Galaxy Quick Share. Fayllar bilan oson va tez bo`lishing
Qurilmalararo fayllar almashinuvi ko‘p vaqt va kuch talab etishi mumkin, ammo Samsung Electronics fayllar almashish jarayonini soddalashtirdi. Boshqa Galaxy qurilmasi, smartfonlar yoki SHK (shaxsiy kompyuter) bilan fotosuratlar, video va turli fayllar almashmoqchi bo‘lgan Galaxy foydalanuvchilari uchun 2020-yilda taqdim etilgan Quick Share funksiyasi fayllar uzatishni osonlashtiradi.
Yuqori qulaylik va foydalanishda soddalikni taklif etarkan, Samsung fayllar almashinuvi flagmanlik funksiyasi oddiy fotosuratlar va qaydnomalardan to katta video va yuqori xavfsizlikni talab qiluvchi ish hujjatlarigacha — barcha turdagi fayllarni tez almashish imkonini beradi.
Galaxy fayllar almashinuvi flagmanlik funksiyasi: Quick Share
- Sifatni yo‘qotmagan holda tasvirlarning asl fayllarini baham ko‘ring
Uzoq vaqt ko‘rishmagan do‘stlaringiz bilan uchrashganda birga o‘tkazilgan vaqt haqidagi xotiralarni saqlab qolish juda muhim. Biroq smartfoningizdagi “Galereya” do‘stlaringiz bilan vaqtichog‘liq qilayotganingizda suratlarga to‘lib qolgan bo‘lsa, xavotirlanmang. Barcha fotosuratlarni xabarlar almashish ilovasiga yoki elektron pochtaga yuklash va ularni yana yuklab olish tashvishlaridan xoli qilish uchun Quick Share sanoqli soniyalar ichida fayllarni soddagina yuborishni ta’minlaydi.
Quick Share’ning eng katta afzalligi — foydalanuvchilar yaqindagi Galaxy qurilmalari bilan fotosuratlarni, fayllar soni va o‘lchamidan qat’i nazar, bir necha bosishlar orqali tezda almasha oladilar. Wi-Fi yoki Bluetooth ulanishi yordamida foydalanuvchilar sakkiz nafargacha foydalanuvchiga bir vaqtda yubora oladi.[1]
Quick Share orqali fayllar qabul qilish, sozlashdan to jo‘natish va qabul qilishgacha — barchasi juda oson. Quick Share ishlatish uchun Galaxy qurilmasi ekranining yuqori qismiga barmog‘ingizni tekkizib, pastga suring va tezkor sozlamalarda Quick Share tugmasini bosing.
Quick Share’ni ishlatib ko‘rmoqchi bo‘lganlarga buni qanday qilishni ko‘rsatuvchi qadam-baqadam yo‘riqnoma:
① Foydalanuvchilar o‘zlari ulashmoqchi bo‘lgan faylni tanlab, Quick Share tugmasini bossalar kifoya.
“Galereya” ilovasidagi tasvir yoki videoni yoxud papkadagi faylni tanglang, keyin “Ulashish” tugmasini bosing. Quick Share tugmasi bosilgach, qalqib chiquvchi darchada umumiy fayllarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan Galaxy qurilmalari namoyon bo‘ladi.
② Fayllarni uzatish uchun Galaxy foydalanuvchisini tanlang → Qabul qilayotgan tomon faylni yuklab oladi
Fayllarni qabul qila oladigan Galaxy qurilmalari foydalanuvchi avvalda o‘rnatgan umumiy ulanish sozlamalariga muvofiq keltiriladi. Boshqa Galaxy qurilmasi faylni qabul qilsa, fayl darhol jo‘natiladi. Bu fayllarni o‘sha zahoti “Galereya” ilovasida tuzilgan Quick Share papkasida qo‘shimcha yuklash jarayonisiz topish mumkin.
Galaxy’dan boshqa qurilmalar bilan tez va muammosiz baham ko‘ring
Qolaversa, Quick Share nafaqat GALAXY qurilmalar o‘rtasida, balki boshqa smartfonlar bilan ham fayllar almashishni soddalashtiradi.
GALAXY’dan boshqa qurilma foydalanuvchilari bilan QUICK SHARE orqali fayl almashishda GALAXY foydalanuvchisi QUICK SHARE yordamida o‘zi baham ko‘rmoqchi bo‘lgan faylni belgilashi va quyidagi variantlardan birini tanlashi mumkin: Havoladan nusxa olish, Ilovada ulashish va QR-kod yordamida ulashish. Agar foydalanuvchi QR-kod yordamida fayl ulashishga qaror qilsa, qabul qiluvchi nusxa olishi yoki kodni skanerlashi yetarli — bir zumda o‘z smartfoni yoki qurilmasiga faylni yuklay oladi.
Bundan tashqari, Samsung Cloud’ga yuklangan fayllarni ham boshqalar bilan ulashish mumkin.
Agar “Ilovada ulashish” parametri tanlangan bo‘lsa, havolani o‘sha zahoti messenjer orqali yuborish mumkin, bu uni guruhli chatda bir vaqtda bir necha odamlar bilan fayl almashishning samarali usuliga aylantiradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar fayllar siqilishi tufayli tasvir sifati yomonlashishidan xavotir olmay, boshlang‘ich fotosurat va videoni yuqori sifatda yuborish imkoniga ham egalar.
Shuningdek, qayd etish kerakki, Samsung Cloud’ga yuklangan fayllar muayyan davrdan keyin avtomatik o‘chiriladi, bu xavfsizlik va foydalanuvchilar uchun qulaylikni oshiradi.
Planshet va noutbuk kabi turli qurilmalar bilan tezkor ma’lumotlar almashinuvi.
Quick Share’ni ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlaydigan istalgan GALAXY qurilmasida ishlatish mumkin. Bir zumda fayllar almashinuvi funksiyasi GALAXY va Galaxy Books smartfonlari, planshetlari o‘rtasida fayllarni erkin almashish imkonini beradi.
GALAXY qurilmasining har xil turlari o‘rtasida fayllar almashinuvi ham sodda va qulay. GALAXY smartfonidan Galaxy Books’ga fayl yuborish uchun sizdan talab qilinadigani — fayl va qabul qiluvchini QUICK SHARE yordamida tanlashdan oldin ikkala qurilmada QUICK SHARE funksiyasini faollashtirish xolos.
Private Share yordamida xafsizlikni ikki barobar kuchaytirib, bexavotir ulashing
Muhim shaxsiy yoki moliyaviy axborotga ega fayllar almashinuvida Samsung Private Share fayllarni xavfsiz almashishga yordam beradi.
Wi-Fi va Bluetooth ulanishidan foydalanadigan QUICK SHARE’dan farqli ravishda, Private Share fayllarni blokcheyn yordamida shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar Private Share orqali turli fayllarni, jumladan tasvir, video, audio va hujjatlarni yubora oladilar. Bir vaqtning o‘zida belgilangan qabul qiluvchiga telefon raqami va identifikatsiya raqamidan foydalanib, umumiy hajmi 200 MB gacha bo‘lgan yigirmata fayl yuborilishi mumkin.
Private Share’ning eng ajoyib xususiyati — foydalanuvchilar qabul qiluvchining fayldan foydalanish huquqini va fayl amal qilish muddati tugashi sanasini nazorat qila oladilar. Foydalanuvchilar faylni yuborishdan oldin faylni ko‘rish vaqtini, shuningdek, foydalanuvchi fayldan qanday foydalanish mumkinligini belgilashlari mumkin. Shu bilan birga, foydalanuvchilar parametrlarni sozlash hamda hatto fayllar yuborilgandan keyin ham umumiy foydalanishga ruxsatni bekor qilish imkoniga egalar.
Bundan tashqari, yuboruvchi faylni qabul qiluvchi olganligini, ochganligini va bular qachon ro‘y berganligini tekshira oladi. Maxfiylikni ta’minlash maqsadida himoyalangan fayllarni yuklash va ekrandan skrinshot olish mumkin emas, bu fayllarni foydalanish huquqi bo‘lmagan tomonlarga yo‘llashning oldini oladi.
QUICK SHARE va Private Share’ga qo‘shimcha o‘laroq, GALAXY foydlanuvchilari Dropship va Nearby Share kabi fayl almashinuvining boshqa uslublaridan ham foydalanishlari mumkin, bu foydalanuvchilarga o‘zlari xohlagan usulda va vaqtda kontent yuborish imkonini beradi.
Biznes-muhitda muhim fayllar almashishdan to yaqinlar bilan fotosuratlar almashishgacha — Samsung Galaxy Quick Share va Private Share funksiyalari o‘zlarining qulayligi, xavfsizligi va keng qo‘llanishi tufayli raqamli davrda yanada shinam muloqotni ta’minlaydi.
[1] Qurilmaga bog‘liq.
Qurilmalar > Mobil
Korporativ > Texnologiyalar
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.