[Xalqaro xotin-qizlar kuni ②] Samsung ishdagi ayollarni olqishlaydi
Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlashda Samsung Electronics bu yilgi shiori — #InspireInclusion bilan bog‘liq turli tadbirlarni o‘tkazdi. Device Experience (DX) bo‘limi xodimlarni qo‘llari bilan yurakcha — rasmiy Xalqaro xotin-qizlar kunini ifodalovchi imo-ishora shaklini yasash vaqtida birga suratga tushishga undagan fotokampaniya o‘tkazdi. Tadbir muvaffaqiyatli oʻtdi, rasmlar buning isbotidir. “Bunday qiziqarli va mazmunli tadbirda ishtirok etganimdan juda xursandman”, dedi MX boʻlimidan Seok-Nyoung Cha. “Har birimiz aql bilan oʻylab, notoʻgʻri qarashlar, stereotiplar va kamsitishlarga qarshi kurashish uchun birgalikda harakat qila olamiz, men bunga ishonaman.”
700 dan ortiq xodimlar yana bir tadbirda ayol hamkasblar va ularning hayotidagi oila aʼzolariga minnatdorchilik bildirish uchun vaqt ajratdilar. 2021-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan DX bo‘limining ayol rahbarlar seminarida ayol rahbarlar kompaniyaning qarashlari va ayol yetakchilarni tarbiyalash yo‘llarini muhokama qilish uchun bosh direktor bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdilar. Bundan tashqari, joriy yilda ayol dasturchilar uchun murabbiylik dasturi ishga tushiriladi.
Joriy mart oyidan boshlab Device Solutions (DS) boʻlimi oʻz xodimlari orasida millatlararo totuvlik, tenglik va bagʻrikenglik (DEI) qadriyatlariga oid bilimlarni chuqurlashtirish boʻyicha oylik tadbirlarni tashkil etadi. Ayollar, nogironlar, gʻamxoʻrlik qiluvchilar va chet elliklarga qaratilgan DEI mavzularini tanlagandan soʻng boʻlinma har oy xodimlarga bir-birlarini qoʻllab-quvvatlashni oʻrganish imkoniyatini beradigan tanlovlar va treninglar oʻtkazadi. Bundan tashqari, boʻlinma Xalqaro xotin-qizlar oyini nishonlashda ayol yetakchilar bilan suhbatlar oʻtkazadi va ularning yetakchilik borasida va yosh ayollar oʻz martabalarida qanday oʻsishi mumkinligi haqida oʻz fikrlarini bildiradi.
Koreyadan tashqarida kompaniya ayollarga ishga joylashish va moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish uchun kiyim-kechak xayriya aksiyalarini tashkil etish maqsadida uchta mamlakatda (AQSh, Kanada va Meksikada) Dress For Success (DFS) [1] bilan hamkorlik qiladi. DEI haqida bilimlarni chuqurlashtiruvchi vebinar va seminarlar ham oʻtkaziladi.
Oʻtgan yilning noyabr oyida DX boʻlimi biznesning barcha sohalarida DEI qadriyatlarini aks ettirish, takomillashtirish yoʻnalishlarini aniqlash va inklyuziv korporativ madaniyatni yanada targʻib qilish uchun DEI ofisini tashkil qildi. Bu orqali ofis kompaniya tizimlari va madaniyatini kamsituvchi amaliyotlar mavjudligini tekshiradi va xodimlarga ushbu qadriyatlar haqida toʻgʻri tushuncha berish uchun treninglar va kampaniyalar oʻtkazadi. Bundan tashqari, ofis DEI’ga bagʻishlangan ixtiyoriy xodimlar boʻlimi guruhlarini (ERGs) qoʻllab-quvvatlaydi. Bu kompaniyaning rahbarlari ishtirok etadigan DEI kengashi orqali kompaniyaning millatlararo totuvligi va takomillashtirish maqsadlari boʻyicha muhokamalarni tizimlashtiradi. “Tizimni totuv va adolatli ravishda boshqarish oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Biz innovatsion mahsulotlar va xizmatlar DEI qadriyatlariga sodiq madaniyatdan paydo bo‘lishiga ishonamiz”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining DEI bo‘limi bosh kotibi Jinxi Nam. “Bizning ofisimiz global DEI siyosatini yaratdi va millatlararo totuvlikni mustahkamlash va inklyuziv tashkiliy madaniyatni yaratish uchun turli dasturlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.”
Samsung Electronics kompaniyasining DX boʻlimi raisi oʻrinbosari va bosh direktori Jong-Xi Xan va Samsung Electronics kompaniyasining DS boʻlimi prezidenti va bosh direktori Kye Xyun Kyung xodimlarga gender tengligini yodda tutish va Xalqaro xotin-qizlar kuni sharafiga DEI muhimligini alohida taʼkidlaydigan kompaniya miqyosidagi xabarni yetkazishdi. “Men DS boʻlimidagi mehnatsevar va sidqidil ayol xodimlarimizga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman”, dedi Kyung. “Biz Samsung’da barcha xodimlarimizga shaxsiy va professional jihatdan oʻsish va oʻzlarining salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishga yordam berishdan toʻxtamaymiz”, deb yana bir bor taʼkidladi Xan.
[1] 1997-yilda Nyu-York shahrida ishsiz va qisman ishsiz ayollarga iqtisodiy mustaqillikka erishishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
Korporativ > Odamlar va madaniyat
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.