Samsung CES 2026 koʻrgazmasida bir qator texnologik forumlarga mezbonlik qiladi

24/12/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Forum muhokamalarida AI, maishiy texnika, xizmatlar va dizayn sohalaridagi soʻnggi tendensiyalarni oʻrganish uchun texnologiya sanoatining turli sohalaridan ekspertlar guruhi ishtirok etadi

 

 

Samsung Electronics   CES 2026 koʻrgazmasida sanoat tendensiyalarini yoritish hamda oʻzining AI’ga oid qarashlari va strategiyasini namoyish etish maqsadida toʻrtta moderatsiyalanadigan texnologik forum panel muhokamalarini oʻtkazishini eʼlon qildi.

 

Samsung texnologik forumlari 5–7-yanvar kunlari Wynn Las Vegas mehmonxonasidagi Latour Ballroom zalida joylashgan Samsung’ning maxsus koʻrgazma maydonida boʻlib oʻtadi. Kompaniya AI, maishiy texnika, xizmatlar va dizaynni qamrab oluvchi jami toʻrtta moderatsiyalanadigan panelni oʻtkazadi. Har bir sessiyada mavzu boʻyicha Samsung rahbarlari, hamkorlar, akademiklar, ommaviy axborot vositalari vakillari va sanoat tahlilchilari ishtirok etadilar:

 

  • Hammasi oʻz oʻrniga tushganda: ochiq ekotizimlar qanday qilib samarali AI’ni taqdim etishi haqida (5-yanvar, 22:00) — Yunxo Choy, raqamli maishiy texnika biznesi, Samsung Electronics (Home Connectivity Alliance raisi)

 

Tavsif: hamkorlik qiluvchi aqlli uy innovatorlari tarmoqlararo sheriklik zarurati va ahamiyatli aqlli uy texnologiyalarining kundalik hayotga singib ketishi uchun nimalar kerakligi haqida ochiq munozara oʻtkazadilar.

 

 

  • Texnologiya ishonchlimi? AI davrida xavfsizlik va maxfiylikni qayta koʻrib chiqish haqida (6-yanvar, 03:00) — Shin Bayk, AI platformasi markazi guruhi rahbari, Samsung Electronics

 

Tavsif: xavfsizlik va AI boʻyicha ekspertlar ishonch hamda shaffoflik va xavfsiz tizimlar AI qabul qilinishida qanday qilib jiddiy oʻzgarishlarga turtki boʻlishi mumkinligini tahlil qiladilar.

 

 

  • Striming kelajagiga dastlabki nazar: strimingning keyingi toʻlqini televideniyeni qay tarzda qayta belgilayotgani haqida (6-yanvar, 05:00) — Salek Brodskiy, vizual displey biznesi ijrochi prezident oʻrinbosari, Samsung Electronics

 

Tavsif: TV va oʻyin-kulgi soha yetakchilari yanada interaktiv kelajakni shakllantirish uchun strimingning keyingi toʻlqinini, jumladan, reklama bilan qoʻllab-quvvatlanadigan bepul striming televideniyesi (FAST), gibrid modellar va ijodkorlar tomonidan boshqariladigan kanallarni muhokama qiladilar.

 

  • Texnologiyaning insoniy tomoni: sevishga arzigulik kelajakni loyihalash (7-yanvar, 02:00) — Mauro Porchini, prezident va bosh dizayn direktori, DX boʻlimi, Samsung Electronics

 

Tavsif: dizayn yetakchilari texnologiya sanoatini minimalist, texnik koʻrsatkichlarga asoslangan yondashuvlar bilangina cheklanib qolmasdan yangi materiallar, AI va ijodkorlik asosida shakllangan yanada ifodali, odamlarga yoʻnaltirilgan dizaynga intilishga undaydilar.

 

5–7-yanvar kunlari Wynn’dagi Samsung koʻrgazma zonasida namoyish etiladigan texnologiya va kundalik hayotdagi soʻnggi tendensiyalarni qamrab olgan texnologik forum muhokamalari kompaniyaning eng soʻnggi mahsulot innovatsiyalarini toʻldirish vazifasini oʻtaydi.

 

Pressa uchun > Press-relizlar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga