[Editorial] AI kuchidan foydalanish: Samsung qay tarzda murakkablikni sodda tushunchaga aylantirayotgani haqida qisqacha
Tibbiyot sohasida 25 yildan ortiq tajribam va hozirda Samsung Electronics kompaniyasining Digital Health jamoasi rahbari sifatida men yaratilayotgan innovatsiyalar shunchaki navbatdagi bir innovatsiya boʻlibgina qolmay, ular sogʻliqni saqlash sohasida bizni qanday qilib amalda taraqqiyotga olib kelishi mumkinligi haqida koʻp oʻylayman. Mana nega sunʼiy intellektga chuqur qiziqish bilan qarayman, chunki u murakkablikni soddalashtirish orqali jamiyatning koʻplab sogʻliqqa oid muammolarini hal qilishning yangi usullarini koʻrsatadi.
Sogʻliqni saqlashni qayta koʻrib chiqish boʻyicha davom etayotgan ishimizda Samsung Energy Score kabi yechimlarni ishlab chiqishda ilgʻor sunʼiy intellekt algoritmlari va chuqur texnik tajribadan foydalanmoqda. Bu funksiya uyqu, yurak salomatligi va jismoniy faollik kabi koʻplab salomatlik koʻrsatkichlari orqali jismoniy va aqliy energiya darajasini o‘lchaydi. Bizning keyingi rejamiz sunʼiy intellekt yordamida foydalanuvchilarning salomatlik holatining yaxlit koʻrinishini taʼminlash uchun ovqatlanish, ruhiy salomatlik va qoʻshimcha ravishda mobil telefondan foydalanish tartibi kabi kengroq koʻrsatkichlarni ham kiritishdir.
AI shablon va xatti-harakatlarni tahlil qilish, noodatiy holatlarni aniqlash va hatto ehtimoliy sogʻliq muammolarini oldindan aniqlash orqali kasallikning erta oldini olish uchun katta yordam beradi. Uzoq yillik sensor innovatsiyalarimizni AI sohasida yetakchiligimiz bilan birlashtirib, biz uyqu apnoesidan tashqari boshqa kasalliklarning ham oldini olish va kardio-metabolik kasalliklargacha kengaytirish boʻyicha imkoniyatlarimizni oshirishni maqsad qilganmiz. Xususan, qon glyukozasi biz uchun katta eʼtibor sohasi boʻlib, Samsung qandli diabetning dastlabki belgilarini aniqlovchi sensor algoritmi hamda qon glyukozasini ukolsiz monitoring qilish texnologiyasi hamda doimiy glyukoza monitoringi bilan integratsiyalashgan parhez murabbiyini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Bizning maqsadimiz sogʻliqni saqlashda proaktiv yondashuvni qoʻllab-quvvatlash, odamlar, oilalar va umuman butun jamiyat uchun sogʻliqni saqlashdagi ogʻir yukni kamaytirishdir. Men AI texnologiyasi raqamli sogʻliqni saqlash sanoatini inqilob qilishiga va barcha uchun sogʻlom turmush tarzini soddalashtirishiga ishonaman. Global texnologiya yetakchisi sifatida texnologiya innovatsiyalarimiz va oʻsib borayotgan hamkorlik ekotizimimiz bilan buni haqiqatga aylantirish uchun Samsung barcha imkoniyatlarga ega.
Samsung Electronics kompaniyasining katta prezident oʻrinbosari va Digital Health, Mobile eXperience
Korporativ > Ijtimoiy masʼuliyat
Qurilmalar > Mobil
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.