[Intervyu] Ochiq impressionizm rangdor olamiga sayohat: Erin Hanson x Samsung Art Store

29/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

“Yaratgan asarlarim AI modellari va raqamli san’at asarlariga o’zgacha ta’sir o’tkazishini bilaman. Bu tendentsiya qay manzilga yetaklashiga ishonchim komil bo’lmasa-da, shuni bilamanki, insonlar tomonidan yaratilgan asl san’at har doim kelajakda har qanday texnologiyaning negiziga aylanib boradi”,
– Erin Hanson, rassom

 

Erin Hansonning badiiy sayohati u chizgan manzaralar kabi yorqin. Nevada Red Rock Canyon (“Qizil tog’ kanyoni”, tahr. “kanyon” – tog’li hudud) va Tinch okeani sohilidagi dramatik tuslaridan ilhomlanib chizilgan Hansonning “Ochiq impressionizm” o’zgacha uslubidagi ijodiy ishlari serquvvat ranglari va teksturali ishlovlari bilan ajralib turadi.

 

Samsungning Saatchi Art bilan uzoq yillik hamkorligi tufayli mijozlar Samsung Art Store’da Hansonning noyob asarlaridan foydalanishlari va ularning rang-barang dunyosiga sho’ng’ishlari mumkin. Samsung Newsroom Hanson bilan uni ilhomlantirgan manzaralarni muhokama qilish uchun va texnologiyalar san’at olamini qay darajada o’zgartirib borayotgani haqida suhbat qurdi.

 

▲ Erin Hanson

 

Ijodkorlik rivojiga hissa

Savol: Rassom sifatida yo’lingiz haqida so’zlab bersangiz. Ijodiy sayohatingiz qachon boshlangan?

 

Esimni taniganimda beri, men doimo rassom bo’lishni xohlardim. Men 8 yoshligimda moyli rasmlardan boshladim va boshqa yo’nalishlarni ham o’rgandim – lekin hamisha moyli chizishga qaytardim, chunki san’at ustalari aynan shu usuldan foydalanishgan. Moyli bo’yoqqa to’la mo’yqalamni ushlab, moy hididan nafas olsam, men o’tmishning buyuk rassomlari bilan bevosita bog’liqlikni his etaman.

 

Savol: “Ochiq impressionizm” haqida ham o’z fikringizni bildirsangiz.

 

Odamlar menga rasmlarim o’ziga xosligi va bir zumda taniladiganligini doim aytib kelishadi, shuning uchun men ushbu noyob uslubda 400 ga yaqin rasmni yaratganimdan keyin o’zim asos solgan “Ochiq impressionizm” atamasini ishlata boshladim. Men asosiy e’tiborimni ranglar, yorug’lik va tashqaridagi go’zallikka qarataman. Men o’z uslubimni “ochiq” deb atayman, buning sababi esa ilhomim ochiq osmon ostidagi landshaftlardan olinganidadir. Men “impasto” texnikasidan foydalanaman, chizgan impressionistik rasmlarim yuqori teksturali bo’lgani bilan ajralib turadi, ishlatilgan bo’yoqlar esa aralashtirilmagan holda ishlarimda o’z joyini topadi. Qattiq mo’yqalamni ishlatib men o’z asarlarimga vitray yoki mozaika ko’rinishini berish maqsadida rasmlarim pastki qismida bo’yoqlar o’ziga xos uslubda joylashadi.

 

▲ Tong otganda Saguaro (2021)

 

Savol: Sizning rasmlaringizda ko’pincha ajoyib tabiat manzaralari mavjud. Sevimli joylaringiz haqida aytib bering. Ular sizning ijodiy jarayoningizga qanday ta’sir qiladi?

 

Mening birinchi ilhomlantirgan manzara bu Nevada va janubiy Yutaning qoyali landshaftlari edi – men Qizil Tog’ Kanyonida toqqa chiqqanimda, go’zal cho’lning to’yingan ranglari menga cheksiz ilhom bag’ishladi. Hozir men ko’plab milliy bog’lar va yodgorliklarni o’rgandim, jumladan Sion, Brays Kanyoni, Arches, Monument Vodiysi, Grand Kanyon va Kanyon de Chelli.

 

Kaliforniyaga qaytib kelganimda, Tinch okeani sohilidagi Karmel va Mendochinoni kashf qilishni boshladim. Men Kaliforniyaning vino uzumzorlari, eman daraxtlari va tepaliklarini chizishni sevib qoldim. Yosemit va Leyk Tahoe meni har doim o’zlarining dramatik ranglari va fasllari bilan o’ziga jalb qilib keladi.

 

“Bo’yoqlarga to’yingan mo’yqalamni ushlab, moy hididan nafas olsam, o’zimni o’tmishning buyuk rassomlari bilan bevosita bog’langandek his qilaman”.

 

Tabiat go’zalligini tasvirlash

Savol: “Sohil qizg’aldoqlari II” deb nomlangan rasmingiz The Frame foydalanuvchilari orasida sevimli hisoblanadi. Ushbu jozibali asarni raqamli platformaga qanday qilib o’tkazdingiz?

 

“Sohil qizg’aldoqlari II” is inspired by one of my favorite coastal views in California, near Heart Castle and Big Sur. The painting brings me back to a time when the poppies were in full bloom, and I was standing alongside Highway 1 on the edge of the Pacific Coast — looking down into the rich aquamarine water with the salty ocean air blowing into my face. The contrast in colors and textures was so breathtaking that I completed four paintings in this series. The most recent was “Coastal Poppies IV” in 2022.

 

“Sohil bo’yidagi qizg‘aldoqlar II” asarini yaratayotganimda eng sevimlilarimdan biri bo’lgan Kaliforniyadagi Heart Qal’asi va Katta Sur yaqinidagi qirg‘oq manzaralaridan ilhomlanganman. Rasm meni qizg’aldoqlar gullab-yashnagan davrga qaytaradi va men Tinch okeani qirg’og’ining chekkasida 1-Magistral bo’yida turib, yuzimga okeanning sho’r havosi urayotgan boy firuza suviga qarab turardim. Ranglar va teksturalarning kontrasti shunchalik hayratlanarli ediki, men ushbu mavzudagi to’rtta rasmni tugatib oldim. Eng so’nggisi 2022-yilda “Sohil bo’yidagi qizg’aldoqlar IV” edi.

 

▲ Sohil bo’yidagi qizg’aldoqlar II (2020)

 

“Men “Ochiq impressionizm” atamasini ushbu noyob uslubda 400’ga yaqin rasm chizganimdan keyin shakllantirdim. Rang, yorug’lik va ochiq havoda go’zallik bilan o’ralganlik hissi mening asosiy e’tiborimni tortadi. Men [hozir] bu uslubda 3000’dan ortiq moyli rasmlarni chizganman”.

 

 

Savol: Sizning ishingiz The Frame’da ko’rsatilishi haqida qanday fikrda ekanligingiz bilan o’rtoqlasha olasizmi?

 

 

The Frame’ni yoqtiraman, chunki bu qurilmada san’at o’z joyini topgan, ya’ni rasm devorda haqiqatdan osilgani kabi aks ettirilgan. Mening muxlislarim va kollektsionerlar rasmdagi mo’yqalam zarbalari va tekstura ritmlarini his qilishlari mumkin, ularni kichikroq displeylarda ko’rish murakkabroq.

 

Bundan tashqari, The Frame mening san’at asarlarimning jonli ranglarini qanchalik yaxshi qayta yaratayotganidan hayratdaman. Mening impressionizm yo’nalishidagi rasmlarim to’laligicha ranglar bilan hamohand va men The Frame ranglarni qanchalik aniq tasvirlashini yaxshi ko’raman!

 

*Muharrir eslatmasi: 2024-yilda The Frame o’z sohasida birinchi bo‘lib Pantone® Validated ArtfulColor sertifikatiga ega bo‘ldi. Matli displey, shuningdek, tomoshabinlarga xonaning tepasidagi yorug’lik yoki hatto kunduzgi yorug’lik ostida san’atga qoyil qolishlariga yordam berish uchun yorug’lik aksini kamaytiradi.

 

 

Savol: Foydalanuvchilar uchun The Frame’da mavjud bo’lgan barcha rasmlaringiz ichidan qaysi uchta asarni sizningcha eng yaxshi deb tanlagan bo’lardingiz?

Mening sevimlilarim ” Sohil bo’yidagi qizg‘aldoqlar II”, “Olma gullaganda” va “Gilos gullaganda”.

 

▲ Olma gullaganda (2023)

 

“Olma gullaganda” asarini yaratishda hovlimdagi 30 yoshli olma daraxtidan ilhomlanganman. Oregon sharob hududidagi Villamet vodiysiga ko’chib o’tganimdan beri, meni Northwest to’rt fasl o’ziga jalb etdi.

 

▲ Gilos gullaganda (2023)

 

“Gilos gullaganda” Oregon shtatining Makminvill shahridagi galereyam yaqinidagi gullagan olcha daraxtlariga bag’ishlangan. Mukammal moviy osmonga qarshi pushti gilos gullari bilan rasm chindan ham bahorning “iforini” taratib turadi.

 

Savol: “Olma gullaganda” Samsung Art Store’ning aprel oyining “Gullagan bahor” saralangan kolleksiyasining bir qismi bo‘ladi. Foydalanuvchilar nimani kutishlari mumkin?

 

Gullagan bahor” to’plami bahor fasliga batamom bag’ishlangan. Men Oregonda yashayman. Bu yerda uzoq, sovuq va yog’ingarchiklarga boy qishdan keyingina bahor keladi. “Oz yurti sehrgari” filmidagi o‘sha bir lahzada dunyo texnik rangga aylangandek tuyuladi – deyarli bir kechada kimdir go’yo hammasini o’zgartirgandek, dunyo birdan za’faron, xantal dalalari, gullagan olxo‘ri va gilos daraxtlariga to‘la bo’lib qoladi. Umid qilamanki, foydalanuvchilar ushbu to’plamni ko’rganlarida xuddi shunday mo’jiza va sehrni boshdan kechiradilar.

 

“Mening orzuim – insonlar chizgan rasmlarim dunyosiga [raqamli muhitda] kirib, san’at asarlarimning harakatlanuvchi jismlari bilan o’ralgan Erin Hanson yaratgan olamining hayratlanarli tajribasini yaratishdir”

 

 

Texnologiya orqali hayratlanarli san’atni qamrab olish

 

Savol: Art Store’ning (tarj. – “San’at do’koni”) uzoq yillik hamkori Saatchi Art bilan ishlashga sizni nima undaganligi haqida ko’proq o’rtoqlasha olasizmi?

 

The Frame’da o’z asarlarini namoyish etishdan tashqari, Saatchi Art original san’at asarlarini namoyish qilish uchun eng yaxshi onlayn markazdir. Juda yaxshi tanlangan badiiy to’plam, uslublar va vositalarning ajoyib xilma-xilligi ham mavjud. Istalgan inson unda qiziqtirgan san’at asarini topa olishi sababli, kollektsionerlar bu yerda yangi sanʼat asarlarini yana va yana topishlari hech gap emas. Men o’n yildan ortiq vaqtdan beri o’z ijodiy ishlarimni Saatchi Art orqali sotyapman. Saatchi jamoasi har doim yordamga tayyor va ular bilan ishlash osondir.

 

Savol: An’anaviy san’at galereyalari tomoshabinlarga rasmlarni shaxsan boshdan kechirish va tekstura, mo’yqalam zarbalari va o’lchovni to’liq his etish imkonini beradi. Sizningcha, raqamli formatlar insonlarning san’at bilan shug’ullanishiga qanday ta’sir qiladi?

 

Ochiq impressionizm uslubida 3000’dan ortiq moyli rasmlarni chizdim. Rostini aytsam, ishlarimni muxlislar va kollektsionerlar bilan baham ko‘rish yo‘llarini topishda qiynaldim. Menda bir nechta doimiy kitoblar va ko’plab qog’oz nashrlar bo’lsa-da, to’plamlarimni almashishning eng yaxshi usuli raqamli formatlar ekanligiga amin bo’ldim.

 

Raqamli formatlar uchun biz odatda uzun, gorizontal tartibda yaxshi ishlaydigan kompozitsiyalarni qidiramiz. Rasmlarimning bunday yuqori aniqlikdagi tasvirlarini olish uchun biz galereyamdagi butun xonani egallagan katta skanerdan foydalanamiz. Skaner besh xil yorug’lik burchagidan foydalangan holda rasmlarni yuqoridan suratga oladi, shuning uchun biz oxirgi tasvirlarda ko’rinadigan soya miqdorini nazorat qilishimiz mumkin. Ushbu o’zgarish uch o’lchovli illyuziyani beradi, shuning uchun siz mo’yqalam zarbalarini deyarli cho’zishingiz va his qilishingiz mumkin.

 

Bundan tashqari, biz yuqori aniqlikdagi, uch o’lchamli teksturali nashrlarni ishlab chiqarish uchun moyli rasmlarimni xaritalashtiramiz. Ular shunchalik jonliki, ko’pchilik nusxa va aslini farqlay olmaydi.

 

Mening orzuim – insonlar mening rasmlarimga to’g’ridan-to’g’ri kirib, mening san’at asarlarimning harakatlanuvchi rasmlari bilan o’ralgan bo’lishi mumkin bo’lgan Erin Hanson tajribasini yaratish. Bunday raqamli muhitda tashrif buyuruvchilar galereya yoki festival muhitida osilgan o’nlab asarlardan ko’ra ko’proq hajmdagi san’at asarlarini qadrlashlari mumkin.

 

Savol: San’at olamida texnologiya tobora muhim rol o’ynayotganini haqida ham so’zlab bersangiz. Agar bu tendentsiya saqlanib qolsa, kelgusida bu qanday rivojlanishini taxmin qilasiz?

 

Ishonchim komilki, texnik innovatorlar san’at asarlarini yaratish va almashishning yangi usullarini topishda davom etadilar. Masalan, kattaroq The Frame televizorlari san’at ixlosmandlariga o’z devorlarida yanada kattaroq san’at asarlarini namoyish qilish imkonini beradi. Mening buyumlarim AI modellari va millionlab raqamli rasmlarga ta’sir qilishini bilaman. Bu tendentsiya qayerga olib borishiga ishonchim komil bo’lmasa-da, men bilamanki, insonlar tomonidan yaratilgan asl san’at har doim kelajakda har qanday texnologiyaning asosi bo’ladi. Kompyuter yangi asar yaratish uchun turli rasmlarni o’zgartirishi va birlashtirishi mumkin, ammo asl tasvirlarning barchasi dunyoni o’ziga xos tarzda ko’rgan individual rassomlar tomonidan yaratilgan.

 

Savol: Kelgusi loyihalar haqida bizga aytib bera olasizmi?

 

This year, I am traveling to France to follow the footsteps of the impressionists and visit all the famously painted locations in Paris, trailing the Seine to Arles and Le Havre in southern France. I will be visiting the windowsill where Van Gogh sat and painted “Starry Night” and exploring the gardens Monet so famously painted. This has been a dream of mine for several years, and it is finally coming true. Afterward, I plan to create a collection of French-inspired works in homage to the 150th anniversary of the first impressionist exhibition.

 

Bu yil men impressionistlar izidan borish va Sena daryosidan Fransiya janubidagi Arl va Gavrgacha bo’lgan Parijning barcha mashhur rasmlarda o’z aksini topgan joylarini ziyorat qilish uchun Fransiyaga sayohat qilishni rejalashtiryapman. Men Van Gog o’tirgan va “Yulduzli tun” (“Starry Night”) rasmini chizgan deraza tokchasiga tashrif buyuraman va Monet chizgan juda mashhur bog’larni o’rganaman. Bu mening bir necha yillardan buyon orzuim edi va nihoyat ushalmoqda. Keyinchalik, birinchi impressionistlar ko’rgazmasining 150 yilligiga bag’ishlab, fransuz tilidan ilhomlangan asarlar to’plamini yaratishni rejalashtirmoqdaman.

 

Ushbu to’plamdagi “Sena Akslari” asarlari sentyabr oyida chiqariladi. Batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin: erinhanson.com/Event/ReflectionsoftheSeine.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga