Samsung Electronics ketma-ket 15-yil davomida global raqamli displeylar bozorida birinchi oʻrinni egallab kelmoqda
Samsung oʻn yarim yillik bozor yetakchiligini rekordni yangilovchi raqamli displeylar savdosi bilan mustahkamladi
Samsung Electronics bugun Omdia bozor tadqiqot firmasi tomonidan ketma-ket oʻn besh yil davomida 1-raqamli displeylar ishlab chiqaruvchi kompaniya deb eʼlon qilindi va shu tarzda global raqamli displeylar bozorida oʻz yetakchiligini yana bir bor namoyish etdi.[1]
Omdia maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Samsung nafaqat 33% bozor ulushi bilan global raqamli displeylar bozorida yetakchilik qilgan, balki 2 milliondan ortiq mahsulotni ham sotgan. Bu esa kompaniya uchun rekord koʻrsatkichdir.[2]
“15 yil ketma-ket global raqamli displey bozorida birinchi oʻrinni egallash bizning innovatsiyalarga sodiqligimizni va rivojlanayotgan bozor sharoitlari va mijozlarimizning ehtiyojlariga moslashuvchanligimizni aks ettiradi”, dedi Samsung Electronics vizual displey biznesi boʻyicha ijrochi prezident oʻrinbosari Hoon Chung. “Biz mijozlarimizga ularning turli ehtiyojlarini qondiradigan maxsus qurilmalar, yechimlar va xizmatlarni taklif qilish orqali qadr-qimmatlarimizga sodiq qolamiz”.
Samsung Electronics turli xil biznes muhiti ehtiyojlariga javob beradigan turli xil raqamli displey mahsulotlarini muntazam ravishda taqdim etib bormoqda.
- The Wall — micro LED texnologiyasiga ega dunyodagi eng birinchi modulli displey. Oʻzining modulli formati tufayli The Wall mijozlarga displey oʻlchami, nisbati va shaklini taʼb va vaziyatga qarab sozlash imkonini beradi.
- Smart Signage — oʻzining ultra yupqa profili va unifiktasion ramka dizayni bilan ajoyib kontentga shoʻngʻish hissini beruvchi raqamli displey.
- Sport, mashhur doʻkonlar va elektromobillarni quvvatlash stansiyalari uchun moʻljallangan Outdoor Signage. Outdoor Signage mahsulotlar kategoriyasidagi ekranlar har qanday ob-havo sharoitida yorqin tasvirni taʼminlash uchun moʻljallangan.
- Samsung Interactive Displey — taʼlim bozori uchun optimallashtirilgan mazkur elektron doska taʼlim vositalarini har bir oʻqituvchi va talabaning qoʻliga tushishini taʼminlaydi.
The Wall mahsulotlar kategoriyasi kengayishi Samsung innovatsiyalari va yetakchi texnologiyalarining yorqin dalilidir. The Wall All-in-One (Ixcham The Wall) va The Wall for Virtual Production (Virtual ishlab chiqarish uchun The Wall) kabi mahsulotlar gʻoyatda qulayligi va turlicha muhitlarda foydalanish imkonini bergani uchun koʻplab xaridorlarning ishonchini oqlagan boʻlsa, The Wall Dubaydagi Atlantis The Royal va Gavayidagi Hilton Waikiki Beach kabi hashamatli mehmonxonalarning tanloviga aylangan.
Samsung kompaniyasining raqamli displeylar sanoatidagi yetakchiligini kompaniyaning mahsulot va xizmatlar innovatsiyalariga sodiqligi bilan tushuntirish mumkin. Misol uchun, yanvar oyida dunyodagi eng birinchi shaffof Micro LED displeyning taqdim etilishi sanoat mutaxassislari boʻlgan Shimoliy Amerika AV axborot agentligi, rAVe tomonidan “Keyingi aql bovar qilmaydigan LED” va “Eng zoʻr shaffof displey” kabi mukofotlarga sazovor boʻlgan tijoriy displeyining yangi avlodi sifatida qayd etildi.
Yaqinda boʻlib oʻtgan Samsung Visual eXperience Transformation (VXT) platformasining taqdimoti Samsung’ning innovatsiyalarni toʻxtovsiz kashf etishga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Bulutga asoslangan ushbu platforma kontent va masofaviy raqamli displey operatsiyalarini yagona va xavfsiz platformada birlashtirib, foydalanuvchilar uchun uzluksiz ishlash va boshqaruvni taʼminlagan holda apparat taʼminoti bilan cheklanib qolmagan xizmatlar va yechimlarni taklif etadi.
Kelajakka nazar tashlasak, global raqamli displeylar bozori tezkor surʼatlarda oʻsishga moyil ekanligini koʻramiz: ulushlarning kutilayotgan yillik 8% ga oʻsishi bozor hajmi 2027-yilga kelib 24,6 milliard dollarni tashkil etadi, bu esa 2020-yildagi 14 milliard dollardan boshlanadi.[3]
[1] Omdia Q4 2023 ommaviy displeylar hisoboti; Sotish hajmiga qarab. Eslatma: isteʼmolchi televizorlari bundan mustasno.
[2] Omdia Q4 2023 ommaviy displeylar hisoboti; Sotish hajmiga qarab. Eslatma: isteʼmolchi televizorlari bundan mustasno.
[3] LCD va LED raqamli displeylar savdosi daromadiga koʻra. Omdia Q4 2023 ommaviy displeylar hisoboti trekeri (isteʼmolchilar uchun TV bundan mustasno), Omdia Q4 LED Video dispeylar bozori trekeri.
Pressa uchun > Press-relizlar
Qurilmalar > TV va Audio
Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.