Galaxy FE O’zbekistonda – yil trendi bo‘lishining 5 sababi
zamonaviy yoshlar, ijodkorlar, geymerlar va faol hayot tarzini qadrlaydiganlar uchun…
Galaxy Fan Edition – butun dunyo bo‘ylab millionlab foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida yaratilgan, flagman darajasidagi imkoniyatlarni qulay narxda taqdim etadigan noyob smartfonlar oilasi. U zamonaviy yoshlar, kontent yaratuvchilar, geymerlar va tezkor hayot tarzini qadrlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

Mana, nega Galaxy FE 2025-yilda O‘zbekistonda trend bo‘lishi aniq:
Foydalanuvchilar sevgan kamera imkoniyatlari
Flagman darajasidagi mobil fotografiya yondashuvi sizga tungi Toshkent ko‘chalarida ham yorqin va tiniq kadrlar olish imkonini beradi. O‘zbekistonning istalgan burchagida, kunduz ham, tun ham ajoyib natija Portret, vlog yoki kreativ kontent – barchasi yuqori sifatda. Surat sifatini yo‘qotmasdan tasvirni yaqinlashtirish, sun’iy intellekt yordamida surat va videoning tezkor tahriri – keraksiz narsalarni olib tashlash yoki obyektlarni o‘zgartirish va yana ko‘plab imkoniyatlarga ega.

Yorqin ekran va tez ishlash
Yuqori yangilanish tezligiga ega ekran har bir harakatni silliq aks ettiradi, quyosh nurlari ostida ham ranglar yorqin va tiniqligicha qoladi. Tezkor protsessor esa o‘yinlar, video tahrir, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn darslarda muammosiz ishlashni ta’minlaydi
Hamyonbop narxda premium tajriba
Galaxy S flagmanlarida bo‘ladigan eng kerakli imkoniyatlar Galaxy FE smartfonlarida ham mavjud va ular ancha hamyonbop narxda.

Uzoq davom etuvchi quvvat
Yuqori sig‘imli akkumulyator bilan Toshkent bo‘ylab kun davomida uchrashuvlar, ishlar va kontent olishni bemalol uddalaysiz. Tezkor quvvatlash imkoniyati esa vaqtingizni tejaydi.
Samsung ekotizimi bilan mukammal uyg‘unlik
Galaxy Buds quloqchinlaridan tortib, Galaxy Watch soatigacha – barcha Samsung qurilmalari uyg‘unlikda ishlaydi. Ish, o‘qish va dam olish va sportni yagona ekotizimda boshqaring. Suv va changdan himoya qatlamiga ham ega.

Samsung foydalanuvchilar istagini inobatga olib, aynan siz kutgan smartfonni yaratdi.
Eng so‘nggi texnologiyalarni ortiqcha xarajatlarsiz sinab ko‘rmoqchimisiz? Batafsil ma’lumot www.samsung.com saytida.
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com