Samsung Galaxy S25 Ultra mobil qurilmalar uchun sanoatdagi eng birinchi shuʼlalarga qarshi keramik shishali Corning® Gorilla® Armor 2 ni taqdim etadi

04/03/2025
Share open/close
Havola nusxalandi.

Corning® Gorilla® Armor 2 Samsung Galaxy S25 Ultra mobil displeyi uchun yuqori tiniqligini taʼminlab, chidamlilikning yangi standartini oʻrnatadi

 

Samsung Electronics Co., Ltd. va Corning Incorporated (NYSE: GLW) bugun Galaxy S25 Ultra uchun Corning® Gorilla® Armor 2 — mobil qurilmalar sanoatida eng birinchi tirnalishga chidamli, shuʼlalarga qarshi keramik shishali qoplama material boʻlishini eʼlon qildi. Samsung Galaxy S25 Ultra qurilmalari bu revolyutsion innovatsiyani oʻzlarining old displeylarida namoyish etib, mobil displey texnologiyasida taʼsirchan bosqichni belgilab beradi.

 

Gorilla Armor 2 — bu keramik shisha texnologiyasining muhim yutugʻi boʻlib, smartfon displeyida ajoyib tiniqlik va yuqori mustahkamlikni uygʻunlashtiradi.

 

Samsung kompaniyasi Gorilla Armor 2 ni Galaxy S25 Ultra qurilmalariga qoʻshishga qaror qilgani Samsung va Corning oʻrtasidagi mustahkam hamkorlikni hamda ikki kompaniyaning innovatsiyalar va mijozlar ehtiyojini qondirishga sodiqligini taʼkidlaydi.

 

“Foydalanuvchilarimizga shu kunga qadar eng barqaror mobil qulayliklarni taqdim etib kelar ekanmiz, yangi Galaxy S25 Ultra bu yoʻlda sezilarli yutuqlarga erishganimizni ifodalaydi, — dedi Samsung Electronics Mobile eXperience Business’ning mexanik ilmiy-tadqiqot guruhi ijrochi prezident oʻrinbosari va rahbari Kvanjin Bae. — Corning bilan hamkorligimiz butun dunyo boʻylab isteʼmolchilarning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini qondirishda, displey sohasida yangi yutuqlarga erishishimizda yoʻl koʻrsatmoqda”.

 

Birinchi avlod Corning® Gorilla® Armor bilan solishtirganda Gorilla Armor 2 yanada mustahkam chidamlilikka ega. Gorilla Armor 2 bilan jihozlangan qurilmalar kundalik hayotimizning ayovsiz va oldindan aytib boʻlmaydigan tabiatiga bardosh berishga qodir. Xususan, dagʻal va qattiq sirtlarga tushib ketganda Gorilla Armor 2 sinish kabi holatlarga yanada chidamli bo‘lish uchun ishlab chiqilgan.

 

Gorilla Armor 2 ning shuʼlalarga qarshi xususiyatlari ichki va tashqi sharoitlarda shuʼlalarni keskin kamaytiradi. Bu xususiyatlar displey kontrasti nisbatini oshirishi mumkin, bu esa turli yorugʻlik sharoitlarida yoqimli tassurotni taqdim etadi.

 

Corning laboratoriya sinovlarida Gorilla Armor 2 betonga oʻxshash sirtga 2.2 metrgacha boʻlgan balandlikdan tushirib yuborilgan sinovlardan omon qoldi. Boshqa keramik shisha materiallari esa bir metr balandlikdan tushirib yuborilganda sinib ketdi. Bundan tashqari, Gorilla Armor 2 oʻzining qoyilmaqom tirnalishga chidamliligini saqlab qoldi va shuʼlalarga qarshi qoplamali raqobatbardosh litiy-alyuminosilikat qoplamali koʻzoynaklarga qaraganda toʻrt baravar koʻproq tirnalishga chidamlilikni namoyish etdi.[1]

 

“Samsung va Corning isteʼmolchilarni eng ilgʻor va innovatsion texnologiyalar bilan taʼminlashda uzoq hamkorlik tarixiga ega, — dedi Corning® Gorilla® Glass prezidenti oʻrinbosari va bosh menejeri Devid Velaskes. — Gorilla Armor 2 bilan biz isteʼmolchilarga Galaxy mobil qurilmasida foydalanilgan eng birinchi bardoshli, optik jihatdan ilgʻor keramik shishali qoplama materiali bilan mislsiz taassurotni taqdim etamiz”.

 

Corning Incorporated haqida
Corning (<www.corning.com>) materialshunoslik sohasida dunyodagi yetakchi innovatorlardan biri boʻlib, hayotni oʻzgartiruvchi ixtirolar boʻyicha 170 yillik tajribaga ega. Corning oʻzining beqiyos bilimlarini shishashunoslik, keramikashunoslik va optik fizika sohalaridagi tajribasi bilan birga ilgʻor ishlab chiqarish va muhandislik imkoniyatlarini qoʻllab, yangi kategoriyalarni belgilaydigan, sanoatni oʻzgartirayotgan va odamlar hayotini yaxshilaydigan mahsulotlarni yaratadi. Corning material va ishlab chiqarish jarayoni innovatsiyalarining noyob kombinatsiyasi boʻlgan RD&E ga barqaror sarmoya kiritish va oʻz sohalarida global yetakchi boʻlgan mijozlar bilan chuqur va ishonchga asoslangan munosabatlar orqali muvaffaqiyat qozonadi. Corning xizmatlari koʻp qirrali va sinergetik boʻlib, bu kompaniyaga oʻzgaruvchan bozor ehtiyojlarini qondirish uchun rivojlanish imkonini beradi, shu bilan birga, oʻz mijozlariga dinamik sohalarda yangi imkoniyatlarni qoʻlga kiritishga yordam beradi. Bugungi kunda Corning optik aloqa, mobil isteʼmol elektronikasi, displeylar, avtomobilsozlik, quyosh energetikasi, yarimoʻtkazgichlar va biologiya fanlari kabi sohalarda faoliyat yuritadi.

 

[1] Corning® Gorilla® Armor 2 ning samaradorligi Coring’ning ichki laboratoriya sinovlariga asoslangan. Bu amalda farq qilishi mumkin.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Pressa uchun

Yuklab olish

  • Samsung-Mobile-Galaxy-Unpacked-2025-Galaxy-S25-series-Corning®-Gorilla®-Armor-2_Thumb728F-1.jpg

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga