Yer kuni
Diqqat markazidagi marjon: Samsung oʻzining Galaxy texnologiyasi yordamida dengiz ekotizimini tiklashning bir yilligini nishonlamoqda
Samsung Electronics zararlangan dengiz ekotizimlarini tiklash uchun Galaxy kameralaridan foydalanuvchi Seatrees bilan hamkorlikning bir yilligini nishonlamoqda. Samsung anchadan beri dengiz ekotizimlarini himoya qilishga sodiqligini koʻrsatib keldi. Galaxy S22 modellaridan boshlab, kompaniya tashlab ketilgan baliq ovlash toʻrlarini qayta ishlashni va ulardan chiqqan materialni oʻz smartfonlariga kiritishni boshladi. Keyinchalik bu amaliyot Galaxy ekotizimida kengaydi. Planshetlar, noutbuklar va taqiladigan qurilmalar shular jumlasidan. Ushbu saʼy-harakatlarga asoslanib, Samsung endi texnologik innovatsiyalar orqali marjon riflarini ham tiklashni qoʻllab-quvvatlamoqda. Samsung Newsroom ushbu tashabbus kompaniyaning dunyo okeanlari uchun keng saʼy-harakatlarining bir qismi ekanligini taʼkidlaydi.
Global hamkorlik orqali dengiz ekotizimlarini qoʻllab-quvvatlash
2025-yil yanvar oyida Galaxy Unpacked’da taqdim etilgan Coral in Focus (Diqqat markazidagi marjon) oʻtgan yili boshlangan tashabbus boʻlib, mahalliy hamjamiyatlarni, jumladan, Fiji, Indoneziya va AQSHni qirgʻoq ekotizimlarini tiklash uchun qoʻllab-quvvatlaydi.

Samsung dengiz ekotizimlarini tiklashga bagʻishlangan Seatrees notijorat tashkiloti bilan marjon riflarini tiklash boʻyicha yangi, innovatsion yechimlarni oʻrganish uchun hamkorlik qildi. Kompaniya Galaxy S24 Ultra’da Ocean Mode’ni[1] (Okean rejimi) taqdim etdi. Kameraning ushbu maxsus funksiyasi hatto suv ostida ham ranglarga boy tasvirni olish imkonini beradi. Ushbu tasvirlar marjon riflarini doimiy ravishda kuzatish va tahlil qilish uchun 3D fotogrammetriya modellarini yaratuvchi dengiz tadqiqotchilari uchun tiniq vizual maʼlumotlarni taqdim etadi. Mahalliy hamkor tashkilotlar ushbu topilmalardan marjonlarni tiklash ishlarini yoʻlga qoʻyish uchun foydalanadilar.
[1] Okean rejimi faqat ushbu loyiha uchun ishlab chiqilgan va faqat ishtirokchi hamkorlar uchun mavjud.

Okean rejimi: Galaxy kamera innovatsiyasi marjon riflarini tiklashga qanday yordam bermoqda?
Hamkorlar va ish maydonidagi mahalliy jamoalar kameraning Okean rejimidan suv osti fotosuratlariga xos boʻlgan haddan ziyod koʻk ranglarni kamaytirish uchun foydalanadilar. Bu marjon ranglarini aniqroq tasvirlash imkonini beradi. Bu funksiya optimallashtirilgan kamera zulfini tezligi va koʻp kadrli tasvirni qayta ishlash orqali harakatning xiralashishini kamaytirishga (motion blur) yordam beradi. Bundan tashqari, intervalli suratga olish funksiyasi bir seansda minglab yuqori aniqlikdagi marjon tasvirlarini olish imkonini beradi. Bu ham samaradorlikni, ham tasvir ravshanligini oshiradi.
Ushbu marjonlarni qayta tiklash tashabbuslarida riflarning sogʻligʻi va oʻsishini tahlil qilish uchun Okean rejimi bilan olingan fotosuratlar yordamida marjon riflarining 17 ta 3D modellari ishlab chiqarildi. Jami boʻlib 10,705 kvadrat metr (taxminan 25 basketbol maydonchasi oʻlchami) marjon rifi istiqomat qiladigan joyni tiklash uchun 11,046 marjon parchalari ekilgan.

![]()
2021-yilda “Sayyoramiz uchun Galaxy” ekologik gʻoyasini taqdim etganidan beri, Samsung yanada barqaror kelajak sari saʼy-harakatlarini davom ettirdi. Bunga nafaqat oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga tashlab ketilgan baliq ovlash toʻrlaridan olinadigan plastmassalarni kiritish, balki dengiz ekotizimini qayta tiklash yoʻlini kengaytirish ham kiradi. Ushbu harakatlar kompaniyaning mahsulotning butun hayoti davomida va undan keyingi davrlarda atrof-muhitga taʼsirini kamaytirishga oid qilinayotgan doimiy izlanishlar va mehnatini aks ettiradi.
Korporativ > Ijtimoiy masʼuliyat
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com