Samsung Electronics dunyoda birinchi marta DUCD spetsifikatsiyasiga asoslangan uglerod chiqindilarini kamaytirish samaradorligi amaliy ekanligini tasdiqladi

19/12/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Bu tasdiq DUCD kotibiyati tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmaga asoslangan boʻlib, u oʻzaro ulangan qurilmalardan foydalanishda uglerod chiqindilarini oʻlchash, kuzatish va kamaytirish boʻyicha birinchi sanoat standartini belgilaydi

Samsung AI Energy rejimi DUCD tomonidan chiqarilgan spetsifikatsiya asosida tasdiqlanishi uning kir yuvish mashinalaridagi uglerod chiqindilarini kamaytirish samaradorligini namoyish etadi

 

Bugun Samsung Electronics muayyan kir yuvish mashinalaridagi AI Energy rejimining[1] uglerod chiqindilarini kamaytirish samaradorligi Carbon Trust Assurance tomonidan “Oʻzaro ulangan qurilmalardan foydalanish bosqichini dekarbonizatsiya qilish” (Decarbonizing the Use-Phase of Connected Devices — DUCD) spetsifikatsiyasiga asosan tasdigʻini eʼlon qildi. Shuningdek, bu biror bir mahsulot yoki funksiya birinchi marta DUCD spetsifikatsiyasi yordamida validatsiya qilinganligini anglatadi. Ayniqsa, bu foydalanish bosqichida AI Energy rejimi orqali erishilgan issiqxona gazlari (GHG) chiqindilarining kamayish samarasi uchinchi tomondan tasdiqlangani tufayli ham katta ahamiyatga ega.

 

“Biz mahsulot va xizmatlarimizni atrof-muhit omillarini hisobga olgan holda loyihalashtirishda davom etamiz, — dedi Samsung Electronics’ning raqamli maishiy texnika (DA) biznesi R&D (Tadqiqot va rivojlantirish) guruhi rahbari va ijrochi prezident oʻrinbosari Jong Sing Mun. — AI Energy rejimi bunday saʼy-harakatlarning yorqin namunasidir va uning samaradorligi tan olingan ushbu tasdiq bilan biz mahsulotlarimiz, funksiyalarimiz va xizmatlarimizni ulardan amaliy foydalanish davomida yanada takomillashtirishga intilamiz”.

 

Samsung’ning uzoq yillik saʼy-harakatlari

 

Samsung uzoq vaqtdan beri maishiy texnikadan hosil boʻladigan uglerod chiqindilarini oʻlchash va nazorat qilish uchun tartib va tizimli koʻrsatkichlarni yoʻlga qoʻyish ustida ishlab kelmoqda. Ushbu saʼy-harakatlarning bir qismi sifatida kompaniya 2022-yil sentyabr oyida DUCD tashabbusiga kotibiyat aʼzosi sifatida qoʻshildi.

 

DUCD tashabbusi global iqlim konsaltingi boʻlgan Carbon Trust tomonidan boshqariladi. U iqlimga oid ijobiy harakatlarni amalga oshirish uchun bizneslar, hukumatlar va moliya institutlari bilan hamkorlik qiladi. Boshqa sanoat yetakchilari bilan hamkorlik orqali u oʻzaro ulangan qurilmalardan energiya isteʼmoli va tejamkorligini oʻlchash usullarini standartlashtirishni hamda Wi-Fi tarmogʻiga ulangan qurilmalarning uglerod tejamkorligini hisoblash boʻyicha global metodologiyalarni yaratishga hissa qoʻshishni maqsad qilgan.

 

2024-yil noyabr oyida tashabbus oʻzaro ulangan qurilmalar uchun yagona oʻlchov mezonlari va kamaytirish metodologiyalarini belgilovchi global spetsifikatsiyani nashr etdi. Ushbu yondashuv isteʼmolchining amaldagi foydalanish bosqichida yuzaga keladigan uglerod chiqindilarining kamayishini oʻlchaydi va bu anʼanaviy ravishda qoʻllaniladigan ishlab chiqarish jarayonidagi uglerod chiqindilarini oʻlchash yoki kamaytirishdan farq qiladi.

 

AI Energy rejimi bilan uglerod chiqindilarining kamayishi tasdigʻi

 

Ushbu qoʻllanmadan foydalangan holda Carbon Trust’ning mustaqil kafolat boʻlimi — Carbon Trust Assurance Ltd. Samsung’ning global kir yuvish mashinalari qatorida oʻlchov sinovlarini oʻtkazdi.[2] U 2024-yil iyul va 2025-yil iyun oylari oraligʻida AI Energy rejimidan foydalanilganda va ushbu rejimsiz chiqarilgan uglerod miqdorini taqqoslash orqali AI Energy rejimining samaradorligini tasdiqladi.

 

Samsung’ning muayyan energiya tejamkor kir yuvish mashinalari uchun SmartThings platformasidan[3] foydalangan holda umumiy energiya isteʼmoli ushbu vaqt oraligʻida[4] 12.28 Gigavatt/soatni tashkil etgani va bu 5,266 tCO2e (karbonat angidrid ekvivalenti)ga teng ekanligi Carbon Trust Assurance Ltd. tomonidan “DUCD 1-qism: spetsifikatsiya va qoʻllanma”ga muvofiq tasdiqlandi. Tasdiqlangan 5.02 Gigavatt/soat umumiy energiya tejami va issiqxona gazlari chiqindilarining 2,084 tCO2e miqdoridagi tejami AI Energy rejimi tufayli boʻlgan.[5]

 

Ushbu energiya tejamkorligi darajasi taxminan 169,000 ta xonadonning bir kunda foydalanishi mumkin boʻlgan elektr energiyasi miqdoriga toʻgʻri keladi (AQSHdagi oʻrtacha turar-joy elektr energiyasi isteʼmolchisi kuniga taxminan 29.54 kVt/soat energiya isteʼmol qilishini hisobga olganda).[6]

 

Shu bilan birga, kompaniya kelasi CES 2026 koʻrgazmasida ishtirok etadi va u yerda oʻzining energiya tejovchi yechimlari hamda innovatsion yangi mahsulotlarini namoyish etadi.

 

[1] Android va iOS qurilmalaridagi SmartThings ilovasida SmartThings Energy orqali AI Energy rejimi faollashtirilishi kerak. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkaunti talab qilinadi.

[2] Barcha tegishli kir yuvish mashinasi modellari roʻyxati va mahsulotning butun hayot sikli davomidagi uglerod qoldigʻini https://www.samsung.com/global/sustainability/digital-library/policy-document/ manzilidan topish mumkin.

[3] Tasdiqlash muayyan mamlakatlarda eng yuqori energiya samaradorligi darajasiga yoki uning ekvivalentiga ega boʻlgan Samsung kir yuvish mashinalariga asoslangan. Masalan (faqat shular bilan cheklanmagan holda): Energy Star (AQSH), Grade 1 (Koreya) va A (Yevropa Ittifoqi).

[4] Tasdiqlash 2024-yil iyuldan 2025-yil iyungacha boʻlgan davrda global miqyosda kamida bir marta AI Energy rejimiga ulangan Samsung kir yuvish mashinalariga asoslangan.

[5] Xuddi shu vaqt oraligʻida (2024-yil iyul – 2025-yil iyun) barcha faol qurilmalarda AI Energy rejimi yoqilgan va AI Energy rejimi oʻchirilgan holatlar solishtirilgan.

[6] Manba: AQSH energetika maʼlumotlari boshqarmasi (tez-tez soʻraladigan savollar (FAQ) – AQSH energetika maʼlumotlari boshqarmasi (EIA)).

Pressa uchun > Press-relizlar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga