Telefoningizni almashtirmasdan Galaxy’ni sinab ko‘ring!
Shunchaki Try Galaxy yordamida sinab ko‘ring!
So‘nggi rusumdagi Galaxy smartfoni qanday ekanini bilmoqchisiz, lekin hozirgi telefoningizni almashtirishga tayyor emasmisiz? Try Galaxy – siz kutgan imkoniyat!
Try Galaxy o‘zi nima?
Try Galaxy – bu Samsung Galaxy’ning eng ilg‘or funksiyalarini boshqa telefonda sinab ko‘rishga mo‘ljallangan interaktiv veb-ilova. U hech qanday yuklab olish yoki telefon almashtirishni talab qilmaydi.
Oddiy qilib aytganda, Galaxy foydalanuvchisi bo‘lmaganlar ham o‘z telefonlarida:
- Galaxy S25 ning AI funksiyalarini (masalan, jonli tarjima, rasm tahrirlash)
- One UI interfeysini (qulay menyu, ilovalarning oson joylashuvi)
- SmartThings orqali qurilmalararo ulanish va yana ko‘plab imkoniyatlarni to‘liq his qilishi mumkin.
Nimalarni sinab ko‘rish mumkin?
- Fotosurat yordamchisi – rasmlardagi fon yoki keraksiz odamlarni, obyektlarni olib tashlash.
- Jonli tarjima – suhbat davomida har qanday tilni avtomatik tarjima qilish.
- AI video tahriri – oddiy videolardan kreativ kontentni tez va oson yaratish.
- Qurilmalar integratsiyasi – telefonni planshet yoki televizor bilan osongina bog‘lash va boshqalar.
Qanday sinab ko‘rish mumkin?
- Telefoningizdan www.trygalaxy.com saytiga kiring.
- Ekrandagi ko‘rsatmalarni bajaring.
- Galaxy tajribasidan zavqlaning.
Telefoningiz o‘sha-o‘sha, ammo imkoniyatlaringiz butunlay yangicha. Hoziroq sinab ko‘ring va farqiga o‘zingiz guvoh bo‘ling.
Try Galaxy – Galaxy olamiga ochiladigan eng oson eshik.
Batafsil ma’lumot https://www.samsung.com/uz_uz/ saytida.
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com
