Samsung Electronics Uzbekistan va O‘zbekiston Tasviriy San’at Galereyasi “Jonlangan lahza” qo‘shma ko‘rgazmasini taqdim etadi

12/02/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

O‘zbekiston Tasviriy San’at Galereyasi Samsung Electronics Uzbekistan bilan hamkorlikda barchani “Jonlangan lahza” qo‘shma multimedia ko‘rgazmasiga taklif qiladi.

The Frame televizorlarida suratlarning jonlanishi: san’at jonlanganda.

 

2024-yil 22-fevraldan 22-martgacha tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston Tasviriy San’at Galereyasining eksklyuziv maydonida vizual simfoniya olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasi — an’anaviy san’atga innovatsion yondashuv, asarlar animatsiyasi orqali tarixga sho‘ng‘ish. To‘qqiz nafar iste’dodli rassomning O‘zmilliybank kolleksiyasiga kiritilgan asarlari The Frame televizorlari ekranlarida jonlanadi.

 

Jamol Usmonov, Shavkat Hakimov, Muxtor Isanov, Zelimxon Saidjonov, Baxtiyor Obidov, G‘afur Qodirov, Shaxnoz Abdullayeva, Murod Qoraboyev va Baxtiyar Serekeyev kabi ijodkorlar shular jumlasidandir.

 

The Frame interyer televizorlari

 

Ingichka dizaynga ega Samsung The Frame televizori devorga zich taqalib turadi hamda The Frame televizor tomoshasini san’atga aylantiradi.

 

“Surat” rejimi bilan televizoringiz haqiqiy rassomlik polotnosiga aylanadi va televizor tomosha qilmayotganingizda nafis kompozitsiyalarni namoyish etadi. Shaxsiy galereyangizdan ekranga buyuk rassomlarning asarlaridan iborat durdonalarni chiqarishingiz mumkin. U yoqilganida — ajoyib televizor. O‘chirilganida esa — san’at asari!

 

San’at chegaralarni olib tashlab, kundalik hayotingizning bir qismiga aylanadigan noyob tadbirning bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

 

Ko‘rgazmaning ochilish sanasi: 22.02-22.03.2024

 

Manzil: O‘zbekiston Tasviriy San’at Galereyasi, Buyuk Turon ko‘chasi, 2

 

Murojaat uchun telefonlar: 71 209 8015, 71 209 8037

 

Barcha yangiliklar va eksklyuziv yangilanishlardan xabardor bo‘lish uchun quyidagi havolalarni kuzatib boring: Instagram | Telegram

Qurilmalar > TV va Audio

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga