Samsung Galaxy S26 FE: Eng muhim jihatlarni e’tiborga olgan holda eng so’nggi flagman tajribasini taqdim etadi
SEUL, Koreya – 2026-yil 27-avgust – Samsung Electronics Co., Ltd. bugun Galaxy S26 turkumining eng yangi a’zosi hamda ushbu turkumda birinchi bo‘lib One UI 9 bilan taqdim etilayotgan Galaxy S26 FE smartfonini e’lon qildi – u birinchi kundanoq eng yangi premium Galaxy tajribasini yanada ko‘proq foydalanuvchilarga taqdim etadi. Kengaytirilgan kamera imkoniyatlari va kontekstni yanada chuqurroq tushunadigan Galaxy AI yordamida qurilma foydalanuvchilarning kundalik suratga olish, ijod qilish va muloqot tajribasini yangi bosqichga olib chiqadi. Yupqa va yengil dizaynda foydalanuvchilar eng ko‘p qadrlaydigan jihatlarni mujassam etgan Galaxy S26 FE o‘ziga xos Galaxy S tajribasini yanada rivojlantiradi.
“Galaxy S26 FE aynan Galaxy S turkumining asosiy ustunliklarini taqdim etish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi har bir funksiya foydalanuvchilarning kundalik hayotida sezilarli ahamiyat kasb etishiga xizmat qiladi”, – dedi Samsung Electronics kompaniyasining Mobile eXperience (MX) biznesi bo‘yicha Mijozlar tajribasi ofisi rahbari va ijrochi vitse-prezidenti Jey Kim. “Foydalanuvchilar sevib ulgurgan Galaxy kamera va AI imkoniyatlari bilan boyitilgan hamda eng yangi One UI 9 asosida ishlaydigan Galaxy S26 FE o‘zlari uchun nimalar eng muhimligini aniq biladigan insonlar uchun mukammal tanlovdir”.

Aniqroq kadrlar, osonroq tahrirlash
Galaxy S26 FE suratga olishdan tortib tahrirlashgacha bo‘lgan yanada mukammal kamera tajribasini1 taqdim etadi. Uning takomillashtirilgan uch kamerali asosiy kamera tizimi va tasvirni qayta ishlashga oid ilg‘or texnologiyalari – xoh sokin manzaralar, xoh tez harakatlanuvchi sahnalar bo‘lsin – eng muhim lahzalarni qayd etish va tasvirlarni puxta tahrirlashda foydalanuvchilarga yordam beradi.
[Placeholder: My FanCam visual (animated ver.)]
- My FanCam,2 ilk bor eng yangi buklanuvchi Galaxy qurilmalarida taqdim etilgan bo‘lib, endi Galaxy S26 FE modelida ham mavjud. U kadrga olingan insonni avtomatik ravishda kuzatib boradi va uni markazda ushlab turadi. Kadrdagi harakat o‘zgarganda esa video kompozitsiyasini aqlli tarzda avtomatik moslashtiradi. Natijada foydalanuvchilar dinamik lahzalarni kamroq qo‘lda tahrirlash orqali ijtimoiy tarmoqlarda ulashishga tayyor kontentga aylantirishlari mumkin.
- Videoga kelsak, Juda barqaror3 funksiyasi Gorizontal qulflash xususiyati bilan Galaxy S26 foydalanuvchilari sevib ulgurgan imkoniyatlardan biri bo‘lib, tez harakatlanuvchi sahnalar, sayohat lahzalari va kundalik voqealarni harakatda suratga olishda yanada silliq va tekis videolar yaratishga yordam beradi.
- Galaxy S26 FE smartfonida 3× optik yaqinlashtirish qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa uzoq masofadagi obyektlarni yanada qulay suratga olish imkonini beradi. Selfilar uchun takomillashtirilgan 12 MP old kamera4 kadrga yanada ko‘proq tasvirni sig‘dirib, guruh bo‘lib suratga tushishni ancha osonlashtiradi.
- Nightography Galaxy S turkumining o‘ziga xos jihatlaridan biri bo‘lib, foydalanuvchilarga yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitlarda ham yorqin va tiniq suratlar olish imkonini beradi. Bunda hatto eng murakkab sahnalarda ham mayda tafsilotlar aniq saqlanadi.5
- Lahza o‘tib ketganidan keyin ham, Fotosurat yordami6 funksiyasi oddiy so‘zlar yordamida suratlarni tahrirlashni – kunduzgi tasvirni tungi ko‘rinishga aylantirish, yangi elementlar qo‘shish yoki yetishmayotgan qismlarni tiklashni osonlashtiradi. Bundan tashqari, kiritilgan o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich ko‘rib chiqish, jarayon davomida ularni qayta tahrirlash yoki bekor qilish mumkin.
- Gemini Omni7 yordamida foydalanuvchilar Galereyadagi surat va videolar asosida videoroliklarni osongina yaratishi va tahrirlashi hamda ularni ulashishga tayyor, puxta ishlangan videolarga aylantirishi mumkin.

Har doim bir qadam oldinda bo‘lgan AI tajribalari
Eng yangi One UI 9 asosida ishlaydigan Galaxy S26 FE foydalanuvchilarning kun tartibiga moslashib, ularni doimo xabardor va tartibli saqlash orqali kundalik hayotni osonlashtiradigan intuitiv hamda kontekstni tushunadigan bir qator Galaxy AI imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, u foydalanuvchi uchun kundalik vazifalarni yanada tez va uzluksiz bajarishga yordam beradi.
- Ilk bor Galaxy S25 turkumida taqdim etilgan yangilangan Now brief9 funksiyasi ob-havo va salomatlikka oid ma’lumotlar kabi sozlanadigan brifing kartalari yordamida yanada shaxsiylashtirilgan tajribani taqdim etadi. Endilikda foydalanuvchilar oddiy so‘rov orqali o‘z kartalarini yaratishlari mumkin, bu esa Now brief funksiyasidan kun davomida yanada samarali foydalanish imkonini beradi.
- Now nudge10 endi ayrim uchinchi tomon ilovalari va bildirishnomalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda kun davomida o‘z vaqtida va dolzarb tavsiyalarni taqdim etadi – bu foydalanuvchilarga olingan ma’lumotlar asosida tezroq harakat qilish va kundalik yumushlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz boshqarishga yordam beradi.
- Google bilan Aylana chizib qidirish11 endi foydalanuvchilarga tasvirdagi bir nechta elementni bir vaqtning o‘zida qidirish imkonini beradi, bu esa mahsulotlar, joylar, obyektlar va boshqa elementlarni birgina qadamda aniqlashni osonlashtiradi.
Kun bo‘yi sizga hamroh bo‘lish uchun yaratilgan
Galaxy S26 FE foydalanuvchilar har kuni tayanadigan asosiy imkoniyatlarni sezilarli darajada yaxshilaydi – jumladan, uzoq vaqt ishlaydigan batareya hamda ertalabdan kechgacha ishlash, ko‘ngilochar kontent tomosha qilish va ijod qilish uchun mo‘ljallangan yorqin displeyni taklif etadi.
- Uzoq vaqt ishlaydigan 4900 mA·soat sig‘imli batareya12 Galaxy S26 turkumiga xos yupqa va nafis dizaynni saqlab qolgan holda foydalanuvchilarni kun davomida quvvat bilan ta’minlaydi. Foydalanuvchilar 45 Vt quvvat adapteri yordamida batareyani taxminan 30 daqiqada 69% gacha quvvatlab, uzoqroq aloqada qolish uchun zarur quvvatni tezda olishlari mumkin.13
- 120 Hz gacha yangilanish tezligiga ega 6,7 dyuymli14 AMOLED displey striming, o‘yinlar, internetdan foydalanish va ijodiy ishlar uchun yuqori yorqinlik, aniqlik va tiniqlikka ega silliq hamda immersiv tasvirlarni taqdim etadi.

Galaxy S26 FE smartfonini navbatdagi qurilmasi sifatida tanlagan foydalanuvchilar Galaxy tajribasining kuchini birinchi kundanoq his qiladilar. Yaxshilangan Smart Switch qurilmani yanada oson sozlashga yordam berib, Galaxy ekotizimiga o‘tish jarayonini sodda va qulay qiladi. Shu bilan birga, dasturiy ta’minotning uzoq muddatli yangilanishlari va Samsung Care+ xizmati foydalanuvchilarga vaqt o‘tishi bilan qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi.
- Yangilangan Smart Switch15 orqali Galaxy ekotizimiga o‘tish har qachongidan ham oson. Foydalanuvchilar Android yoki iOS qurilmasidan o‘tayotganidan qat’i nazar, hech qanday qo‘shimcha ilovalarsiz va sozlashga kamroq vaqt sarflagan holda barcha ma’lumotlarni – parollar va kirish kalitlaridan tortib qo‘ng‘iroqlar tarixi, maxsus imkoniyatlar sozlamalari hamda eSIM ma’lumotlarigacha – simsiz uzatish uchun shunchaki QR-kodni skanerlashlari kifoya.
- Galaxy S26 FE uzoq yillar xizmat qilish uchun yaratilgan bo‘lib, operatsion tizimning yetti avlodigacha yangilanishi va yetti yillik xavfsizlik yangilanishlarini16 qo‘llab-quvvatlaydi. Bu foydalanuvchilarga kelgusi yillar davomida eng yangi funksiyalardan ishonch bilan foydalanish imkonini beradi.
- Xotirjamlikni yanada oshirish uchun Samsung Care+17 foydalanuvchilarning ehtiyojlariga moslashtirilgan keng qamrovli himoyani, jumladan, qurilma qiymatini saqlashga xizmat qiladigan maxsus afzalliklarni taklif etadi. One UI 9 dagi yangi Kafolat va xizmat ko‘rsatish sozlamalari markazi orqali Samsung Care+ xizmatiga ro‘yxatdan o‘tish, undan foydalanish va uni boshqarish, shuningdek, qurilmani parvarishlash bo‘yicha boshqa yordam xizmatlariga kirish yanada osonlashadi.
- Google AI Pro18 xizmatidan 6 oy bepul foydalanish imkoniyati AI funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va oyiga 19,99 AQSh dollari qiymatidagi 5 TB bulutli xotirani taqdim etadi.
Umuman olganda, ushbu yangilanishlarning barchasi foydalanuvchilar har kuni tayanadigan Galaxy tajribalarini puxta ishlab chiqilgan yagona qurilmada mujassamlashtiradi.
Sotuvga chiqishi
Galaxy S26 FE smartfoni 4-sentabrdan boshlab ayrim bozorlarda uch xil – Qorag‘at, Grafit va Och Yashil ranglarida sotuvga chiqariladi. 19
Galaxy S26 FE haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Samsung Newsroom yoki Samsung.com saytlariga tashrif buyuring.

Texnik xususiyatlari
| Galaxy S26 FE | |
| Displey | 6,7 dyuymli FHD+
Dynamic AMOLED 2X displeyi 120 Hz yangilanish tezligi (60/120 Hz) 1900 nit |
| O‘lchamlari va og‘irligi | 161,6 × 76,9 × 7,4 mm, 193 g |
| Kamera | 12 MP o‘ta keng burchakli kamera
● F2.2, FOV 123° 50 MP keng burchakli kamera ● OIS, F1.8, FOV 84° 8 MP telefoto kamera ● 3× optik yaqinlashtirish, 30× gacha raqamli yaqinlashtirish, OIS, F2.4, FOV 32° 12 MP old kamera ● F2.2, FOV 85° |
| Protsessor | Exynos 2500 (3 nm AP) |
| Xotira va saqlash joyi | 8 GB + 128 GB
8 GB + 256 GB 8 GB + 512 GB |
| * Ichki xotira variantlari va ularning mavjudligi aloqa operatori, mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanish mumkin bo‘lgan haqiqiy xotira hajmi oldindan o‘rnatilgan dasturiy ta’minotga qarab farq qilishi mumkin. | |
| Batareya | 4900 mA·soat |
| * Uchinchi tomon laboratoriya sharoitlarida sinalgan tipik qiymat. Tipik qiymat – IEC 61960 standarti bo‘yicha sinalgan batareya namunalari sig‘imidagi tafovutlarni hisobga olgan holda aniqlangan o‘rtacha qiymat. Nominal (minimal) sig‘im 4755 mA·soatni tashkil etadi. Batareyaning amaldagi ishlash vaqti tarmoq muhiti, foydalanish tartibi va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. | |
| Quvvatlash* | 45 Vt simli quvvatlash*: 45 Vt quvvat adapteri yordamida taxminan 30 daqiqada 69% gacha quvvatlash**
15 Vt tezkor simsiz quvvatlash*** Wireless PowerShare**** |
| * Simli quvvatlash QC2.0 va AFCPD bilan mos keladi. | |
| ** 45 Vt quvvat adapteri alohida sotiladi. Faqat Samsung tomonidan tasdiqlangan quvvatlagich va kabellardan foydalaning. | |
| *** Simsiz quvvatlash WPC bilan mos keladi. | |
| **** Qi simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan Samsung yoki boshqa brend smartfonlari, jumladan, Galaxy Z Fold8, Galaxy Z Flip8, S26 turkumi, Galaxy Z Fold7, Galaxy Z Flip7, S25 Edge, S25 turkumi, Galaxy Z Fold6, Z Flip6, S24 turkumi, Z Fold5, Z Flip5, S23 turkumi, Z Fold4, Z Flip4, S22 turkumi, Z Fold3, Z Flip3, S21 turkumi, Z Fold2, Note20 Ultra, Note20, S20 turkumi, Z Flip 5G, Z Flip, Note10+, Note10, S10 5G, S10+, S10, S10e, S10 Lite, Fold, S9, S9+, S8, S8+, S8 Active, S7, S7 edge, S7 Active, S6, S6 edge, S6 Active, S6 edge+, Note9, Note8, Note FE va Note5 bilan ishlaydi. Shuningdek, faqat Galaxy Buds3, Buds3 Pro, Buds FE, Buds2 Pro, Buds2, Buds Pro, Buds Live, Galaxy Watch Ultra, Watch6, Watch5, Watch5 Pro, Watch4, Watch4 Classic, Watch3, Watch Active2, Watch Active, Gear Sport, Gear S3, Galaxy Watch va Galaxy Buds kabi ayrim Samsung Galaxy taqiladigan qurilmalari bilan ishlaydi. Agar batareya quvvati 30% dan past bo‘lsa, Wireless PowerShare ishlamasligi mumkin. Ayrim aksessuarlar, g‘iloflar, boshqa brend qurilmalari yoki ayrim Samsung taqiladigan qurilmalari bilan ishlamasligi mumkin. PowerShare ishlayotgan vaqtda tarmoq muhitiga qarab qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish yoki ma’lumot uzatish xizmatlariga ta’sir qilishi mumkin. | |
| OS | Android 17
One UI 9 |
| Tarmoq va ulanish | 5G*, LTE**, Wi-Fi 6E***, Wi-Fi Direct, Bluetooth® v5.4 |
| * Optimal 5G tarmog‘iga ulanish talab qilinadi. Funksiya ayrim bozorlarda mavjud. Mavjudligi va batafsil ma’lumotlar uchun aloqa operatoringiz bilan bog‘laning. Yuklab olish va striming tezligi kontent provayderi, serverga ulanish va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
** LTE modelining mavjudligi bozor va aloqa operatoriga qarab farq qiladi. Haqiqiy tezlik bozor, aloqa operatori va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. *** Wi-Fi 6E tarmog‘ining mavjudligi bozor, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin. Optimal ulanish talab qilinadi. Wi-Fi 6E routeri talab etiladi. |
|
| Suvga chidamlilik | IP68* |
| * Laboratoriya sinovlari qurilmani 1,5 metrgacha chuqurlikdagi chuchuk suvga 30 daqiqagacha botirish sharoitida o‘tkazilgan va uning suv hamda changga chidamliligi tasdiqlangan. Qurilma ho‘l bo‘lgandan keyin undagi qoldiqlarni yuvib tashlang va quriting. Plyaj yoki basseynda foydalanish tavsiya etilmaydi. Qurilmaning suv va changga chidamliligi doimiy emas va odatiy eskirish natijasida vaqt o‘tishi bilan pasayishi mumkin. | |
| Ranglari | Qorag‘at, Grafit, Och Yashil* |
| * Ranglarning mavjudligi bozor, mintaqa yoki aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin. | |
1 Galaxy S25 FE bilan taqqoslaganda.
2 My FanCam funksiyasidan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab etiladi. Mavjudligi videoga qarab farq qilishi mumkin. Kuzatiladigan inson bo‘lmasa, funksiya qo‘llab-quvvatlanmaydi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
3 Juda barqaror funksiyasi natijalari tahrirlash usuli va/yoki suratga olish sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin.
4 Galaxy S25 FE bilan taqqoslaganda. (FOV 80°)
5 Galaxy S25 FE bilan taqqoslaganda. Natijalar yorug‘lik va/yoki suratga olish sharoitlariga, jumladan, kadrda bir nechta obyekt bo‘lishi, fokusdan tashqarida qolish yoki obyektlarning harakatlanishiga qarab farq qilishi mumkin.
6 Fotosurat yordami funksiyasi uchun tarmoq ulanishi va Samsung akkauntiga kirish talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi mamlakat, til yoki qurilma modeliga qarab farq qilishi mumkin. Fotosurat yordami natijasida surat o‘lchami o‘zgarishi mumkin. Tasvir AI yordamida yaratilganini ko‘rsatish uchun saqlash vaqtida yakuniy tasvirga ko‘rinadigan suv belgisi qo‘yiladi. Yaratilgan natijaning aniqligi va ishonchliligi kafolatlanmaydi.
7 Gemini Omni funksiyasidan foydalanish uchun tegishli Google AI Pro obunasi talab etiladi. Galaxy S26 FE mos foydalanuvchilar uchun Google AI Pro xizmatidan 6 oy bepul foydalanish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Taklifning mavjudligi, undan foydalanish muddati, qo‘llab-quvvatlanadigan funksiyalar va obuna shartlari mamlakat, mintaqa, til, qurilma modeli va akkauntga qarab farq qilishi mumkin. Sinov muddati bekor qilinmasa, u tugaganidan keyin to‘lov olinishi mumkin. Google AI Pro va Gemini Omni Google LLC kompaniyasining savdo belgilaridir.
8 Ayrim AI funksiyalaridan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab etilishi mumkin. Samsung AI funksiyalari taqdim etgan natijalarning aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchliligi bo‘yicha hech qanday va’da, tasdiq yoki kafolat bermaydi. Galaxy AI funksiyalarining mavjudligi mamlakat, mintaqa, OS/One UI versiyasi, qurilma modeli yoki aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
9 Now brief funksiyasidan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab etiladi. Mavjud funksiya va imkoniyatlar mamlakat, mintaqa, til, qurilma modeli va ilovalarga qarab farq qilishi mumkin. Ayrim funksiyalar uchun tarmoq ulanishi talab etilishi mumkin. Shaxsiylashtirilgan brifing mazmuni faqat foydalanuvchi foydalanishga rozilik bergan shaxsiy ma’lumotlar asosida taqdim etiladi. Yaratilgan natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
10 Now nudge funksiyasidan foydalanish uchun Samsung akkauntiga kirish talab etiladi. Mavjud funksiya va imkoniyatlar mamlakat, mintaqa yoki tilga qarab farq qilishi mumkin. Ekrandagi Now nudge hozirda Samsung Messages hamda Google Messages, Google Chat, KakaoTalk, LINE, Signal, Tango, NTT Docomo Message va KDDI Message kabi ayrim uchinchi tomon xabar almashish ilovalarida mavjud. Ma’lumot mahsulot sotuvga chiqarilgan paytdagi mavjudlikka asoslangan va ogohlantirishsiz o‘zgarishi mumkin. Now nudge orqali surat ulashish mavjud tasvir mazmunini tahlil qilish asosida ishlaydi. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
11 Aylana chizib qidirish Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Funksiya ayrim qurilmalarda mavjud va internet ulanishini talab qiladi. Mos ilova va interfeyslarda ishlaydi. Natijalar vizual mosliklarga qarab farq qilishi mumkin. Javoblarning aniqligini tekshiring.
12 Uchinchi tomon laboratoriya sharoitlarida sinalgan tipik qiymat. Tipik qiymat IEC 61960 standarti bo‘yicha sinalgan batareya namunalari sig‘imidagi tafovutlarni hisobga olgan holda aniqlangan o‘rtacha qiymatdir. Galaxy S26 FE uchun nominal sig‘im 4900 mA·soatni tashkil etadi.
13 Galaxy S26 FE 45 Vt gacha simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 45 Vt quvvat adapteri alohida sotiladi. Faqat Samsung tomonidan tasdiqlangan quvvatlagich va kabellardan foydalaning.
14 Diagonal bo‘yicha o‘lchanganda Galaxy S26 FE ekrani to‘liq to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida 6,7 dyuym, yumaloq burchaklar hisobga olinganda esa 6,5 dyuymni tashkil etadi; yumaloq burchaklar va kamera teshigi sababli haqiqiy ko‘rish maydoni kichikroq.
15 Android™ qurilmalaridan simli ma’lumot uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 6.0 yoki undan keyingi, yuboruvchi qurilmada esa Android™ 6.0 yoki undan keyingi versiya bo‘lishi talab etiladi. Ma’lumotlarni kabelsiz, simsiz ulanish orqali ham uzatish mumkin. Simsiz ulanishda qabul qiluvchi va yuboruvchi qurilmalarda Android™ 6.0 yoki undan keyingi versiya bo‘lishi kerak.
Qabul qiluvchi Galaxy qurilmasida “Sozlamalar” bo‘limidan Smart Switch Mobile ilovasini oching yoki Galaxy Store’dan Smart Switch Mobile ilovasini yuklab oling. Uzatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar, kontent va ilovalar uzatish usuliga qarab farq qilishi mumkin. iOS qurilmalaridan simli uzatish uchun qabul qiluvchi qurilmada Android™ 17 yoki undan keyingi va One UI 9 yoki undan keyingi versiya, yuboruvchi qurilmada esa iOS 26.6 yoki undan keyingi versiya bo‘lishi talab etiladi. Uzatish kabelsiz, simsiz ulanish orqali ham bajarilishi mumkin. Simsiz ulanishda qabul qiluvchi qurilmada Android™ 17 yoki undan keyingi, yuboruvchi qurilmada esa iOS 26.6 yoki undan keyingi versiya bo‘lishi kerak. eSIM uzatish imkoniyati aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin. Mavjud operatorlarning batafsil ro‘yxati https://samsung.com/esim-support manzilida keltirilgan.
16 Galaxy S26 FE global sotuv boshlanish sanasidan boshlab operatsion tizimning yetti avlod yangilanishi va yetti yillik xavfsizlik yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlarining taqdim etilish muddati qurilma modeli, tarmoq provayderi yoki bozorga qarab farq qilishi mumkin.
17 Shartlar va qoidalar amal qiladi. Samsung Care+ qamrovi, xizmat turi va aksiya tafsilotlari mamlakat/mintaqaga qarab farq qilishi, shuningdek, franshiza (xizmat haqi) qo‘llanishi mumkin. Samsung Care+ aksiyasi imtiyozidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etilishi mumkin. Samsung Care+ haqida batafsil ma’lumot uchun https://www.samsung.com/samsung-care-plus/ saytiga tashrif buyuring. Uyda va xorijda xizmat: sayohat davomida Samsung Care+ xizmatlari kerak bo‘lsa, ularning mavjudligini aniqlash uchun borayotgan mamlakat/mintaqadagi mahalliy mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi bilan oldindan bog‘laning.
18 Gemini Google LLC kompaniyasining savdo belgisidir. Shartlar amal qiladi. Obuna bo‘lish orqali Google One, AI Credits va takliflar shartlariga rozilik bildirasiz. Taklif 2027-yil 1-avgust kuni soat 23:59 PT da yakunlanadi. Faqat 18 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mavjud. Oldinroq bekor qilinmasa, sinov muddati tugagach Google One oyiga 19,99 AQSh dollari miqdorida to‘lov oladi. Istalgan vaqtda bekor qilish mumkin. Xarid qilingan qurilmani qaytarish obunaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. To‘liq shartlar https://one.google.com/ saytida.
19 Ranglarning mavjudligi mamlakat yoki aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin
Qurilmalar > Mobil
Pressa uchun > Press-relizlar
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com