“Jonlangan lahza” ko‘rgazmasi tashrif buyuruvchilarning qalbidan joy oldi

18/03/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi Samsung Electronics Uzbekistan ko‘magida “Jonlangan lahza” ko‘rgazmasini o‘tkazmoqda. Yuzlab tashrif buyuruvchilar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda sanʼat asarlaridan bahramand boʻlib kelishmoqda.

 

The Frame televizorlari san’atni jonlantirdi

 

2024-yilning 22-fevralidan 22-martigacha davom etayotgan ko’rgazma doirasida tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi ko‘rgazmalar zalining eksklyuziv maydonida vizual sinergiya olamiga sho‘ng‘ish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar.

 

 

 

Ko‘rgazma tashkilotchilari san’at ixlosmandlarini animatsiyalashtirilgan san’at asarlari bilan tanishtirish, an’anaviy rasmlar o‘rniga raqamli formatdagi animatsion rasmlarni taqdim etish orqali an’anaviy san’atga innovatsion yondashishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘zmilliybank kolleksiyasidagi to‘qqiz nafar iste’dodli rassomlarning asarlari Samsung kompaniyasining The Frame televizorlari ekranlarida jonlandi.

 

Jamol Usmonov, Shavkat Hakimov, Muxtor Isanov, Zelimxon Saidjonov, Baxtiyar Obidov, G‘ofur Qodirov, Shaxnoz Abdullayeva, Murod Qoraboyev va Baxtiyar Serekeyev kabi ijodkorlar shular jumlasidandir.

 

 

 

The Frame interyer televizorlari

 

Yupqa dizayni bilan ajralib turadigan Samsung The Frame televizorlari devorga bir tekis joylashib, san’at asarlarini tomosha qilishni yuqori darajaga olib chiqadi. “Rasm” rejimi bilan televizor haqiqiy badiiy tuvalga aylanadi, televizor ko’rmaganingizda shaxsiy galereyangizdagi nafis kompozitsiyalar va durdona asarlarni namoyish etiladi.

 

Shu bilan birga, The Frame seriyali Samsung televizorlari mat qoplamasi bilan ajralib turadi, u yorug‘likni turli yo‘nalishlarda turli burchaklarda to‘liq tarqatadi, kunduzi yorug‘lik ta’sirida tasvir sifatini yo‘qotishning oldini oladi. QLED-texnologiyasi yordamida tomoshabinga imkon qadar haqiqatga yaqin yorqin va boy ranglarga to’la namoyish kafolatlanadi.

 

The Frame televizorlari estetik dizayn ustuvor bo’lgan mehmonxona xonalari, biznes-markaz xollarining interyer dizayni, zamonaviy ko’rgazma zallari va uyni jihozlash uchun mukammal yechimdir.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga