[Infografika] Samsung’ning integratsiyalashgan VXT platformasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma ma’lumot

13/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Electronics o‘zining Visual eXperience Transformation (VXT) platformasini Integrated Systems Europe (ISE) 2024 — 30-yanvardan 3-fevralgacha Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan dunyodagi eng yirik AV tizimlari integratsiyasi ko‘rgazmasida ommaga e’lon qildi.

 

Samsung VXT — bulutli kontentni boshqarish yechimi (CMS) yagona, xavfsiz platforma orqali raqamli menyular, kiosklar va boshqa tijoriy belgilarini masofadan boshqarishni taklif qiladi. Shuningdek, Samsung o‘zining serverga asoslangan amallar va boshqaruv dasturi — MagicINFO™ ning foydalanuvchilar uchun qulayligini sezilarli darajada takomillashtirganini alohida eslatib o‘tish ham joiz.

 

VXT — bu qo‘lda dasturiy ta’minotni yangilab o‘tirmasdan kontent yaratish va B2B displeylarini boshqarishni osonlashtiradigan yagona yechimdir. Biznes egalari va menejerlari reklama aksiyalari, menyular, video reklamalar, salomlashuv xabarlari va boshqalarni ko‘rsatish uchun o‘z do‘konlarining raqamli displeylari ishini osongina nazorat qilishlari mumkin.

 

Shunisi e’tiborga loyiqki, VXT hamkorlar tomonidan ishlab chiqilgan va foydalanish qulayligi uchun turli sohalarga moslashtirilgan Pre-Integrated Repeatable Solutions’ni (PIRS) taqdim etadi. VXT jahon darajasidagi san’at asarlarini namoyish qilishdan tortib, real vaqt rejimidagi tranzaksiya ma’lumotlarini Link My POS bilan bog‘lashgacha biznesning kontentni boshqarish va taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

 

Quyidagi infografikada VXT va PIRS haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

 

Pressa uchun > Infografika

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga