[Xalqaro Yer kuni ②] Yosh yetakchilarga kelajakni yaxshilash uchun zamin yaratish
Samsung Xalqaro Yer kunini Galaxy S24 modellari haqida fikr yuritish va kelajak yoshlari ishiga eʼtibor qaratish orqali nishonlamoqda.
Samsung sayyoramiz va uning odamlari uchun koʻproq imkoniyatlar yaratish uchun texnologiya kuchidan foydalanish yoʻlida. Xalqaro Yer kunini nishonlashda Samsung o‘z vazifasini qanchalar uddalayotganini va yanada barqaror kelajak yaratish haqida oʻylamoqchi. Galaxy mobil qurilmalarida qayta ishlangan materiallardan foydalanishni ko‘paytirish yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan hamkorlik qilish haqida fikr yuritish shular jumlasidan.
Oʻzgarishlar uchun global platformani yaratish
Sayyoramizning kelajagini saqlab qolish bir kishining zimmasiga yuklatiladigan ish emas. Biz BMTTD bilan hamkorlikda iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda jamiyat kelajagimiz uchun mazmunli yutuqlarga erishayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatladik. Generation17[1] orqali Samsung oʻz platformalarini global miqyosga koʻtaradi va yoshlarni murabbiylik, tengdoshlari va tarmoq orqali ilhomlantiradi.
Bugun biz Generation17 ajoyib yosh yetakchilari va ularning ekologik muammolarni hal qilish borasidagi ishlariga eʼtibor qaratmoqchimiz.
Argentinalik yetakchi iqlim faoli Maksimo Mazzokko taʼlim va ekologik tiklanish dasturlariga ixtisoslashgan Eco House[2] nodavlat tashkiloti asoschisidir. Yaqinda u 40 dan ortiq ijtimoiy-ekologik qonunlarni maʼqullash uchun soʻzga chiqdi va 150 milliondan ortiq foydalanuvchini qamrab olgan atrof-muhit uchun raqamli aloqa kampaniyalarini tashkil qildi. 2023-yilda Eco House boshqa tashkilotlar bilan 60,000 dan ortiq davlat ishchilarini davlat sektori uchun atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlarini oʻqitish uchun seminarlar oʻtkazdi. Ushbu treninglar “Davlat xodimlari uchun majburiy ekologik taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun[3] — Eco House tomonidan ilgari surilgan qonun hujjatlarining natijasi boʻldi. Shuningdek, tashkilot ijtimoiy-ekologik maʼlumotlarni yoritish va tarqatish uchun Eco News‘ni ishga tushirdi.
Indoneziyalik yosh sardor Tamara Gondo Liberty Society ijtimoiy korxonasini tashkil etdi, u eʼtibordan chetda qolgan indoneziyalik ayollarga xomashyolarni qayta ishlash va ularni barqaror mahsulotlarga aylantirish boʻyicha imkoniyatlar beradi va oʻrgatadi. Xomashyolarning yaroqlik muddatini uzaytirish va qayta ishlash orqali chiqindilar va karbonat angidrid emissiyasini kamaytiradi. 2023-yilning oʻzidayoq Liberty Society 40,000 dan ortiq individual mahsulotlar yaratish uchun 2,5 tonna chiqindilarni qayta ishladi, toʻrtta bandlikka koʻmaklashish markazlarini tashkil etdi va marjinallashgan jamoatlardagi 225 nafar ayolning malakasini oshirdi.[4]
AQSHlik ijrochi AY Young uzilmas elektr energiyasining ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish va muhtoj jamoalarni quyosh batareyalari bilan taʼminlash uchun Battery Tour’ni[5] yaratdi. Oʻz gastrollarini boshlaganidan beri AY Puerto Riko, Gaiti, Gonduras va Afrikaning oltita davlatiga tibbiy jihozlar, ventilyator va chiroqlarni tok bilan taʼminlaydigan 100 dan ortiq quyosh batareyalarini sovgʻa qildi.[6] U hozirda 17 global maqsad tomon harakat qilayotgan tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Project 17 deb nomlangan musiqiy albom ustida ish olib boryapti.
Kelajakka nazar tashlash
Biz bu yutuqlar bilan faxrlansak-da, Samsung bu ishlardan toʻxtab qolgani yoʻq va doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Biz hamfikr tashkilotlar bilan kuchlarni birlashtirishni davom ettiramiz va sayyoramizga yanada ijobiy taʼsir koʻrsatadigan barqaror innovatsiyalarni yaratish boʻyicha saʼy-harakatlarimizni tezlashtiramiz.
Samsung’ning barqarorlik borasidagi saʼy-harakatlari haqida koʻproq maʼlumot olish uchun bizning “Barqarorlik” veb-saytimizga tashrif buyuring.
—————————————-—————————————-—————————————————-—————————————-—————————————-————————————–
[1] 2020-yildan boshlab Generation17 Samsung va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) oʻrtasidagi hamkorlik hisoblanadi va u butun dunyo boʻylab 17 ta global naqsad sari aniq-ravshan chora-tadbirlar koʻrayotgan yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun mobil texnologiyalardan foydalanadi.
[2] Eco House butun dunyo boʻylab 40 ta ekologik dasturlarni amalga oshiradi va har yili Argentinada 100,000 dan ortiq yoshlarni ekologik mavzularga oʻqitadi.
[3] Eco House taʼsiri hisoboti: barqarorlik uchun 7 yillik harakatlar (2016-2023)
[4] Liberty Society 2023-yilgi taʼsiri boʻyicha yillik hisoboti
[5] Shoular 100% qayta tiklanuvchan energiyada ishlaydi.
[6] Battery Tour
Korporativ > Ijtimoiy masʼuliyat
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.