Samsung Galaxy S25 modellari haqiqiy AI hamroh sifatida AI telefonlari uchun standartlarni belgilaydi

04/03/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Biz taqdim etadigan eng ilgʻor kontekstdan xabardor va shaxsiylashtirilgan mobil qulayliklarimiz bilan multimodal davrda kashshoflik qilmoqdamiz

 

Samsung Electronics Co., Ltd. bugun Galaxy S25 Ultra, Galaxy S25+ va Galaxy S25 modellarini ommaviy eʼlon qildi, bu orqali eng tabiiy va kontekstdan xabardor mobil qulayliklar bilan haqiqiy AI hamroh sifatida AI telefonlar uchun yangi standartni oʻrnatdi. Bu multimodal AI agentlarini taqdim etgan Galaxy S25 modellari foydalanuvchilarning oʻz telefonlari va atrofidagi dunyo bilan oʻzaro aloqani tubdan oʻzgartirishga qaratilgan Samsung’ning birinchi qadamidir. Galaxy uchun oʻzgacha va maxsus tarzda yaratilgan Snapdragon® 8 Elite mobil platforma chipseti Galaxy AI[1] uchun telefonning oʻzidayoq yanada koʻproq AI hisob-kitoblarini bajarish hamda Galaxy’ning keyingi avlod ProVisual Engine yordamida yuqori darajali kamera diapazoni va imkoniyatlarini taʼminlaydi.

 

“Eng buyuk innovatsiyalar — ulardan foydalanadiganlarning chuqur xohishi tufayli yuzaga keladiganidir. Shu sababdan ham biz har bir kishiga oʻz qurilmalaridan tabiiyroq va oson foydalana olishiga yordam berish va ularning maxfiyligi kafolatlanganiga ishonch hosil qilish uchun Galaxy AI’ni ishlab chiqdik, — dedi Samsung Electronics kompaniyasi prezidenti va Mobil eXperience Business rahbari TM Roh. — Galaxy S25 modellari AI bilan zich integratsiyalashgan OS eshigini ochadi, bu bizning texnologiyadan qanday foydalanish va hayotimizni qanday yashashni tubdan oʻzgartiradi”.

 

 

 

Telefondan foydalanishning biz taqdim etadigan yanada intuitiv va sodda usuli

 

One UI 7[2] bilan Galaxy S25 modellari haqiqiy AI hamrohingiz boʻlib, u sizning ehtiyojlaringiz va afzal koʻrgan narsalaringizni tushunadi va har qadamda maxfiylik bilan shaxsiylashtirilgan AI qulayliklarini taqdim etadi. Bu Android’ni AI bilan integratsiyalashgan operatsion tizim sifatida taqdim qilishda Google bilan hamfikrligimizning boshlangʻich nuqtasi boʻlib, u orqali butun dunyo boʻylab ishlab chiquvchilar va hamkorlarni birlashtiramiz.

 

Multimodal imkoniyatlarga ega AI agentlari Galaxy S25 ga matn, nutq, tasvir va videolarni tushunish va oʻzaro tabiiy muloqot qilish imkonini beradi. Google orqali aylana chizib qidirish[3] yangilanishlari telefon ekranida qidiruvni yanada foydali, tez va kontekstli qiladi. Aylana chizib qidirish endi ekraningizdagi telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va URL manzillarini tezda aniqlaydi va birgina harakat bilan qoʻngʻiroq qilish, elektron pochta xabarini yuborish yoki veb-saytga tashrif buyurish imkonini beradi.

 

Galaxy S25 modellari yordamida siz keyingi bajariladigan qadamlar boʻyicha kontekstdan xabardor takliflar bilan amaliy qidiruvlarni ham amalga oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, Galaxy S25 GIF almashish yoki voqea tafsilotlarini saqlash kabi tezkor amallarni bajarishda ilovalar boʻylab almashishni sezilmas qiladi.

 

Shuningdek, Galaxy S25 tabiiy tilni tushunishda mukammallashgan boʻlib, telefon bilan bajariladigan kundalik ishlarni osonlashtiradi. Endi Samsung galereyasida maʼlum bir fotosuratni oddiy tilda soʻrab, tezda topa olasiz yoki xuddi shu tartibda sozlamalar menyusida displey shriftlarining oʻlchamini sozlay olasiz.

 

 

 

Yon tugmani uzoq bosib turib, Gemini’ni faollashtiring hamda AI bilan Samsung va Google ilovalari, shuningdek, Spotify kabi uchinchi tomon ilovalarida uzluksiz amallarni bajaring. Masalan, sevimli sport jamoangizning joriy mavsumdagi jadvalini topib, uni Samsung Calendar ilovasiga qoʻsha olasiz. Hammasi birgina ogʻzaki buyruq bilan.

 

Ushbu intuitiv amallar Galaxy AI’ning muloqot, mahsuldorlik va ijodkorlik uchun yaratilgan mashhur vositalari bilan kengaygach, yanada keng imkoniyatlarni koʻrsatadi. Galaxy S25 qoʻngʻiroqlaringizni qoʻngʻiroqlar transkripsiyasi[4] va xulosalash bilan tartibda saqlaydi. Yozish yordamining kontentni xulosalash yoki eslatmalarni avtomatik formatlash kabi funksiyalari esa matnlarni tanlash mumkin boʻlgan joylarda u ilovadan bu ilovaga oʻtmasdan faollashtirilishi mumkin. Chizish yordami[5] sketchlar, matn yoki rasm soʻrov kombinatsiyalari orqali gʻoyalarni hayotga tatbiq etishning yangi usullarini ochadi.

 

 

 

Maxfiylik bilan super shaxsiylashtirilgan qulayliklar

 

AI davrida shaxsiylashtirish maxfiyliksiz boʻlmaydi. Galaxy S25’da shaxsiy maʼlumotlar mexanizmi[6] siz afzal koʻrgan narsalar va ishlash tartibingizga birma-bir mos tushadigan, yuqori darajada moslashtirilgan qulayliklarni taqdim etish uchun qurilmadagi maʼlumotlaringizni xavfsiz tahlil qiladi. Bu maʼlumotlar galereyada tabiiy tilda ancha avval olingan suratni qidirish yoki qulflangan ekrandagi Now Bar[7] orqali faol ravishda takliflarni koʻrsatuvchi Now Brief[8] yordamida kun davomida yoʻl-yoʻriq olish kabi moslashtirilgan qulayliklarni taʼminlashda ishlatiladi. Barcha shaxsiy maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va Knox Vault tomonidan himoyalanadi. Qurilmada ilgʻor ishlov berish imkoniyatlari bilan birgalikda bu imkoniyat Galaxy’da maxsus boʻlgan kuchli va himoyalangan AI qulayliklarini yaratadi.

 

 

 

 

Galaxy S25 kvant hisoblashga tayyor kriptografiyani ham taqdim etadi va shaxsiy maʼlumotlarni kvant hisoblash rivojlanishi bilan kuchayishi mumkin boʻlgan tahdidlardan himoya qiladi.

 

Yaxlit xavfsizlik yechimisiz maxfiylik yuzaga kelmasligi bois yangi One UI 7 interfeysi AI va giper bogʻlanuvchanlik davriga moʻljallangan, qurilma xavfsizligining qoʻshimcha mustahkam qatlamini joriy etish orqali ushbu innovatsiyalar uchun asos yaratdi. Qoʻshimcha yangilanish sifatida maksimal cheklovlar sozlamalari, oʻgʻirlatishdan himoyaning yaxshilangan versiyasi va oʻzaro bogʻlangan qurilmalar ekotizimida xavfsizlik holatini kuzatish uchun yangi Knox Matrix boshqaruv panelini sanash mumkin.

 

Galaxy’lar orasidagi eng kuchli Galaxy

 

Galaxy S25 modellari Galaxy uchun maxsus Snapdragon® 8 Elite bilan jihozlangan. Galaxy tomonidan maxsus oʻzgartirishlar kiritilgan bu protsessor Galaxy S modellaridagi eng kuchli protsessor boʻlib, oldingi avlodga nisbatan NPU’da 40%, CPU’da[9] 37% va GPU’da 30% ga tezlikni oshiradi. Bu quvvat Galaxy S25 modellarida AI imkoniyatlarini, jumladan, Generative Edit[10] kabi bulutga asoslangan AI vazifalarini qurilmaning oʻzida qotishlarsiz qayta ishlash qobiliyatini kuchaytiradi.

 

Samsung va Qualcomm Technologies Galaxy uchun maxsus Snapdragon® 8 Elite’ni yaratishda birgalikda ishladilar. Galaxy S25 modellari displey tasvirini apskeyl qilish sifatini 40% ga yaxshilash[11] uchun ilgʻor va samarali AI tasvirni qayta ishlaydigan ProScaler[12], shuningdek, batareya davomiyligini oshirish uchun Galaxy IP yordamida protsessor ichiga oʻrnatilgan Samsung mobil raqamli tabiiy tasvir mexanizmini (mDNIe) oʻz ichiga oladi.

 

Shuningdek, Galaxy uchun maxsus Snapdragon® 8 Elite Vulkan Engine va takomillashgan reytreysing bilan jihozlangan. Bu mobil oʻyinlar grafikasini yanada silliq va realroq qilish imkonini beradi.

 

40% ga kattaroq bugʻ kamerasiga ega qayta ishlangan issiqlik tarqalish tizimi va uning samaradorligini yanada yaxshilash imkonini beruvchi maxsus termal interfeys materiali (TIM) tufayli ogʻir vazifalarda ham qurilma qizib ketmaydi va AI muammosiz ishlaydi.

 

Chinakam professionallardek ijodkorlik imkoniyati

Galaxy S25 modellari yuqori aniqlikdagi sensorlar va ProVisual Engine yordamida har bir diapazonda ultra tafsilotlar bilan suratga olish imkonini beradi hamda mobil kameralar uchun yangi standartni oʻrnatadi. Oldingi 12 MP dan farqli o‘laroq, yangi 50 MP ultra keng kamera sensori bilan Galaxy S25 Ultra ajoyib tiniqlik va jonli ranglarni taʼminlaydi.

 

10 bitli HDR format endi birlamchi sozlama sifatida qoʻllanadi, bu 8 bitga nisbatan toʻrt barobar koʻproq ranglar palitrasini taqdim etadi. Endi Galaxy S25 har qanday yorugʻlik sharoitida tafsilotlarni aniqlik bilan yozib olishi mumkin. Bundan tashqari, xira yoritilgan sharoitda Galaxy S25[13] bilan olingan videolarning tiniqligiga aql bovar qilmaydi. Kuchli protsessorga asoslangan Galaxy S25 shovqinni yanada samarali kamaytirishda harakat va vaqtni tahlil qiladi. Ushbu integratsiya harakatlanuvchi va statik obyektlarni yanada aniqroq belgilab olish imkonini beradi va har qanday vaziyatda aniq va ravshan tasvirlarni taʼminlaydi.

 

Galaxy S25 bir vaqtlar maxsus dasturiy taʼminotlardagina boʻlgan bir qator vositalarni ham hammaga taqdim etadi, bu esa ilgʻor tahrirlash imkoniyatlarini hamma uchun ochiq qiladi. Endi har kim fotosuratlar va videolarni tahrirlashda professional boʻlishi mumkin. Audio Eraser[14] videolardagi shovqinlarni olib tashlashni osonlashtiradi. Videodagi tovushlar ovoz, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin kabi tovushlar turlariga ajratilib, qaysi tovushni pasaytirish yoki butunlay yoʻq qilish imkoniyati sizga beriladi.

 

Mobil qurilmada DSLR’ga oʻxshash hisni berishi uchun Galaxy S25 mashhur Expert RAW’ga[15] integratsiyalashgan virtual diafragma bilan maydon chuqurligini boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, Galaxy S25 Galaxy Log bilan kinematografiya ijodkorligini oshiradi, bu funksiya esa ranglarni aniqlik bilan gradatsiya qilish orqali yanada professional darajada videolar yaratishga yordam beradi.

 

 

 

Yanada aylana shaklga yondashgan bardoshli dizayn

Galaxy S25 modellari Galaxy’ning “Sodda, taʼsirli va hissiyotli” elementlardan tashkil topgan “Asosli dizayn” bilan yaratilgan. Galaxy S25 Ultra’da ushbu gʻoya eng ingichka, eng yengil va eng bardoshli Galaxy S modelida gavdalanadi. Smartfonni qoʻlda tutishga qulay qiluvchi aylana burchakli dizayn estetikasi esa uni boshqa modellar orasida ajratib turadi.

 

Galaxy S25 Ultra mustahkam titan va yangi Corning® Gorilla® Armor 2 bilan jihozlangan boʻlib, u shishadan-da mustahkamroq boʻlgan yangicha materialdir. U Corning keramik shishasiga xususiy shuʼlalarga qarshi sirt qoʻshgan holda tirnalishga chidamlilik va qoʻldan tushib ketishlardan yaxshiroq himoya qilishga yordam beradi.[16]

 

Galaxy S25+ va S25 ning har bir tashqi komponenti endi kamida bitta qayta ishlangan materialni[17], xususan, ularning metall ramkasi birinchi marta qayta ishlangan zirhli alyuminiyni oʻz ichiga oladi.[18]

 

Bundan tashqari, barcha Galaxy S25 modellarining batareyalarida kamida 50% qayta ishlangan kobaltdan foydalanilgan.[20] Shu bilan Galaxy S25 avvalgi Galaxy qurilmalaridan olingan qayta ishlangan kobaltdan yoki ishlab chiqarish jarayonida tashlab yuborilgan batareyalardan foydalaniladigan eng birinchi Galaxy smartfoniga aylandi. Samsung hamkorlar bilan bir necha bosqichlarni bosib oʻtdi: ishlatilgan batareyalardan kobaltni chiqarib olishdan tortib undan Galaxy S25 uchun batareyalar qayta ishlab chiqarishgacha.

 

Yetti avlod OS yangilanishlari va yetti yillik xavfsizlik yangilanishlari[21] bilan Galaxy S25 modellari uzoq muddat ishonchli va optimallashgan tezlikni taʼminlaydi.

 

Foydalanuvchilarga qoʻshimcha xotirjamlik berish uchun Samsung Care+ tasodifiy shikastlanishlardan taʼmirlash va almashtirishlar boʻyicha keng qamrovli kafolatni taqdim etadi. Bundan tashqari, Samsung yangi Galaxy Club’ni taqdim etmoqda.[22] Eng yangi texnologiyalarga ega boʻlishni yaxshi koʻradigan foydalanuvchilar uchun ushbu moslashuvchan obuna modeli Galaxy qurilmalariga ega boʻlish va yangilashni yanada qulayroq qilish uchun moʻljallangan. Mintaqaviy tafsilotlar va ularning mavjudligi keyinroq eʼlon qilinadi.

 

Barcha Galaxy S25 qurilmalari hech qanday qoʻshimcha toʻlovlarsiz 6 oylik Gemini Advanced va 2 TB bulutli xotira bilan keladi. Gemini Advanced bizning eng qobiliyatli AI modellarimiz, Gems kabi eng yangi funksiyalar, har bir mavzu boʻyicha maxsus AI mutaxassislari va shaxsiy AI tadqiqotchi yordamchingiz vazifasini bajaradigan Deep Research kabi yangilanishlardan hammadan erta foydalanish imkoniyati bilan birga keladi.

 

Galaxy S25 modellariga [XXX] sanasidan boshlab buyurtma berish mumkin. Galaxy S25 Ultra koʻk-kumushrang titan, qora titan, oq-kumush titan va kulrang titan ranglarida sotuvga chiqariladi.[23] Galaxy S25 va Galaxy S25+ harbiy (Navy), kumush soya (Silver Shadow), moviy muz (Icyblue) va yalpiz (Mint) ranglarida sotuvga chiqariladi.

 

Galaxy S25 modellari haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: Samsung Newsroom, SamsungMobilePress.com yoki Samsung.com.

 

 

TEXNIK XUSUSIYATLAR JADVALI

Galaxy S25 Ultra
Displey 6.9 dyuym* QHD+

Dinamik AMOLED 2X displey

Super silliq 120 Hz yangilanish chastotasi (1~120 Hz)

Vision booster

Adaptive color tone

  *Diagonalda oʻlchanganda Galaxy S25 Ultra’ning displey oʻlchami toʻgʻri toʻrtburchakda 6.9 dyuymni va aylana burchaklarni hisobga olganda 6.8 dyuymni tashkil qiladi. Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli ishlaydigan maydon kichikroq.
Oʻlchamlar va ogʻirlik 77.6 X 162.8 X 8.2 mm, 218 g
Kamera 50 MP ultra keng kamera

  • F1.9, FOV 120˚

 

200 MP keng burchakli kamera

  • OIS F1.7, FOV 85˚

 

50 MP telefoto kamera

  • 5x optik zum, OIS F3.4, FOV 22˚

 

10 MP telefoto kamera

  • 3x optik zum, OIS F2.4, FOV 36˚

 

12 MP old kamera

  • F2.2, FOV 80˚
Tezkor xotira va doimiy xotira 12 GB + 1 TB

12 + 512 GB

12 + 256 GB

*Mavjud doimiy xotira sigʻimi  oldindan oʻrnatilgan dasturlarga qarab oʻzgaradi.

*Xotira opsiyalari bozorga qarab oʻzgarishi mumkin.

Batareya 5,000 mA·s
*Keltirilgan odatiy sigʻim uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy sigʻim IEC 61960 standarti asosida sinovdan oʻtgan batareya namunalari orasida batareya sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgandagi odatiy oʻrtacha sigʻimdir. Baholangan (minimal) sigʻim 4,855 mA·s ga teng. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Quvvatlash*   Simli quvvatlash*: 45 W adapter bilan 30 daqiqalarda 65% gacha quvvatlanadi**

Tezkor simsiz quvvatlash 2.0***

Wireless PowerShare****

*Simli quvvatlash  QC2.0 va AFCPD’ni qoʻllab-quvvatlaydi.
**45 W quvvat adapteri alohida sotiladi. Faqat Samsung tomonidan tasdiqlangan quvvatlagich va kabellardan foydalaning.
 
***Simsiz quvvatlash WPC’ni qoʻllab-quvvatlaydi.
****Galaxy S24 Ultra, S24+, S24, S23 Ultra, S23+, S23, Z Fold 4, Z Flip4, S22 series, Z Fold3 5G, Z Flip3 5G, S21 FE 5G, S21 series, Z Fold2, Note20 series, S20 series, Z Flip, Note10, Note10+, S10e, S10, S10+, Fold, S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge+, Note9, Note8, Note FE va Note5 kabi Qi simsiz quvvatlanadigan Samsung yoki boshqa brend smartfonlari bilan cheklangan. Faqat Galaxy Buds FE, Buds2 Pro, Buds2, Buds Pro, Buds Live, Watch6, Watch6 Classic, Watch5, Watch 5 Pro, Watch4, Watch4 Classic, Watch3, Watch Active2, Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds kabi Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalarida mavjud. Agar batareya quvvati 30% dan kam boʻlsa, Wireless PowerShare ishlamasligi mumkin. Baʼzi aksessuarlar, gʻiloflar, boshqa brend qurilmalari yoki baʼzi Samsung taqiladigan qurilmalari bilan ishlamasligi mumkin. PowerShare paytida u tarmoq muhitiga qarab qoʻngʻiroqlar yoki internet tarmogʻiga taʼsir qilishi mumkin.
OS Android 15

One UI 7

Tarmoq va ulanuvchanlik  5G*, LTE**, Wi-Fi 7***, Wi-Fi Direct Bluetooth® v 5.4
*Optimal 5G internet tarmogʻini talab qiladi, maʼlum bozorlarda mavjud. Mavjudligi va tafsilotlar uchun dilerlalrga murojaat qiling. Yuklab olish va yuklash tezligi kontent provayderi, server tarmogʻi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

**LTE modelining mavjudligi bozor va operatorga qarab farq qiladi. Amaldagi tezlik bozor, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin.

***Wi-Fi 7 tarmogʻining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Optimal tarmoqni talab qiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak boʻladi.

Suvga chidamlilik IP68
*IP68 reytingi: Laboratoriya sinov shartlari asosida 1.5 metrgacha boʻlgan toza suvga 30 daqiqagacha choʻktirilgach, suv va changga chidamli deb baholangan. Namlangandan keyin quriting. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmangizning suv va changga chidamliligi doimiy emas va vaqt oʻtishi bilan susayishi mumkin. S Pen’ning suv va changga chidamliligi ham vaqt oʻtishi bilan susayishi mumkin. 

 

  Galaxy S25 Galaxy S25+
Displey 6.2 dyuym FHD+* 6.7 dyuym QHD+ *
Dinamik AMOLED 2X displey

Super silliq 120 Hz yangilanish chastotasi (1~120 Hz)

Vision booster

Adaptive color tone

*Diagonalda o‘lchanganda Paradigm displey o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6.2 dyuym va aylana burchaklarni hisobga olganda 6.0 dyuym, Paradigm+ ekranining o‘lchami to‘liq to‘rtburchakda 6.7 ​​dyuym va aylana burchaklarni hisobga olganda 6.5 ​​dyuym; Aylana burchaklar va kamera teshigi tufayli ishlaydigan maydon kichikroq.
Oʻlchamlar va ogʻirlik 70.5 x 146.9 x 7.2 mm, 162 g (mmWave/Sub6) 75.8 x 158.4 x 7.3 mm, 190 g  (mmWave/Sub6)
Kamera 12 MP ultra keng kamera

  • F2.2, FOV 120˚

 

50 MP keng burchakli kamera

  • OIS F1.8, FOV 85˚

 

10 MP telefoto kamera

  • 3x optik zum, F2.4, FOV 36˚

 

12 MP old kamera

  • F2.2, FOV 80˚
Tezkor xotira va doimiy xotira 12 + 512 GB

12 + 256 GB

12 + 128 GB

12 + 512 GB

12 + 256 GB

*Mavjud doimiy xotira sigʻimi  oldindan oʻrnatilgan dasturlarga qarab oʻzgaradi.

*Xotira opsiyalari bozorga qarab oʻzgarishi mumkin.

Batareya 4,000 mA·s 4,900 mA·s
*Keltirilgan odatiy sigʻim uchinchi shaxs laboratoriyasi sharoitida sinovdan oʻtgan. Odatiy sigʻim IEC 61960 standarti asosida sinovdan oʻtgan batareya namunalari orasida batareya sigʻimidagi ogʻishlarni hisobga olgandagi odatiy oʻrtacha sigʻimdir. Baholangan (minimal) sigʻim Galaxy S25 uchun 3,885 mA·s va Galaxy S25+ uchun 4,755 mA·s ga teng. Real muhitda batareyaning asl ishlash muddati tarmoq turi, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab oʻzgarishi mumkin.
Quvvatlash Simli quvvatlash*: 25 W adapter bilan 30 daqiqalarda 50% gacha quvvatlanadi**   va 3A USB-C kabeli***

Tezkor simsiz quvvatlash 2.0****

Wireless PowerShare*****

Simli quvvatlash*: 45 W adapter bilan 30 daqiqalarda 65% gacha quvvatlanadi**

Tezkor simsiz quvvatlash 2.0***

Wireless PowerShare****

*Simli quvvatlash  QC2.0 va AFCPD’ni qoʻllab-quvvatlaydi.
**Galaxy S25+ uchun original Samsung 45 W quvvat adapteri va kabelidan foydalanish tavsiya etiladi va Galaxy S25 uchun original Samsung 25 W quvvat adapteri va kabelidan foydalanish tavsiya etiladi.
***Galaxy S25’ning yangi relizdan oldingi versiyasiga ulangan 25 W sayohat adapteri va Galaxy S25+’ning yangi relizdan oldingi versiyasiga ulangan 45 W sayohat adapteri bilan oʻtkazilgan Samsung ichki laboratoriya sinovlari natijalari, qurilmalarda 0% quvvat boʻlgan, barcha xizmatlar, funksiyalar va ekran oʻchirilgan. Amaldagi quvvatlash tezligi foydalanish usuli, quvvatlash sharoiti va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
***Simsiz quvvatlash WPC’ni qoʻllab-quvvatlaydi.
****Galaxy S24 Ultra, S24+, S24, S23 Ultra, S23+, S23, Z Fold 4, Z Flip4, S22 series, Z Fold3 5G, Z Flip3 5G, S21 FE 5G, S21 series, Z Fold2, Note20 series, S20 series, Z Flip, Note10, Note10+, S10e, S10, S10+, Fold, S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge+, Note9, Note8, Note FE va Note5 kabi Qi simsiz quvvatlanadigan Samsung yoki boshqa brend smartfonlari bilan cheklangan. Faqat Galaxy Buds FE, Buds2 Pro, Buds2, Buds Pro, Buds Live, Watch6, Watch6 Classic, Watch5, Watch 5 Pro, Watch4, Watch4 Classic, Watch3, Watch Active2, Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds kabi Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalarida mavjud. Agar batareya quvvati 30% dan kam boʻlsa, Wireless PowerShare ishlamasligi mumkin. Baʼzi aksessuarlar, gʻiloflar, boshqa brend qurilmalari yoki baʼzi Samsung taqiladigan qurilmalari bilan ishlamasligi mumkin. PowerShare paytida u tarmoq muhitiga qarab qoʻngʻiroqlar yoki internet tarmogʻiga taʼsir qilishi mumkin.
OS Android 15

One UI 7

Tarmoq va ulanuvchanlik 5G*, LTE**, Wi-Fi 7***, Wi-Fi Direct Bluetooth® v 5.4
*Optimal 5G internet tarmogʻini talab qiladi, maʼlum bozorlarda mavjud. Mavjudligi va tafsilotlar uchun dilerlalrga murojaat qiling. Yuklab olish va yuklash tezligi kontent provayderi, server tarmogʻi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

**LTE modelining mavjudligi bozor va operatorga qarab farq qiladi. Amaldagi tezlik bozor, operator va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin.

***Wi-Fi 7 tarmogʻining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Optimal tarmoqni talab qiladi. Wi-Fi 7 routeri kerak boʻladi.

Suvga chidamlilik IP68
*IP68 reytingi: Laboratoriya sinov shartlari asosida 1.5 metrgacha boʻlgan toza suvga 30 daqiqagacha choʻktirilgach, suv va changga chidamli deb baholangan. Namlangandan keyin quriting. Plyaj yoki hovuzda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmangizning suv va changga chidamliligi doimiy emas va vaqt oʻtishi bilan susayishi mumkin.

*Texnik xususiyatlar bozorga qarab farq qilishi mumkin.

*Ushbu hujjatda keltirilgan barcha funksionallik, xususiyatlar, texnik xususiyatlar va mahsulotning boshqa maʼlumotlari, shu jumladan mahsulotning afzalliklari, dizayni, narxi, komponentlari, tezkorligi, mavjudligi va imkoniyatlari ogohlantirilmasdan oʻzgartirilishi mumkin.

 

 

 

[1] Samsung AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab qilinishi mumkin. Samsung AI funksiyalari tomonidan taqdim etilgan natijalarning aniqligi, toʻliqligi yoki ishonchliligi boʻyicha hech qanday vaʼda yoki kafolat bermaydi. Galaxy AI funksiyalarning mavjudligi mintaqa/mamlakat, OS/One UI versiyasi, qurilma modeli va telefon operatoriga qarab farq qilishi mumkin. Baʼzi funksiyalar mavjudligi qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Galaxy AI xizmati baʼzi hududlarda balogʻatga yetmaganlar uchun cheklangan boʻlishi mumkin. Galaxy AI funksiyalari qoʻllab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalari uchun 2025-yil oxirigacha bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI funksiyalari uchun turli shartlar qoʻllanishi mumkin.

[2] Rasmiy One UI 7 yaqinlashib kelayotgan Galaxy S modellari bilan birga chiqib boshlaydi. Yangilanish asta-sekin boshqa Galaxy qurilmalariga ham tarqalishi kutilmoqda.

[3] Aylana chizib qidirish Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namoyish maqsadlarida. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Internet tarmogʻini talab qiladi. Foydalanuvchilar Android va Google ilovalarini soʻnggi versiyaga yangilashlari kerak boʻlishi mumkin. Natijalar vizual yoki audio oʻxshashliklarga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Mos ilovalar va yuzalarda va faqat atrofdan kelayotgan musiqa bilan ishlaydi. Telefon ovozi oʻchirilganda yoki quloqchin orqali kelayotgan musiqa aniqlanmaydi.

[4] Qoʻngʻiroq transkripsiyasi qoʻngʻiroqlarni qabul qilish uchun internet tarmogʻini talab qiladi. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi. Qoʻngʻiroq transkripsiyasining xulosalash funksiyasi matn maʼlum belgilar soniga yetganda va belgilar chegarasidan chiqmasa, yozib olingan qoʻngʻiroqlarni avtomatik ravishda transkripsiya qilish imkoniyatiga ega. Qoʻngʻiroqlarni yozib olish baʼzi mamlakatlarda qoʻllab-quvvatlanmasligi mumkin. Hozirda oldindan oʻrnatilgan Samsung Phone va Voice Record ilovalarida mavjud. Xizmat mavjudligi til yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim tillar til paketini yuklab olishni talab qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi.

[5] Chizish yordami internet tarmogʻi va Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Saqlashdan soʻng tasvirning AI tomonidan yaratilganligini koʻrsatish uchun ustiga himoya belgisi ustiga tushiriladi. Natijalar aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.

[6] Shaxsiy maʼlumotlar razvedkasi menyusi yoqilgan holda shaxsiy maʼlumotlar mexanizmi ishlaydi. Tahlil qilingan maʼlumotlar shaxsiy maʼlumotlar razvedkasi menyusi oʻchirilgandan soʻng oʻchiriladi. Shaxsiy maʼlumotlar mexanizmi tanlangan tillarni va ayrim urgʻu/dialektlarni, jumladan, arab, soddalashtirilgan xitoy, golland, ingliz, fransuz, nemis, hind, indoneziya, italyan, yapon, koreys, polyak, portugal, rumin, rus, ispan, shved, tay, turk va vyetnam va boshqa tillarini aniqlay oladi. Shaxsiy maʼlumotlar mexanizmi hozirda Samsung ilovalarini tahlil qila oladi.

[7] Ilovalarda qoʻllab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. Baʼzi funksional vidjetlar internet tarmogʻini va/yoki Samsung akkauntiga kirishni talab qilishi mumkin.

[8] Now Brief Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Xizmat mavjudligi mamlakat, til, qurilma modeli va ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar internet tarmogʻini talab qilishi mumkin.

Portrait Studio[8] ham takomillashtirildi, bu foydalanuvchilarga haqiqiy odam yuz ifodalariga yaqinroq boʻlgan shaxsiylashtirilgan avatarlarni yaratish imkonini beradi. Filtrlar funksiyasi esa foydalanuvchilarning fotosuratlari va videolari uchun kinoga oʻxshash estetikani taʼminlovchi yangi analog uslubdagi filtrlarni taqdim etadi.

[9] Galaxy S24 Ultra bilan solishtirganda protsessor tezligi yaxshilangan. Amaldagi tezlik foydalanuvchi muhiti, qurilma holati va oldindan oʻrnatilgan dasturiy taʼminot va ilovalarga qarab oʻzgaradi.

[10] Foto yordamidagi generativ tahrirlash funksiyasi internet tarmogʻi va Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Generativ tahrir bilan qayta ishlangan rasmlarda surat oʻlchami oʻzgarishi mumkin. Saqlashdan soʻng tasvirning AI tomonidan yaratilganligini koʻrsatish uchun ustiga himoya belgisi tushiriladi. Natijalar aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.

[11] Galaxy S24 modellariga nisbatan. PSNR (Peak Signal-to-Noise Ratio) testiga asoslangan.

[12] ProScaler funksiyasi Galaxy S25+ va Ultra modellarida qoʻllab-quvvatlanadi. Tasvir sifati qurilmaning ekran oʻlchamlari sozlamalariga qarab, QHD+ gacha oshirilishi mumkin.

[13] Galaxy S24 modellarida xira yoritilgan muhitda olingan video bilan solishtirganda.

[14] Natijalar har bir videoda qanday tovushlar mavjudligiga qarab farq qilishi mumkin. Samsung akkauntiga kirish talab qilinadi. Ovoz, musiqa, shamol, tabiat, olomon va shovqin kabi ayrim tovush turlarini aniqlashi mumkin. Amaldagi tovushni aniqlash qobiliyati audio manbasiga va videoning holatiga qarab farq qilishi mumkin. Natijalar aniqligi kafolatlanmaydi.

[15] Expert RAW’ni Galaxy Store’dan yuklab olish mumkin. Ilova Galaxy S20 yoki undan keyingi modellarda mavjud.

[16] Foto yordamidagi Portrait Studio funksiyasi internet tarmogʻini va Samsung akkauntiga kirishni talab qiladi. Portrait Studio yordamida tahrirlash natijasida oʻlchami oʻzgartirilgan surat paydo boʻladi. Saqlashdan soʻng tasvirning AI tomonidan yaratilganligini koʻrsatish uchun suv belgisi ustiga qoʻyiladi. Natijalar aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.

[17] Galaxy S24 Ultra’dagi Corning® Gorilla® Armor bilan solishtirganda.

[18] Galaxy S25+ va S25 ning har bir tashqi komponenti, jumladan, old ekran, orqa shisha yigʻilmasi, metall ramka (gʻilofning old qismi), yon tugma, ovoz balandligi tugmasi va SIM karta tagida kamida bitta qayta ishlangan material mavjud.

[19] Galaxy S25+ va S25 ning metall ramkasi (gʻilofning old qismi) ogʻirligi boʻyicha kamida 20% qayta ishlangan alyuminiydan iborat.

[20] Galaxy S25 batareyasi ogʻirligi boʻyicha kamida 25% kobaltdan, uning 50% qismi qayta ishlangan kobaltdan tashkil topgan.

[21] Galaxy S25 modellari yetti avlod OS yangilanishlarini va global ishga tushirilgan kundan boshlab yetti yillik xavfsizlik yangilanishlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Operatsion tizim va xavfsizlikni yangilash vaqti qurilma modeli, tarmoq provayderi va bozorga qarab farq qilishi mumkin.

[22] Shartlar amal qiladi. Yangi Galaxy Club xizmat turi va aksiya tafsilotlari mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi mumkin va xizmat toʻlovi qoʻllanishi mumkin. Turli imtiyozlarga ega boʻlish uchun roʻyxatdan oʻtish talab qilinishi mumkin.

[23] Ranglar bozor va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Yuklab olish

  • Samsung-Mobile-Galaxy-Unpacked-2025-Galaxy-S25-Series-A-True-AI-Companion_thumb1000.jpg

  • Samsung_Mobile_Galaxy_Unpacked_2025_Galaxy_S25_Series_A_True_AI_Companion_main2-3.gif

  • Samsung_Mobile_Galaxy_Unpacked_2025_Galaxy_S25_Series_A_True_AI_Companion_main3-1.gif

  • Samsung_Mobile_Galaxy_Unpacked_2025_Galaxy_S25_Series_A_True_AI_Companion_main5-1.gif

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil