[CES 2026] Samsung “Dastlabki nazar 2026” tizerini taqdim etdi
CES 2026 koʻrgazmasida “Dastlabki nazar 2026” oldidan Samsung Electronics tadbirning mavzusi — “Hayotingizga AI’ni olib kiradigan hamrohingiz”ni ochib beruvchi tizer videosini taqdim etdi.
Tizer Samsung’ning AI’ni oʻz mahsulotlari va xizmatlariga integratsiya qilish, foydalanuvchilarning kundalik hayoti davomida imkoniyatlarini yaxshilaydigan va qoʻllab-quvvatlaydigan ishonchli AI hamroh sifatida koʻrsatish borasidagi tasavvurini aks ettiradi.
Tadbirga boʻlgan qiziqishni uygʻotish uchun moʻljallangan video yorqin chiroqlar va chiziqlar yordamida “Dastlabki nazar”da namoyish etiladigan yangi innovatsiyalarning siluetlarini hosil qilib, Samsung mahsulot kategoriyalari boʻylab AI’ning uzluksiz integratsiyasini ramziy maʼnoda ifodalaydi. Yakuniy sahnada yorugʻlik tadbir boʻlib oʻtadigan Wynn Las Vegasga tushadi va mavzuni ochib beradi.
“Dastlabki nazar” CES 2026 ochilishidan ikki kun oldin rasman 2026-yil 5-yanvar kuni soat 08:00 da (UZT) boshlanadi va Wynn Las Vegasda media tadbir, undan soʻng 8-yanvargacha toʻrt kunlik koʻrgazmalar, texnik forumlar va boshqa tadbirlar ham boʻlib oʻtadi.
Media tadbirda Samsung kompaniyasining asosiy rahbarlari, jumladan, bosh direktor va Device eXperience (DX) boʻlimi rahbari Te Mun Roh (TM Roh); vizual displey (VD) biznesi prezidenti va rahbari Sok Vu Yong (SW Yong) hamda raqamli jihozlar (DA) biznesi rahbari Chxolgi Kim (Cheolgi Kim) ishtirok etadi. Ular birgalikda oʻz sohalarida mijozlarga qulaylik taqdim etish boʻyicha innovatsion strategiyalarni soʻzlab beradilar.
Texnik forumlar 6-8-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. Unda sunʼiy intellekt, maishiy texnika va dizayn kabi mavzularni qamrab oluvchi toʻrtta sessiya olib boriladi. “Dastlabki nazar 2026” haqida qoʻshimcha maʼlumot Samsung Newsroom saytida eʼlon qilinadi.
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com