O’zbekistonda Samsung 19 yildirki TV bozorining yetakchisi bo‘lib qolmoqda

01/08/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

AI innovatsiyasi, ultra-katta ekranlar va ishonchli sifat orqali premium segmentda peshqadamlikni davom ettirmoqda

Samsung Electronics kompaniyasi ketma-ket 19-yil dunyo bo‘yicha TV bozorining yetakchisi sifatida o‘z pozitsiyasini yana bir bor mustahkamladi.

 

Taniqli tadqiqot kompaniyasi Omdia ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung 2024-yilda global TV bozorida 28.3% ulush bilan yetakchilikni saqlab qolgan. Kompaniya bu mavqega 2006-yildan buyon ega bo‘lib kelmoqda. Bu yutuqning asosi — doimiy innovatsiyalar, xususan AI bilan jihozlangan televizorlar, ultra-katta ekranli modellar va premium segmentdagi texnologik yetakchilik.

 

“Ushbu 19 yillik yetakchilik, avvalo, mijozlarimizning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi evaziga yuzaga keldi,” — dedi Samsung Electronics kompaniyasining Vizual Displey bo‘limi bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Hun Li.

“Biz AI texnologiyasi, individual sozlash imkoniyatlari va yuqori sifatli ko‘rish tajribasi orqali uy ko‘ngilochar sanoatini yangi bosqichga olib chiqishda davom etamiz.”

 

 

 

Samsung aynan muhim segmentlarda yetakchilik qilmoqda

 

Samsung o‘z yetakchiligini ayniqsa quyidagi segmentlarda mustahkamlab kelmoqda:

  • Premium televizorlar (narxi $2,500 dan yuqori): Samsung ushbu toifada global bozorning 49.6% ulushini egallab, deyarli har ikkinchi premium televizorni taqdim etmoqda.
  • 75 dyuym va undan katta ekranli televizorlar: Samsung bu toifada ham 28.7% bozor ulushi bilan yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

 

 

QLED va OLED: Premium televizorlar bozorida ustunlik

 

Samsung o‘zining QLED va OLED televizorlari bilan premium segmentdagi mavqeini mustahkamlab kelmoqda:

  • QLED televizorlar: 2024-yilda dunyo bo‘ylab 8.34 million dona QLED televizor sotilgan bo‘lib, bu kompaniyaga 46.8% bozor ulushini ta’minladi. QLED texnologiyasi ilk bor umumiy global TV sotuvlarining 10% dan ortig‘ini tashkil etdi.
  • OLED televizorlar: Samsung tomonidan 2024-yilda 1.44 million dona OLED televizor sotilgan, bu esa 27.3% bozor ulushini anglatadi. Sotuv hajmi o‘tgan yilga nisbatan 42% ga, bozor ulushi esa 4.6% ga oshgan — bu Samsung OLED texnologiyasiga bo‘lgan yuqori talabni ko‘rsatadi.

AI va san’at bilan yangi davrni boshlab bermoqda

 

2025-yilgi CES ko‘rgazmasida, Samsung o‘zining yangi Vision AI texnologiyasini taqdim etdi — bu sun’iy intellekt asosida ishlovchi displeylar orqali an’anaviy ko‘ngilochar tajribani butunlay o‘zgartiradi. Vision AI foydalanuvchining odatlari, niyati va afzalliklarini tahlil qilib, har bir inson uchun individuallashtirilgan ko‘rish tajribasini yaratadi.

 

Bundan tashqari, Samsung bu yildan boshlab The Frame modeli uchun mo‘ljallangan Samsung Art Store raqamli san’at platformasini Neo QLED va QLED modellarida ham joriy etmoqda — bu orqali san’atga qiziqqan foydalanuvchilar yanada kengroq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Pressa uchun > Press-relizlar

Korporativ > Texnologiyalar

Qurilmalar > TV va Audio

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga