Samsung Disney va Pixar bilan hamkorlikda “Inside Out 2” filmining chiqishini nishonlaydigan yangi kampaniya videosida Bespoke AI Laundry Combo™ni targʻib qiladi

13/06/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Yangi hamkorlik film orqali namoyish etiladi: Samsung‘ning soʻnggi kir yuvish mashinasi xususiyatlari qanday qilib bizni kir yuvishdagi stressdan xalos qilishi haqida

“Inside Out 2” 14-iyunda kinoteatrlarda namoyish etiladi

 

Kirlarni yuvish baʼzan juda qiyin boʻlishi mumkin. Ranglarni, kattalar va bolalar kiyimlarini ajratish, kiyimdagi yuvish tartibi yorliqlarini oʻqish va tushunish, turli xil yuvish vositalari va matolarni yumshatuvchi vositalarni tanlash haqida bosh qotirish… hammaga ham yoqmaydi.

 

28-may kuni chiqarilgan yangi kampaniya videosida Samsung Bespoke AI Laundry Combo™ bizni kundalik uy yumushlaridan qanday xalos etishini koʻrsatadi. Video Disney va Pixar bilan hamkorlikda ishlangan va unda 14-iyunda kinoteatrlarda chiqadigan “Inside Out 2” qahramonlari namoyish etilgan.[1]

 

Kampaniya videosida odamlar AI EcoBubble™ kabi funksiyalarga ega Samsung’ning Bespoke AI Laundry Combo™ kir yuvish mashinasini xarid qilishsa, qancha-qancha yoqimsiz holatlardan qutulishi haqida gʻaroyib namoyish koʻrsatiladi.[2] “Inside Out 2” yangi “His-tuygʻu”larni taqdim etadi: “Xavotir”, “Uyat”, “Qayg‘u” va “Hasad”. Bosh qahramon Rayli esa 13 yoshga toʻlganda navbatdagi qiyinchiliklarga duch kelishi hikoya qilingan.

 

 

“Disney va Pixar’ning ‘Inside Out 2’ filmi bilan hamkorlikda biz yangicha gʻoyalarni kashf etdik. Xususan, hikoya qilishning yangicha usullarini oʻylab topdik” — dedi Samsung Electronics prezident oʻrinbosari Jinni Jung va qoʻshimcha qildi — “Biz isteʼmolchilarga Bespoke AI Laundry Combo™ning afzalliklarini taqdim etishda davom etamiz. Umid qilamizki, bu ularga turli vaziyatlarda gʻamxoʻr boʻladi”.

 

Fevral oyida sotuvga chiqarilgan Bespoke AI Laundry Combo™ Koreyada juda mashhur boʻldi. Mahsulot chiqarilgach, dastlabki uch kun ichida 1000 ta mashina sotildi va u Koreya bozorida ilk bor 10,000 dan ortiq sotuvni qayd etgan issiqlik nasosiga asoslangan kir yuvish mashinasi deb tanildi.

 

Bespoke AI Laundry Combo™ mashinasi kir yuvish jarayonini tubdan oʻzgartiradi. Bu mashina kir yuvish va quritish funksiyalarini oʻzida birlashtirgani sabab kirlarni u yoqdan bu yoqqa olib oʻtishga hojat qolmaydi va natijada 40% gacha joy tejaladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar Bespoke AI Laundry Combo™ va boshqa SmartThings’ga ulangan maishiy texnikalar holatini AI Home orqali kuzatishlari mumkin. AI EcoBubble™ kirlarning vazni, ifloslanish darajasi va materialini aniqlaydi va AI Wash & Dry™ va Bedding sikllarida qanchalik kir yuvish vositasini qoʻshishni va yuvish vaqtini optimallashtirish orqali kir yuvishni yanada samaraliroq qiladi. Shuningdek, AI Energy Mode[3] yuvishda energiya sarfini 60% gacha va quritishda 30% ga kamaytiradi.[4]

 

Shuningdek, POS (sotish nuqtasi) va POP (sotib olish nuqtasi) kobrending asosida Disney va Pixar’ning “Inside Out 2” filmidagi hamkorligi global chakana savdo nuqtalarida qiziqarli merchlarni ham sotuvga qoʻyadi.

 

“Inside Out 2” 14-iyunda dunyo kinoteatrlarida namoyish etilishidan oldin kampaniya videosi Samsung’ning YouTube, Instagram, TikTok va Facebook kanallarida chiqariladi.

 

“Inside Out 2” haqida

 

Disney va Pixar’ning “Inside Out 2” filmi oʻspirin Rayli haqida hikoya qiladi. Shtab-kvartira kutilmagan voqealarga rivoj beruvchi portlashdan keyin yangi “His-tuygʻu”lar vujudga keladi. “Quvonch”, “Xafalik”, “Gʻazab”, “Qoʻrquv” va “Jirkanish” uzoq vaqt muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelar ekan, “Xavotir”, “Hasad”, “Qayg‘u” va “Uyat” paydo boʻlgach, ular oʻzlarini qanday his qilishni bilmay qolishadi. Ovoz aktyorlaridan Amy Poehler, Maya Hawke, Kensington Tallman, Liza Lapira, Tony Hale, Lewis Black, Phyllis Smith, Ayo Edebiri, Lilimar, Grace Lu, Sumayyah Nuriddin-Green, Adèle Exarchopoulos, Diane Lane, Kyle MacLachlan, Paul Walter Hauser va Yvette Nicole Brown’lar qatnashgan. “Inside Out 2” filmi rejissyori Kelsey Mann, prodyuseri Mark Nielsen va ijrochi prodyuserlari Pete Docter, Jonas Rivera va Dan Scanlon. Meg LeFauve va Dave Holstein ssenariysi va Mann va LeFauve hikoyasi. Musiqa Andrea Datzman tomonidan taqdim etilgan boʻlib, mazkur yangi film kinoteatrlarda 2024-yil 14-iyunda chiqadi.

 

 

[1] “Inside Out 2” chiqarilish sanasi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

 

[2] AI EcoBubble™’ning aniqlash va sezish imkoniyatlari faqat AI Wash & Dry™ va Bedding sikllari uchun mavjud va ular oldindan belgilangan maʼlumotlar toʻplamidan foydalangan holda oʻqitilgan chuqur oʻrganish modellarimizga asoslanadi va noaniq yoki notoʻgʻri natijalar berishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan uning aniqligini oshirish uchun oʻquv modellarimizga yangi maʼlumotlar toʻplamlari kiritilishi mumkin.

 

[3] Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.

 

[4] Sinovlarimiz KATRI (Korea Apparel Testing Institute) tomonidan tasdiqlangan. Natijalar amaldagi muhitga qarab farq qilishi mumkin.

Qurilmalar > Uy uchun

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga