Samsung Electronics AI-RAN Ittifoqiga SI va 6G innovatsiyalariga rahbarlik qiluvchi tashkiliy a’zo sifatida qo‘shiladi

28/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

Kompaniya SI va simsiz aloqa sohalaridagi yutuqlari va obro‘si orqali 6G texnologiyasining kelajagini shakllantirishga yordam beradi

 

Samsung Electronics AI-RAN [1] Ittifoqida tashkiliy a’zo sifatida ishtirok etishini e’lon qildi va uning maqsadi Sun’iy Intellekt (SI) va simsiz aloqa texnologiyasini birlashtirib, 6G innovatsiyalarini ilgari surishdir.

 

Bugun Mobile World Congress (MWC) Barcelona 2024 da rasman tashkil etilgan AI-RAN Ittifoqi AI va simsiz aloqa konvergensiyasini va tegishli kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali yetakchi texnologik innovatsiyalarni jonlantirishga qaratilgan tashkilotdir. Ittifoqda jami o‘n bitta tashkilot — Samsung, Arm, Ericsson, Microsoft, Nokia, NVIDIA, SoftBank va Northeastern University tashkiliy a’zolar sifatida ishtirok etmoqda. Mazkur yangi ta’sis etilgan ittifoq innovatsion yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 6G davriga tayyorgarlik ko‘rish yo‘lida ushbu texnologiyalarni tijoriy mahsulotlarda qo‘llash bo‘yicha hamkorlik qiladi.

 

“6G davrida vujudga kelayotgan yangidan yangi xizmatlar odamlarning texnologiya bilan o‘zaro munosabatini yangi bosqichga olib chiqadi va sun’iy ong bu tendensiyaning ajralmas qismiga aylanadi”, dedi Samsung Research America’ning katta prezident o‘rinbosari Charli Chjan. “AI-RAN Ittifoqi hamkorlikni rivojlantiradi, innovatsiyalarni rag‘batlantiradi va AI va 6G tarmoqlari atrofidagi taraqqiyotning yangi davrini boshlab beradi. Ushbu koalitsiya a’zolari sifatida biz AI’ga asoslangan keyslar va innovatsiyalar foydalanuvchilar va operatorlar uchun yangi imtiyozlar yaratishiga ishonamiz.”

 

AI-RAN Ittifoqi turli sohalarda qo‘llaniladigan sun’iy ong va simsiz aloqa texnologiyalarini birlashtirish, ekotizim yaratish va pirovard natijada yangi korxonalar uchun imkoniyatlarni kengaytirishni maqsad qilgan. Shu maqsadda u texnik tadqiqotlar olib boradigan uchta ishchi guruhini tuzdi: RAN uchun SI, SI va RAN, RAN’dagi SI. RAN uchun SI RAN spektrini, narxini va energiya samaradorligini oshirish uchun AI/ML [2] dan foydalanadigan texnologiyaga e’tibor qaratadi. SI va RAN resurslarni samarali boshqarish va infratuzilmadan maksimal darajada foydalanish uchun sun’iy ong va radio tarmoqlarini konvergensiyalash texnologiyasiga e’tibor qaratadi. RAN’dagi SI simsiz tarmoqlarda yangi SI ilovalari va xizmatlarini kashf etishga qaratilgan. Ushbu faoliyat natijalari (texnik hisobotlar va oq qog‘ozlar) kelajakda 6G texnologiyasini standartlashtirish va tijoratlashtirishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda. Bu yangi xizmatlarni kashf qilish, texnik talablar va spetsifikatsiyalarni aniqlashni o‘z ichiga oladi.

 

Samsung ushbu ittifoq faoliyatidan foydalangan holda sun’iy ongni simsiz aloqa texnologiyasi bilan uyg‘unlashtirgan texnologik konvergensiya va xizmat ko‘rsatish innovatsiyalariga rahbarlik qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, 6G ekotizimida yetakchilik qilishda davom etmoqchi. Yarimo‘tkazgichlar, sun’iy ong qurilmasi va dasturiy ta’minot texnologiyalari, simsiz aloqa tizimlari va terminallarni o‘z ichiga olgan sun’iy ong va simsiz aloqa yechimlari bo‘yicha o‘zining sohadagi obro‘yidan foydalangan holda kompaniya ushbu yetakchilikka erishishni maqsad qilgan.

 

Samsung Research dastlab 2019-yilning may oyida Ilg‘or aloqa tadqiqot markazini (ACRC) tashkil etish orqali 6G texnologiyalarini rivojlantirishga boshchilik qildi. O‘shandan buyon Samsung Research 2020-yilning iyul oyida 6G oq qog‘ozi va 2022-yilning may oyida 6G spektrumi oq qog‘ozini nashr etish orqali o‘zini 6G tadqiqotining ilk yetakchisi sifatida ko‘rsatdi. 2022-yilning may oyida Samsung kompaniyasi yangi avlod aloqa tadqiqotlari va ishlanmalarida o‘zining yetakchiligini namoyish etgan Samsung 6G ochilish marosimi forumini o‘tkazdi.

 

Samsung Research o‘zgaruvchan telekommunikatsiya sanoati landshaftiga moslashish uchun o‘zining 6G texnologiyasi strategiyasini doimiy ravishda rivojlantirib kelgan. Xususan, AI-RAN Ittifoqi bilan bog‘liq holda Samsung Research SI’ga asoslangan texnologiyalargina kelajakdagi 6G tarmoqlarining asosiy atributi bo‘la oladi deb biladi. Samsung Research sun’iy ong 6G tizimi funksionalligining tabiiy qismi sifatida kelajakdagi tarmoq tizimlarining sig‘imi va qamrovini sezilarli darajada rivojlantirishi, ularni to‘liq avtomatlashtirishi va energiya tejashda katta yutuqqa erishishimizga ishonadi. Kelgusida Samsung Research yangi avlod aloqa tizimlarini muvaffaqiyatli ishga tushirish va tijoratlashtirish maqsadida innovatsiyalarga rahbarlik qilishda davom etadi.

 

AI-RAN Ittifoqi haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun https://ai-ran.org/ saytiga tashrif buyuring.

 

 

[1] AI-RAN qisqartmasi sunʼiy ongli radio kirish tarmogʻi degan maʼnoni anglatadi.

 

[2] AI/ML qisqartmasi sunʼiy ong va mashina oʻrganuvi degan maʼnoni anglatadi.

Pressa uchun > Press-relizlar

Korporativ > Texnologiyalar

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga