Samsung Galaxydan yangi innovatsiyalarni kutib oling. Kelajakga nazar soling.

30/01/2023
Share open/close
Havola nusxalandi.

Innovatsiyalar va barqaror rivojlanishning birgalikda natijasi o`z ichiga qamrab olgan uzoq yillik tajribasini namoyon etamiz.

 

Yil sayin mobil texnologiyalar kundalik hayotimizning tobora muhim qismiga, hamda innovatsiyalar markaziga aylanib bormoqda.

 

Bu muhim qurilmalar yordamida bir-birimizni o’zaro bog’lovchi, bizni ilhomlantiruvchi hamda unutimas damlarni baxsh etuvchi kontent yaratamiz. Hatto yo’lda bo’lganda ham epik o’yinlar olamiga sho’ng’iymiz. Ish joyimizdan uzoqda bo’lib ham hamkasblar va ish jarayoni bilan aloqada qolamiz. Hayotimizning barcha muhim jabhalarini – sog’lom turmush tarzidan boshlab, uchrashuvlar, xaridlar, sayohat va boshqalargacha barchasini o’zimiz uchun qulay bo’lgan bir joydan boshqara olamiz.

 

Hayotimiz ushbu kundalik hodisalar atrofida o’tadi, shu sababli odamlar o’zlari ishongan va sinovdan o`tgan brend qurilmalariga vazifalarni topshirishni istaydilar. Shu bilan birga, iqlim inqirozi kabi global muammolar bizni qanday yashayotganimizni qayta ko’rib chiqishga majbur qilmoqda. Biz yanada adolatli va barqaror kelajak sari harakatidamiz, hozirgi kun dunyosini yaxshilash uchun o’z hissamizni qo’shishga ma’sulmiz. Biz ishonamizki, mobil texnologiyalar odamlar hayotini boyitish va biz tasavvur qilgan kelajakni yaratishda yordam beradigan katalizator bo’lishi mumkin. Albatta, bu biz Samsung Electronics da bajarayotgan ishlarimiz uchun eng asosiy sababdir.

 

 

Yangi ish standartlarini belgilash

“Samsung”ning ushbu g’oya sari amalga oshirayotgan faoliyatining eng yaqqol misoli — bu Galaxy S seriyasidir. Navbatdagi Galaxy S seriyasi bizning asosiy qadriyatlarimizni ikki karra oshirish evaziga innovatsion merosimizni yanada yuqoriga olib chiqdi.

 

Shuning uchun bizning Pro darajadagi kamera tizimimiz yanada aqlli bo’lib, har qanday yorug’likda Galaxy smartfonlarimiz orasidagi eng yaxshi fotosuratlar va videolarni taqdim qiladi. Texnik va dasturiy ta’minotni optimallashtirish bilan bir qatorda, Samsungning ochiq hamkorlik falsafasidan kelib chiqqan eng yangi protsessori eng tez va eng kuchli Galaxy ish faoliyatini ta’minlaydi. Bizning ekotizimimiz o`z ora bog’lanishi ham har qachongidan ham oson va qulay bo’lib bormoqda.

 

Galaxy S seriyasining cho’qqisida Galaxy S Ultra joylashgan. Bu yangidan tatbiq etilgan sifat ko’rsatkichlari bilan sizga eng yuqori darajadagi foydalanish tajribasini berishiga ishonishingiz mumkin bo’lgan mahsulot.

Biz eng afzal Galaxy Note tajribalarini Ultra da to’liq jamladik, hamda ikki yetakchi Galaxy innovatsiyalarining kuchi, ishlashi va ijodiy imkoniyatlarini o’zida mujassam etgan smartfonni kashf qildik.

 

Galaxy S Ultra haqiqatan ham Samsung Mobile innovatsiyasining cho’qqisiga aylanib, avvalgilardan to’liq ajralib turmoqda. Tez orada biz sizga Ultra yanada ko’proq qurilmalar toifalarida nimalarga qodirligini ko’rsatamiz.

 

 

Davomiy innovatsiyalar

Ish faoliyatining asosida nafaqat kuchning oshishi turadi. Balki, atrof-muhitga past ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan davomiy innovatsiyalar ham bor.

 

Biz iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish g’oyasiga sodiqmiz hamda o’zimiz ishongan texnologiyalarni yanada barqaror qilishga intilyotgan yangi ekologik strategiyamizni ilgari suramiz. Shuning uchun mahsulotlarimizning har bir hayot bosqichiga barqaror rivojlanish g’oyasini singdirdik.

 

Natijada, bu yangilangan chidamlilik va ishonchlilik bilan uzoqroq xizmat qiladigan qurilmalarini yaratishni anglatadi. Yanada ko’proq komponentlarda, yanada ko’proq qayta ishlangan materiallardan foydalanish demakdir. Bu odamlarni birlashitirish hamda insoniyat va sayyoramiz uchun ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida hamfikr sheriklar bilan hamkorlik qilish demakdur.

 

Shubhasiz eng a’lo foydalanish tajribasi

1-fevral kuni Unpacked tadbirida biz innovatsiyalar va barqaror rivojlanishning birgalikdagi ishi natijasi sizga eng a’lo foydalanish tajribasida aks etganini namoyon etamiz.

 

Talablar har qachongidan ham yuqori bo’lgan bir paytda, biz mobil faoliyat tajribasi uchun chegaralarni olib tashladik va pog’onani yanada yuqoriga ko’tarib, siz kelgusi yillar davomida ham yoqtirib foydalanishda davom etadigan eng kuchli mobil tajribalarimizni taqdim etamiz.

Yangi innovatsiyalarni sizga taqdim etish biz uchun sharaf.

 

Samsung Galaxy dan eng a’losini kutib oling, Bugun hamda kelajak uchun yaratilgan

 

Korporativ > Odamlar va madaniyat

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga