Samsung Art Store Jan-Mishel Baskiyaning oʻnlab sanʼat durdonalarini butun dunyoga yetkazadi

29/04/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Samsung Art Store bugun Artestar va Jan-Mishel Baskyaning mulki bilan hamkorlikda Jan-Mishel Baskiyaning 12 ta eng ajib asarlarini oʻzining onlayn doʻkonida iliqlik bilan kutib oladi. Bu taniqli rassomning ishlari ilk marta raqamli displey uchun rasman chiqarildi va Samsung Art Store’da mavjud boʻlgan dunyodagi boshqa yetakchi muzey, kolleksiya va rassomlarning asarlari yonidan joy oldi.

 

▲ Pez Dispenser (1984), Baskiyaning eng taniqli sanʼat asarlaridan biri, The Frame’da namoyish etilgan

 

Samsung Art Store onlayn obuna xizmati boʻlib, The Frame egalariga 2500 dan ortiq raqamli sanʼat asarlari, jumladan, eng taniqli rassomlar, muzeylar va rassomlik sanoatida estetik chiroy standartini belgilovchi ustalarning asarlari bilan istalgan boʻshliqni maʼnaviy orom oluvchi makonga aylantirish imkonini beradi.

 

Jan-Mishel Baskiya innovatsiyalar va ijtimoiy fikrlar mayogʻi boʻlib, uning ishlari butun dunyo boʻylab galereyalar va muzeylarda namoyish etilgan hamda madaniy masalalar borasida qizgʻin muzokaralar oʻchogʻini yoqqan. Artestar va Jan-Mishel Baskiyaning mulki uning sanʼati va ishlaridagi yashirin mazmunlarni yetkazish orqali uning sermahsul merosini hurmat qilishda davom etar ekan, hamkorlik uning istiqbolli ishlari hammaga ochiq va hamma uchun ilhom bagʻishlay olishi uchun butun dunyo boʻylab sanʼat ishqibozlari bilan muloqot qilishga intiladi.

 

“Samsung Art Store bilan Baskiyaning sanʼat durdonalarini bevosita uyingizga olib kirish jahon tomoshabinlari uning ishlarini zamonaviy va oʻzgacha tarzda kuzatishlari uchun ajoyib imkoniyatdir”, dedi Jan-Mishel Baskiya mulki vakili Artestar xalqaro brendni litsenziyalash va konsalting agentligi asoschisi va prezidenti Devid Stark. “Baskiyaning ishlari muhim muhokamalarni qoʻzgʻatishda davom etmoqda va bizni dunyoga boshqacha nazarda qarashga undaydi. The Frame raqamli planshetiga asoslangan ushbu hamkorlik uning asarlarini har kimning uyida kuzatish imkon beradi. Oʻz navbatida bu sanʼatkorning ishlarini hamma bilan baham koʻrishga va uning merosini hurmat qilishga xizmat qiladi.

 

Yangi kolleksiyada Baskiya faoliyati davomidagi noyob asarlari keltirilgan. Art Store obunachilari uchun mavjud boʻlgan asarlardan biri Bird on Money (1982) boʻlib, u Charli Parkerga koʻrsatilgan ajoyib ehtiromdir. Shuningdek, oʻzining soʻnggi nozik uslubida katta koʻk ranglarda chizilgan Boy and Dog in a Johnnypump (1982), King Zulu (1986), Endi Uorxol bilan qoʻsh portret — Dos Cabezas (1982) asarlari ham kolleksiyaga kiritilgan. Dos Kabezas uning koʻplab asarlari singari Puerto Riko merosidan ilhom olgan.

 

Ushbu asar jamlanmasi Samsung Art Store uchun maxsus tayyorlangan bo‘lib, 16×9 formatga moslashtirilgan va Baskiya merosiga mos ravishda raqamli formatga oʻgirsa boʻladiganlari tanlab olingan.

 

Jan-Mishel Baskiya 20-asrning eng muhim rassomlaridan biri sifatida tanilgan boʻlib, uning asarlari meroslik, oʻziga xoslik va inson hayoti mavzulariga boy. Nyu York shahrida SAMO taxallusi ostida graffiti rassomi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan Baskiya keyinchalik ramziy, mavhum va majoziy uslublarning oʻziga xos aralashmasini varaqqa tushirish uchun anʼanaviy planshetga oʻtadi. Uning qizgʻin ranglar, dinamik shakllar va sirli matnlar bilan ajralib turadigan sanʼat asarlari ijtimoiy kuch tuzilmalari, irqiy tengsizlik va oʻzlikni aniqlashga intilish kabi mavzularni qamrab oladi. Baskiyaning taʼsiri monumental boʻlib, sanʼat olamida uning pop madaniyatiga qiziqishi va oʻzining chuqur neo-ekspressionistik uslubi orqali ijtimoiy muammolarni oʻrganuvchi davomiy merosni qoldirdi.

 

▲ Mitchel Crew (1983), The Frame’da Samsung Art Store orqali koʻrsatilgan

 

2019-yilda tashkil etilganidan beri Samsung Art Store dunyoning eng mashhur muzeylari va taniqli rassomlarining sanʼat asarlarini butun dunyo boʻylab oila xonadonlariga olib kirishga intiladi. Baskiya toʻplamining qoʻshilishi hozirda butun dunyo boʻylab namoyish etilishi mumkin zamonaviy amerikalik rassomlarning kolleksiyasini sezilarli darajada kengaytiradi.

 

“Jan-Mishel Baskiyaning ishlari zamonaviy sanʼat tarixida tubdan ajralib turgani uchun uning eng yorqin asarlari Samsung Art Store’da namoyish etilishi juda muhim edi”, dedi Samsung Art Store global kuratori Darya Grin. “Baskiyaning madaniyatimizdagi muhim oʻrni va dunyoga yetkazmoqchi boʻlgan noyob xabari bugungi kunda ham oʻz qadrini yoʻqotmagan va biz bu xabarni hamma bilan baham koʻrish va uning merosini kengaytirishga yordam berishdan gʻururlanamiz”.

 

Baskiyaning ishlari koʻplab retrospektivlar bilan nishonlangan va butun dunyo boʻylab nufuzli toʻplamlarda, jumladan, Nyu Yorkda Zamonaviy sanʼat muzeyi; Metropolitan sanʼat muzeyi; Uitni Amerika sanʼati muzeyi; Menil kolleksiyasi, Xyuston va Los Anjelesdagi Zamonaviy sanʼat muzeylarida saqlanadi. Uning ishlari koʻcha sanʼati va yuksak sanʼat oʻrtasidagi koʻprikni oʻzida mujassam etibgina qolmay, jamiyat meʼyorlarini sinashga kirishuvchi asarlari yangi avlodlarni ilhomlantirishda davom etmoqda.

 

 

Dunyo boʻylab rassomlar va muassasalarning minglab asarlarini oʻrganish yoʻlida

Sanʼat shinavandalari ushbu yangi Baskiya asarlari bilan bir qatorda Dali va Van Gog kabi rassomlarning minglab sanʼat asarlarini Samsung Art Store’da[1] kuzatishlari, ularni shu zahoti The Frame’da namoyish qilishlari mumkin. Bundan tashqari, Samsung Art Store’da siz yirik global muassasalarning asarlarini topa olasiz. Metropolitan sanʼat muzeyi, Teyt kolleksiyasi, Tayvandagi Milliy saroy muzeyi, Madriddagi Prado muzeyi va Venadagi Belvedere muzeyi shular jumlasidan.

 

Samsung ham yaqinda The Frame mahsulotlarini yangiladi va ushbu yangi modellarni endilikda sotib olish mumkin. 2024-yilgi toʻplamda har bir sanʼat asari yanada realroq koʻrinishi uchun Pantone Art Validated Colors hamda Samsung Art Store’dan olingan muntazam saralangan sanʼat asarlarining bepul toʻplami boʻlgan yangi Samsung Art Store – Streams taklif etiladi. The Frame Art rejimida yanada koʻp energiya tejash orqali ekran yangilanishi chastotasini avtomatik ravishda sozlaydi. Bu sizga energiyani tejash bilan birga yuqori sifatli sanʼat asaridan bahramand boʻlishingizni taʼminlaydi.[2]

 

 

JAN-MISHEL BASKIYA HAQIDA

 

Jan-Mishel Baskiya oʻz avlodining eng taniqli rassomlaridan biri boʻlib, 20-asrning eng muhim sanʼatkorlaridan biri hisoblanadi. Uning sanʼatdagi karyerasi 1970-yillardan 1980-yillargacha 1988-yilda 27 yoshida vafot etguniga qadar davom etdi. Baskiyaning asarlari gʻayrioddiy va xom, rang va kompozitsiyaning dadilligi orqali u bir-biriga qarama-qarshi boʻlib koʻringan tartib va spontanlik, tahdid va aql, shahar tasviri va primitivizm kabi kuchlar oʻrtasida nozik muvozanatni saqlaydi.

 

ARTESTAR HAQIDA

 

Ushbu hamkorlik aloqalari yuqori darajali rassomlar, fotosuratchilar, dizaynerlar va ijodkorlarni taqdim etuvchi Artestar global litsenziyalash va ijodiy konsalting agentligi bilan amalga oshirildi. Artestar brendlarni rassomlar bilan bogʻlaydi va dunyodagi eng taniqli ijodiy hamkorliklarni boshqaradi va kuratorlik qiladi. Batafsil maʼlumot uchun olish uchun Artestar.com saytiga tashrif buyuring.

 

[1]  Art Store’da bitta foydalanuvchi obunasi oyiga 4,99$ yoki yiliga 49,90$ turadi.
[2] Bu funksiya 55 dyuymli va undan katta displeylarda mavjud.

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga