Samsung Art Store (San’at do‘koni) X Prado Muzeyi: Raqamli san’at platformalari ahamiyatiga yaqindan nazar

08/05/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

San’at ixlosmandlari bilan bir qatorda odatiy mijozlar doimo o‘zlarining sevimli rassomlari va san’at kolleksiyalari bilan aloqa o‘rnatish usullarini qidiradilar. Buning aksi ham haqiqat: dunyodagi san’at institulari va muzeylari dunyo bo‘ylab san’at shinavandalari bilan birlashish uchun yangi imkoniyatlarni izlashmoqda.

 

Raqamli platformalarning rivojlanishi bilan san’at olami har qachongidan ham qulayroq bo‘ldi. Samsung Art Store ushbu inqilobning oldingi safida bo‘lib, san’at ixlosmandlariga o‘z uylarida qulay sharoitda ajoyib san’at asarlarining keng kutubxonasidan bahramand bo‘lishlari uchun platformani taqdim etadi.

 

Samsung nashri “Museo Nacional Del Prado Difusion” (Museo del Prado tijorat kompaniyasi) bosh menejeri Kristina Alovisetti bilan shaxsiy san’at tajribasi va raqamli displeylar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganish uchun suhbatlashdi. Prado muzeyi eng mashhur san’at galereyalaridan biri va Art Store’ning eng uzoq muddatli hamkorlaridan biridir.

 

Ushbu savol-javobda biz san’at ixlosmandlari va institulari raqamli san’at platformalaridan qanday foyda olishlari mumkinligi va oxir-oqibat, shaxsiy san’at tajribasi va yangi texnologiyalarning birlashuvi rassom va ijodkorlar uchun qanday yangi yondashuv imkoniyatlariga turtki bo‘lishi haqida gaplashamiz.

 

Prado Milliy muzeyi

 

 

 

 

Samsung Art Store X Prado Museum: Uzoq muddatli hamkorlik

 

 

Savol: Hamkorlik bilan tanish bo‘lmaganlar uchun bizga Museo Nacional Del Prado va o‘zingizning muzeydagi o‘rningiz haqida biroz ma’lumot bera olasizmi?

 

Prado muzeyi dunyodagi eng nufuzli san’at galereyalaridan biridir. Uning doimiy kolleksiyasi Yevropa san’ati va uning Velaskes, Bosch, Rubens va Titian kabi taniqli rassomlari evolyutsiyasini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Muzeyning xalqaro miqyosda ekani uning boshqa xalqaro institutlar bilan hamkorligi bilan, shuningdek, global raqamli o‘rni uning veb-sayti, shu jumladan, ijtimoiy media kanallari va ilovalari bilan yaqqol namoyon boʻladi.

 

Muzey tijorat kompaniyasining bosh menejeri sifatida men ushbu muassasa 2006-yilda tashkil etilganidan beri uning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Kompaniyamizning asosiy maqsadi “Museo del Prado” brendini, uning kolleksiyasini targ‘ib qilish va intellektual mulk huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va shu bilan birga muzeyning moliyaviy fondi rivojlanishiga hissa qo‘shishdir. Biz kengroq auditoriyani qamrab olishga yordam beradigan hamkorlikni o‘rnatgan holda izchil va mustahkam o‘ziga xoslik yaratishga intilamiz.

 

 

 

Savol: Samsung Art Store bilan hamkorlik qanday paydo bo‘lganini va siz bu hamkorlikdan qanday foydalarni ko‘rayotganingiz haqida bizga ko‘proq so‘zlab bera olasizmi?

 

Biz Samsung Art Store bilan hamkorlikni Samsung Electronics Ispaniya jamoasi taklifiga binoan galereya loyihamizning tashkil qilinganida boshladik. Biz 2017-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan Frame hamkorligining ilk taqdimotida ishtirok etish baxtiga muyassar boʻldik. Oʻshandan beri biz hamkorlikni yangilab, boyitib, birga ishlashda davom etyapmiz.

 

Men Art Store san’at asari va unga mas’ul muassasalarni qadrlaydigan to‘g‘ri o‘ylangan va hurmatga sazovor konsepsiya ekanligiga ishonaman. Bu bizning kundalik hayotimiz va odatlarimiz bilan uzluksiz uyg‘unlashadigan raqamli taraqqiyotni ifodalaydi. Ushbu platforma yordamida san’atni qulay va oson tarzda kashf qilishim va qadrlashim mumkin. Shu bilar birga, rassomlar va ularning ishlari haqida bilib olaman va o‘z kashfiyotlarimni boshqalar bilan baham ko‘rishim mumkin, Bu foydalanuvchilar uchun ham katta foyda keltiradi.

 

 

 

 

 

San’at platformalarining hozirgi holatini baholash

 

 

Savol: Raqamli san’at platformalari foydalanuvchilarga uyidan turib san’at asarlariga egalik qilish va ularni qadrlashning oson va qiziqarli usullarini taqdim qilgani uchun ommalashmoqda. Bu jarayon qanday yo‘nalishda ketmoqda va bu san’at sohasiga qanday ta’sir qiladi deb o‘ylaysiz?

 

Samsung Art Store — bu innovatsion platforma bo‘lib, u foydalanuvchilarga o‘z uylarida turib san’at asarlaridan bahramand bo‘lish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos usulini taklif etadi. San’at asarlari, rasmlar, fotografiya va boshqa ko‘plab narsalarni tomosha qilish platformasini taqdim etish orqali Art Store kolleksionerlarga san’atga egalik qilish va uni qadrlashni osonlashtirdi.

 

Ushbu texnologiya odamlarga san’atdan foydalanish va shug‘ullanish uchun yangi yo‘llarni taqdim etish orqali san’at sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Art Store shaxsiy muhit bilan integratsiya qilish va san’at kolleksionerlariga o‘z kolleksiyalarini namoyish qilish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etish salohiyatiga ega.

 

Umuman olganda, Samsung Art Store kabi raqamli san’at platformalarining tobora ommalashib borishi san’at sohasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, bu esa san’atni kengroq auditoriya uchun qulayroq va qiziqarli qilish imkonini beradi.

 

 

 

Savol: San’at asarini galereyada jonli ko‘rsatish va The Frame orqali raqamli ko‘rinishda namoyish qilish o‘rtasida qanday farqlarni ko‘rasiz?

 

Bu ajoyib savol. Birinchidan, shuni ta’kidlash kerakki, biz san’at asarlarining o‘zini emas, balki ularning tasvirlarini namoyish qilish haqida gapiryapmiz. Tomoshabinning san’at asarini qanday his qilishi asarning asl asar bilan bir xil his-tuyg‘ularni uyg‘ota olishiga bog‘liq bo‘ladi. Raqamli displeylar Velaskes rasmini shaxsan ko‘rish tajribasining o‘rnini bosa olmasa-da, san’at asarlarining yuqori sifatli tasvirlari bazasiga kirish va o‘z uylarimizda namoyish qilish qulayligini taklif etadi.

 

Bundan tashqari, raqamli san’at asarlarini xuddi mebel yoki dekorativ obyektlar kabi yashash joylarimizga integratsiyalash imkoniyati san’atni qanday idrok qilishimiz va qadrlashimiz uchun yangi makon yaratadi. U bizning kundalik hayotimizda san’atdan zavqlanish va baham ko‘rish uchun yangi imkoniyatlarni taklif etadi va bu ajoyib.

 

 

 

Savol: Odamlarning muzeyning onlayn kolleksiyalaridan foydalanishida biror-bir e’tiborga molik tendensiya yoki holatlarni kuzatdingizmi?

 

Art Store’da namoyish etilgan tasvirlarga jamoatchilik qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rish hayratlanarli. Tomoshabinlarni estetika va boshqa ommaviy axborot vositalari taʼsir koʻrsatayotgan zamonaviy tendensiyalar jalb etayotganga oʻxshaydi, bizning muzeyli doʻkonlarimizda kuzatilayotgan xaridlar modeli shuni aks ettirmoqda.

 

 

 

Savol: Kolleksiyangizdan hozirda Art Storeda namoyish etilayotgan eng esda qolarli asarlarni biz bilan baham kora olasizmi?

 

Bu yerda bir qancha oʻn yilliklarni qamrab oluvchi turli xil rassomlarning turfa xil uslublar va mavzularda yaratilgan asarlarning eng saralab olinganlari mavjud. Ushbu asarlar sanʼat goʻzalligi va boyligiga nazar tashlashni taklif etgan holda kuchli portretlar va afsonaviy raqslardan tortib gul kataloglarining nafis detallarigacha keng qamrovli mavzularni namoyish etadi.

 

Las Meninas (1656) Diego Rodríguez de Silva y Velázquez tomonidan ishlangan (detallashtirish uchun qirqilgan)

 

 

Las Meninas, shubhasiz, Prado muzeyining eng mashhur kartinasi va Velaskesning eng mashhur asaridir. Bu asar Velaskez san’atining o‘ziga xosliklarini juda yaxshi ifodalaydi. Madriddagi Al-Qasr saroyining katta bir xonasida biz infanta Margaritani koʻramiz, uning detallashtirilgan shaklini mana shu tasvirda tomosha qilishimiz mumkin: unda u ikkita freylina yoki menin atrofida turibdi.

 

Rasm turlicha talqin qilinadi. Infanta Margaritaning markazdaligi, qirol va malikaning oynada aks etishi siyosiy va sulolaviy ahamiyatga ishora qiladi. Velaskesning qirol, malika va infanta atrofida bo‘lishi hamda uning ijtimoiy mavqeining atributlari sifatida Santyago unvoni medali va qirollik xonadoni boshqaruvchisi kalitini osib yurishi uning va rasmning e’tiborga loyiqligini tasdiqlaydi.

 

Yerdagi lazzatlar bog‘i (1490-1500) Iyeronim Bosx triptixi

 

 

Ufqda dunyoning to‘rt daryosi joylashgan Markaziy panel Yerdagi holatni aks ettiradi. Chiroyli yalang‘och ayollar va qizil mevalar qatori bilan ifodalangan shahvoniy xohish insoniyatning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Insoniyat instinktiv va ongsiz ravishda yengiladigan turli xil dunyo lazzatlari ushbu asarda ramziy yoki aniq tasvirlangan. Markaziy panelda hislarni aldaydigan shahvat gunohi evaziga berilgan soxta jannat tasvirlangan.

 

Mifologik obrazlar va qishloq aholisi raqsi (1630-1635) Piter Paul Rubens

 

 

Bir guruh dehqonlar daraxtda fleytachi hamrohligida boshqarib bo‘lmaydigan vasvasa holatida raqsga tushishmoqda. Ushbu sahna Italiyani eslatuvchi manzarada sodir boʻlmoqda, ayniqsa orqa fondagi koshona shakllari Andrea Palladioni eslatadi.

 

 

Gulxayri (1872-1873) Maria Fortuni Marsal (detallashtirish uchun qirqilgan)

 

 

Fortuni o‘z asarlarida ochilgan gullarni tasvirlashni yoqtirardi. Ularning ranglariga mahliyo bo‘lgan holda u ularni alohida o‘rgangan. Yoqimli tuslari va poyalarining nafis vertikalligi tufayli uning eng sevimli guli gulxayri edi, bunga bu yerda ishlatilgan format bilan urg‘u berilgan. Orqa fon ochiqligi sababli ularning tojlari noaniq bo‘shliqda, turli darajadagi ranglar bilan suzib yurganday go‘yo, rasmning ba’zi joylarida esa yer qatlami ko‘rinadi.

 

 

 

 

San’at va texnologiya kesishuvini tadqiq qilish

 

 

Savol: Sizningcha, so‘nggi texnologik yutuqlar rassomlarga, ularning ijodiy jarayoniga va tugallangan san’at asariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

 

Fikrimcha, rassomlar yangi texnologik vositalarning butun olami bilan tanishdilar, bu ularning ijodiy jarayoniga individual qiziqishlarga qarab turli darajada ta’sir qilishi mumkin. Ajoyib asarlar yaratish uchun raqamli vositalarni qabul qilgan ba’zi zo‘r rassomlar bor. O‘ylashimcha, bu yutuqlar rassomlar uchun xoh yangi san’at asari bo‘lsin, xoh hamkorlik asari yoki ikkalasi — cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi.

 

 

 

Savol: Kengroq auditoriyaga san’atni yanada ko‘proq yetkazish uchun texnologiyadan qanday foydalanish mumkin?

 

Shubhasiz, raqamli texnologiya san’atning turli tillarda va kontekstlarda qadrlanishiga imkon berib, jismoniy makonlardan tashqarida san’at asaralarining yetib borishini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatiga ega. Misol uchun, ko‘rgazmalarda qatnasha olmaydigan ko‘p odamlar raqamli formatda ko‘rish orqali san’at asarlarini qadrlashlari mumkin. Bundan tashqari, Samsung Art Store kabi raqamli san’at platformalari odamlarga uyda o‘zlarining “kolleksiyalarini” yaratishga imkon beradi, bu esa san’atni kengroq auditoriya uchun yanada qulayroq va inklyuziv qiladi.

 

 

Prado muzeyi kolleksiyasi bilan batafsil tanishish uchun The Frame‘dagi Samsung Art Store’ga tashrif buyuring.

Korporativ > Dizayn

Korporativ > Odamlar va madaniyat

Pressa uchun > Savol-javob

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga