Yosh o’zbek oilasi uchun foydali sarpo: uni qanday tanlash kerak?
Yangi hayotga yangicha texnologiya bilan ishonchli qadam.
O‘zbek an’analarida sarpo – mehr va e’tibor timsoli. Ammo bugun birgina ishonchli texnika ko‘plab ramziy sovg‘alardan ko‘ra qadrlidir. Samsung texnikalari – ishonchlilik, energiya tejamkorligi va zamonaviylikni birlashtirgan foydali tanlovdir.

Uy bekasi emas, uy egasi bo‘ling
Yangi oilaga sarpo sifatida hadya etish uchun g‘oyalar:
- Kir yuvish mashinasi – katta hajmdagi kiyimlarni bir martada yuvib, vaqt, suv va elektrni kam sarflaydi. Yosh kelin-kuyov uy ishlaridan ko‘ra bir-birlariga ko‘proq vaqt ajrata oladi.
- Robot-changyutkich – o‘zi mustaqil ishlaydi, uyni muntazam toza saqlaydi. Ish, o‘qish va mehmonchilikda band bo‘ladigan yangi oila uchun ayni muddao.
- Idish yuvish mashinasi – kunlik yig‘ilgan idishlarni tez yuvadi va suvni 2–3 baravar tejaydi. Bu yosh oilaning byudjetiga ham, vaqtidan unumli foydalanishga ham katta yordam.
- Muzlatkich – mahsulotlarni uzoq vaqt yangiligicha saqlaydi, yozgi jaziramada ham meva-sabzavot buzilmaydi. Bu sog‘liq va oilaviy iqtisod uchun muhim.
- Televizor – birgalikda film yoki sport tomosha qilish uchun. Oilaviy hordiqni maroqli qiladi va kayfiyatni ko‘taradi.
- Smartfon yoki planshet – aloqa, onlayn ta’lim, ish va kundalik hayot boshqaruvi uchun zarur.
- Konditsioner – yozgi issiqda uyda qulay muhit yaratadi.
- Mikroto‘lqinli pech va pishirish panellari tez va xavfsiz ovqat tayyorlashda yordam beradi.
Bunday sovg‘alar nafaqat bugun, balki yillar davomida qadrlanadi.

Bir tugma – barcha qulaylik
Samsung SmartThings ilovasi orqali konditsioner, kir yuvish mashinasi, changyutkich va boshqa qurilmalarni telefoningizdan boshqarishingiz mumkin. Bu orqali vaqtni tejab, uy ishlarini masofadan nazorat qila olasiz. Misol uchun, mehmonga ketayotganda changyutkichni ishga tushirish yoki uyga qaytishda konditsionerni oldindan yoqib qo‘yish mumkin.
Tejamkorlik – yangi oila uchun eng katta yordamchi
Yosh oilaning eng katta tashvishlaridan biri – moliyaviy barqarorlik. Samsung texnikalari esa:
- energiyani 30–40% gacha tejaydi;
- uzoq muddat ishlash kafolati bilan ta’minlanadi;
- keraksiz xarajatlarni kamaytiradi.
Kafolat va xizmat – yangi oila uchun xotirjamlik

Samsung mahsulotlari bilan rasmiy kafolat va ishonchli xizmat ko‘rsatish masalalarida xotirjam bo‘lish mumkin. Texnika ishlamay qolsa yoki biror muammo tug‘ilsa, uni tezda rasmiy ustaxonada bepul tekshirtirish va ta’mirlash imkoni mavjud. Bundan tashqari, qo‘shimcha xizmatlar, dasturiy ta’minotni yangilash va ehtiyot qismlarning mavjudligi yosh oilaning uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Samsung texnikasi yordamida oilaviy hayotning dastlabki yillari yengilroq, tejamkor va yanada qulayroq bo‘ladi.
Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com