Yangilik: Samsung Galaxy S23 seriyasi foydalanuvchilari uchun One UI 6 beta-versiyasini taqdim etildi

16/08/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics o’zining Galaxy S23 seriyasi[1] foydalanuvchilari uchun One UI 6 beta-versiyasini ishga tushirdi. Android 14-ga asoslangan One UI 6 Samsung ilovalari va funksiyalari, jumladan, yanada soddalashtirilgan dizayn va kengroq shaxsiylashtirish imkoniyatlari uchun to’liq yangilangan to’plamni taklif qilish orqali foydalanuvchilarga qulayroq foydalanish tajribasini taqdim etadi. Dasturning beta-versiyasi ommaviy nashrning muhim kashshofidir, chunki u rasmiy dasturiy ta’minot yangilanishi mumkin bo’lgan eng yaxshi natijalarni taqdim etishini ta’minlab, haqiqiy foydalanuvchi sharhlarini to’plash va hisobga olish imkonini beradi.

 

“One UI bilan bizning vazifamiz foydalanuvchilarimizning mobil aloqalarining har bir jabhasida o’ziga xos afzalliklarini aks ettirishdir”, dedi Samsung Electronics kompaniyasining mobil tajriba (MX) dasturiy ta’minot bo’limi ijrochi vitse – prezidenti va rahbari Jangxyon Yong. “One UI 6 bizning foydalanuvchilar hamjamiyatimiz ehtiyojlariga javob beradi va biz One UI 6 haqida foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini kutamiz, chunki biz hamma uchun yanada boy va intuitiv interfeys yaratish hohlaymiz.”

 

 

 

 

Oddiy va oson

 

One UI 6 o’zining ajoyib soddaligi bilan yoqimli taassurot bag`ishlaydi. Ko’pgina elementlar zamonaviyroq ko’rinish yaratish uchun o’zgartirildi, masalan, yangilamgan standart shrifti va Samsung klaviaturasidagi yangi Emoji-smayliklari. Tez kirish asboblar paneli tartibi yangilandi, bu foydalanuvchilarga eng ko’p ishlatiladigan xususiyatlarga kirishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, ekranning yuqori o’ng burchagida bir marta pastga surish orqali sozlamalarga tezroq kirish imkonini beruvchi to’liq tezkor kirish asboblar paneliga yangi tezkor kirish opsiyasi ham qo`shildi.

 

 

 

 

 

Shaxsiylashtirishning ko’proq usullari

 

One UI 6 foydalanuvchilarga Galaxy interfeysini o’z odatlari va afzalliklariga moslashtirish imkonini beruvchi ko’plab ajoyib yangi usullarni o’z ichiga olgan. Masalan, endi ma’lum rejimlar va funksiyalar yordamida turli xil qulf-ekranlarini o’rnatish mumkin, masalan, o’rmonning uyqu rejimidagi tinchlantiruvchi rasmi. Shuningdek, foydalanuvchilarga kamera rejimi va saqlash joyini oldindan tanlash imkonini beruvchi yangi maxsus kamera vidjeti mavjud — masalan, portret rejimi va faqat bosh suratlari uchun alohida papka.

 

 

 

 

One UI 6 beta-versiyasiga qo’shiling

 

Ushbu yangiliklar One UI 6 bilan birga keladigan yangilanishlarning bir nechtasi. Yaxshilangan estetika va yuqori darajadagi shaxsiylashtirishdan tashqari, dasturiy ta’minotni yangilash maksimal ishlash uchun kundalik vazifalarni soddalashtiradi. One UI 6 shuningdek, foydalanuvchilar qulaylik va to’liq xotirjamlik bilan bahramand bo’lishlari uchun mustahkam xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlaydi.

 

Galaxy S23 seriyasi foydalanuvchilari One UI 6 beta-sinov dasturiga qo’shigan va sinab ko’rganlar o`rasida birinchilardan biri bo’ling. Dastur bugundan boshlab AQSh, Germaniya va Janubiy Koreyada mavjud.

O`zbekistonda dastur 2023 yil Sentyabr oyidan ishka tushishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

[1] Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra.

 

TAGS

Pressa uchun > Bayonotlar

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga