umid qilamanki, kelajakda ishlaydigan loyihalarim millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikka hissa qoʻshadi va qilayotgan ishim bilan faxrlana olaman”, dedi Jang. “Men maʼlum odamlar guruhiga nisbatan kamsitishlar va avlodlararo mojarolar jaholat va eʼtiborsizlikdan kelib chiqadi deb bilaman, shuning uchun men imkon qadar koʻproq sessiyalarda qatnashish va millatlararo totuvlik, tenglik va bagʻrikenglik haqida oʻqish orqali oʻzimni tarbiyalash uchun koʻproq harakat qilaman.”
Korporativ > Odamlar va madaniyat
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.