[Intervyu] Jahon darajasidagi tasviriy sanʼat asarlarini hamma uchun ochiq qilish: The Met va Samsung Art Store
“Biz san’at hamma uchun ekanligiga ishonamiz. Raqamli dunyoda sanʼat eshiklarini ochish bizga butun dunyo boʻylab sanʼat ixlosmandlari bilan doimiy aloqada boʻlish imkonini beradi.” — Metropolitan sanʼat muzeyining chakana savdo va litsenziyalash boʻlimi boshligʻi Stefan Mannello
Oʻtgan yildan buyon Samsung Art Store foydalanuvchilari The Frame’da Metropolitan sanʼat muzeyi (The Met) sanʼat asarlarini tomosha qilish imkoniga ega boʻlib, televizorlarini har qanday boʻshliqqa badiiy joziba bagʻishlovchi raqamli planshetga aylantirishga muvaffaq boʻldilar. Samsung bilan hamkorlik qilish orqali odamlar tarixiy yodgorliklardan raqamli immersiv televizor yordamida uydan turib bahramand boʻla olishadi.
The Met madaniy almashinuvga ijobiy taʼsir koʻrsatish va butun dunyo boʻylab tomoshabinlarni ilhomlantirish uchun texnologiyalarning yangicha qoʻllanish usullarini oʻrganadi va odamlarning badiiy taʼlimini kengaytirishga intiladi. Bundan maqsad — goʻzallik va ijod har qanday joyda gullab-yashnay oladigan kelajakni yaratish uchun oʻtmish va hozirgi kun oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etish.
Samsung Newsroom The Met kompaniyasining chakana savdo va litsenziyalash boʻlimi boshligʻi Stefan Mannello bilan Samsung bilan hamkorligini va texnologiyalar muzeylarga qanday ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini muhokama qilish uchun suhbatlashdi.
Raqamli davr uchun yangi hamkorlik
Savol: The Met’da vazifangiz nimadan iborat? Muzey va unga tashrif buyuruvchilarga qanday taʼsir koʻrsatasiz?
Men The Met kompaniyasining chakana savdo va litsenziyalash bo‘limi boshlig‘iman, yaʼni men Met Store va litsenziatlarimiz bilan muzeyning 5000 yillik san’at kolleksiyasi asosida ishlab chiqilgan mahsulotlar va nashrlarni dunyo boʻylab iste’molchilar qo‘liga yetkazish uchun ishlayman.
Mening vazifam tashrif buyuruvchilar va isteʼmolchilar bilan The Met’ning 19 xil toʻplamini yangicha qirralarda sinab koʻrishga jalb qiladigan, oʻrgatadigan va ilhomlantiradigan mahsulotlar orqali oʻzaro aloqa oʻrnatish uchun menga noyob imkoniyatni taqdim etadi. Bizning ishimizdan tushgan mablagʻlar The Met kolleksiyasini oʻrganish, saqlash va keng taqdim etishni qoʻllab-quvvatlashga ketadi, shu sababli ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizda sezilarli natija bor.
“Biz The Met’ning sanʼatni kundalik hayotga tatbiq etish vazifasini davom ettirish yoʻlida rivojlanish va turli tajriba-sinovlarni olib borish niyatidamiz. Texnologiyalar esa buni amalga oshirishning muhim unsuridir.”
Savol: The Met o‘tgan yilning kuzida Samsung Art Store bilan hamkorlik qila boshlaganida dastlabki eʼtibor nimalarga qaratilgan edi?
Samsung Art Store bilan ishlash bizga raqamli innovatsiyalar va interyer dizayni zamonaviy texnologiyalar bilan chiroyli ravishda uygʻunlashadigan noyob sohaga qadam qoʻyish imkonini berdi. Bizning ilk kolleksiyamiz zamon va makon boʻylab sayohat qilgan, The Met’ning 17 ta kuratorlik departamentidan tanlangan asarlarni oʻz ichiga olgan boʻlib, The Frame foydalanuvchilari mazkur kolleksiyani oʻz uylarida oʻrganishi va namoyishga qoʻyishlari mumkin.
Ushbu sevimli asarlarni Samsung Art Store bilan baham koʻrish bizga The Met taqdim etayotgan asarlarning kichik bir qismini sanʼat va dizayn ixlosmandlarining global auditoriyasiga noyob tarzda taqdim etish imkonini berdi va bu bizning uzoq davom etadigan hamkorlik munosabatlarimizning boshlanishi xolos. Kelajakda Samsung Art Store foydalanuvchilarini ilhomlantiradigan va zavqlantiradigan turli tematik takliflarni oʻrganish va navbatdagi kolleksiyalarimizni boʻlishishni orziqib kutamiz.
Savol: so‘nggi bir necha oy ichida The Frame foydalanuvchilari The Met kolleksiyasiga qanday munosabatda bo‘lishdi?
Biz The Metning taniqli sanʼat asarlari The Frame platformasida qanchalik mashhur boʻlganini koʻrib, hayratda qoldik. Bu Vinsent van Gogning “Sarvli bugʻdoy dalasi” yoki Emanuel Leytsening “Delaverni kesib oʻtuvchi Vashington” kabi asarlarining abadiy jozibasi vaqt oqimiga taslim boʻlmasligidan dalolat beradi. Bu ikki surat bizning galereyalarimizda ham mashhur diqqatga sazovor sanʼat asarlaridir va The Frame’da raqamli tarzda namoyish etilganda ham bor chiroyini sira yoʻqotmaydi.
The Met va Art Store bilan zamonaviy impressionizm harakatlari
Savol: Samsung Art Store shu oyda The Met kolleksiyasidan sara impressionist asarlarni taqdim etadi. Ushbu yangi kolleksiya qanday ahamiyatga ega?
Impressionistlar harakati 1874-yilda The Met tashkil etilganidan atigi toʻrt yil oʻtgach boshlangan. Ikkala voqea bir-biridan mustaqil ravishda sodir boʻlgan boʻlsa-da, ushbu harakatlarda boshchilik qilgan Edgar Degas va Kamil Pissarro kabi rassomlarning inqilobiy ruhida qiziqarli oʻxshashlik mavjud. Ular kundalik hayotga yangi urgʻu beradigan ushbu radikal sanʼat uslubini yaratdi. Bu esa sanʼatni ommaga yetkazish orqali uni demokratlashtirishga intilgan The Met’ning ulugʻvor maqsadiga poydevor qurdi.
Harakat 150 yil oldin tashkil etilganidan beri The Met koʻplab mashhur impressionist asarlarni saqlovchi uyga aylandi. Bu asarlar tashrif buyuruvchilarning eng sevimlilaridandir. Ushbu sanʼat asarlarining koʻrki koʻplab ajoyib hikoyalarni soʻzlay oladi. Masalan, “Mone oilasi Argenteuildagi bogʻida” 1874-yilda ikki rassom bir-birining yonida dam olayotgan paytda Eduard Manet tomonidan chizilgan. Ushbu asar tayyorlanayotganda Mone oʻz navbatida Manetni chizadi va Renuar shu vaqtning oʻzida “Madam Mone va uning oʻgʻli”ni chizadi (Hozirda Vashingtondagi Milliy sanʼat galereyasida saqlanadi). Ushbu sanʼat asarlari mazkur harakatning dastlabida impressionistlar oʻrtasida sodir boʻlgan jonli ijodiy almashinuv haqida chuqur maʼlumot beradi.
Savol: Samsung Art Store uchun tanlangan sanʼat asarlaridan qaysi uchtalikni The Frame uchun tavsiya qilgan boʻlardingiz?
Birinchi tanolovim Tomas Koulning “Momaqaldiroqdan keyin Xolyok togʻi manzarasi, Nortgempton, Massachusets” (1836) boʻladi. Ushbu taʼsirchan Gudzon daryosining landshaft tasviri Amerika manzarasining goʻzalligini koʻrsatish uchun bir qismida odamsiz biyobonlar va yana bir qismida choʻpon aholi punktidan tashkil topgan kontrastini tasvirlaydi. Tasvirga qarab, rassomning yetkazmoqchi boʻlgan xabarini turlicha koʻp maʼnolarda talqin qilish mumkin. Oldinda yashirinib olgan Koul oʻzining dastgohi oldida hayajonli manzarani planshetga muhrlayotgani tasvirlangan. Rasmning nozik tafsilotlari va sirli tabiati uyda tomosha qilish uchun ayni muddao.
Keyingi oʻrinda Jorj Seuratning “Sirk paradi (Parade de Cirque)” (1887-88). Bu ilgʻor texnika yordamida chizilgan rasm qalam egasining birinchi tungi sahnasi va mashhur oʻyin-kulgilarni tasvirlaydigan birinchi tasviridir. Ushbu asar tayyorlanayotganda bu parad namoyishi piyodalarni asosiy sirk tomoshasiga chipta sotib olishga jalb qilish uchun moʻljallangan bepul attraksion edi. Mazkur puantilist kompozitsiyasining ajoyib tafsilotlarini The Frame’da tomosha qilish oʻzgacha taassurotni beradi.
Nihoyat, men Pol Sezanning “Olma va bir guldon navroʻzgul bilan natyurmort” (Taxminan 1890-yillar) asarini tavsiya qilgan boʻlardim. Bu nafis natyurmort bir vaqtlar gʻayratli bogʻbon Klod Monega tegishli boʻlgan va unga Buyuk markaziy stansiyasida astrologik shift dizaynini yaratgan rassom Pol Xelleu tomonidan sovgʻa qilingan. Oʻzining dadil ranglari va grafik chiziqlari bilan ushbu goʻzal asar Sezanning natyurmortdagi bor mahoratini namoyish etadi. The Frame orqali bu asar har qanday xonaning kayfiyatini oʻzgartirishi aniq.
Savol: sizningcha, The Met turli mamlakatlar va madaniyatlar bo‘ylab tomoshabinlarni birlashtirish va baxtli aloqalarni o‘rnatishga intilishda davom etish uchun The Frame va Samsung Art Store’dan qanday qilib unumli foydalandi?
Ushbu raqamli dunyoda sanʼat eshiklarini ochish uydagi muzey taassurotini tubdan oʻzgatirdi. Galereyalarni ziyorat qilgan paytimiz kabi turli xil asarlar turli daqiqalarda odamlarga turlicha taʼsir qiladi. Shunisi hayratlanarliki, endi foydalanuvchilar uylarida namoyish etilayotgan sanʼat asarini oʻzlarining kayfiyatlari, dizayn estetikasi yoki mavsumigacha mos ravishda tanlab, oʻzgartirishlari mumkin. Muzeylarga tashrif buyurish kutilmagan hodisalarning bir qismi sifatida izlanish va qiziqishdan kelib chiqishi lozim. Shu oʻrinda Samsung Art Store platformasida The Met kolleksiyalarining taqdim etilishi muzeyni raqamli dunyoga olib kirishning muvaffaqiyatli namunasidir.
Texnologiyaning sanʼat va uning hamma uchun mavjudligiga taʼsiri
Savol: sanʼatning shaxs va jamiyatga taʼsirini qanday tushunasiz? The Met bu taʼsirga qanday hissa qoʻshadi?
The Met hamma uchun ilhom olish, vaqt va makon boʻylab baxtli aloqalarni oʻrnatish va fikrdoshlarni topish uchun moʻljallangan joy. Bizning kolleksiyamiz butun dunyo boʻylab odamzodning ijodiy yutuqlarining 1,5 milliondan ortiq namunalarini namoyish etadi hamda muzey va veb-saytimizga tashrif buyuruvchilarga sanʼat yogʻdusiga shoʻngʻish imkonini beradi. Mazkur muzey oʻzligimiz haqida fikr yuritish, oʻzimizga savollar berish va hali kashf etilmagan ijod va gʻoyalarni aniqlash uchun ajoyib maskandir.
“[Impressionistik harakatning] inqilobiy ruhida qiziqarli oʻxshashlik mavjud. U kundalik hayotga yangi urgʻu berdi va sanʼatni demokratlashtirishga intilgan The Met uchun poydevor qurdi.”
Savol: sizningcha, Samsung Art Store kabi platformalar orqali kengroq auditoriyaga sanʼat asarlarini taqdim etish bilan sanʼat va ijodni hamma uchun demokratlashtirish nega muhim?
Biz sanʼat hamma uchun ekanligiga ishonamiz, lekin The Met’ga kelgan koʻplab odamlar hayotida faqat bir marta bu yerga tashrif buyura olishi mumkin. Raqamli dunyo, mahsulotlar va texnologiyalar orqali asarlarni hammaga ochiq qilish bizga butun dunyo boʻylab sanʼat ixlosmandlari bilan doimiy aloqada boʻlish imkonini beradi. Umid qilamizki, The Frame televizorlarida The Met kolleksiyalarini taqdim etish orqali biz oʻtmish, hozir va kelajakda sizlar bilan madaniyat va ijodkorlik haqida mazmunli muloqot qura olamiz.
Savol: muzeyni taraqqiy etishda texnologiya qanday rol o‘ynaydi? Ayniqsa, Samsung Art Store kabi raqamli san’at platformalari kontekstida-chi?
Sanʼat ixlosmandlari bilan raqamli aloqada boʻlish bizga The Met kolleksiyasidagi asarlarni yangi yoʻllar bilan ajratib koʻrsatish imkonini beradi, bu esa turli kashfiyot va izlanishlarga yoʻl ochdi. Bu galereyalarda namoyish etilmaydigan asarlarni koʻrish, rasm va rassomlar ortidagi voqealarni oʻrganish yoki tafsilotlarga uzoq nuqtayi nazardan qarash imkonini berishi mumkin. Bu esa jismoniy sanʼat asarlarini raqamli makonga olib kirishning dastlabki bosqichidir. Biz The Met’ning sanʼatni kundalik hayotga tatbiq etish vazifasini davom ettirish yoʻlida rivojlanish va turli tajriba-sinovlarni olib borish niyatidamiz. Texnologiyalar esa buni amalga oshirishning muhim unsuridir.
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.