Samsung kompaniyasi Galaxy S26 smartfonlari foydalanuvchilari uchun One UI 9 Beta versiyasini taqdim etdi

17/06/2026
Share open/close
Havola nusxalandi.
One UI 9 beta versiyasi ijodkorlik, qulaylik va xavfsizlik borasidagi yangilanishlar orqali yanada intuitiv va shaxsiylashtirilgan mobil tajribani ulashadi

Samsung Electronics Co., Ltd. kompaniyasi 2026-yilning may oyida One UI 9 beta dasturini birinchi navbatda Galaxy S26 seriyasi uchun taqdim etdi. Yangi Android 17 tizimi asosida ishlab chiqilgan One UI 9 beta versiyasi kengaytirilgan ijodiy asboblar, moslashtirish imkoniyatlari, har qachongidan qulayroq mobil tajriba hamda kiber tahdidlarga qarshi kuchaytirilgan himoyani ta’minlaydi.

 

One UI 9 ning toʻliq imkoniyatlari joriy yil oxirida sotuvga chiqadigan yangi Galaxy flagman qurilmalari bilan birga ommaga namoyish qilinadi. Ular mobil qurilmalardan foydalanishni yanada oson va tabiiy qiluvchi ilg‘or sun’iy intellekt funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

 

Samsung One UI 9 beta dasturi

 

One UI 9 Beta versiyasidagi yangiliklar

One UI 9 beta versiyasi qurilmadan foydalanishning asosiy yo‘nalishlariga bir qator muhim yangilanishlarni olib kiradi.

 

Samsung Notes1 ilovasi yangi ijodiy vositalar, jumladan, turli bezakli lentalar va qalam uslublarining kengroq to‘plami bilan boyitiladi. Shu bilan birga, Contacts ilovasi endi boshqa dasturlarga oʻtmasdan turib, shaxsiy profil kartalarini yaratish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Creative Studio2 ilovasiga kirish imkonini beradi.

 

Yangilangan Quick Panel3 foydalanuvchilarga boshqaruv tugmalar joylashuvini o‘z xohishiga ko‘ra o’zgartirish imkonini beradi. Yorqinlik, ovoz balandligi va mediapleyerni endi alohida-alohida sozlash mumkin. Bu esa har bir foydalanuvchining didiga mos keluvchi turli o‘lchamdagi variantlarni taklif qiladi.

 

Qurilmadan barcha uchun birdek foydalanishni ta’minlovchi Maxsus imkoniyatlar sezilarli darajada yaxshilandi. Kursorning ravon harakatlanishini ta’minlaydigan sozlanuvchi Mouse Key tezligi hamda ilgari Google va Samsung tomonidan alohida taqdim etilgan funksiyalarni oʻzida birlashtirgan TalkBack bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shuningdek, matnni o‘qishni osonlashtirish uchun yangi Text Spotlight funksiyasi qo‘shildi – u tanlangan matnni ekranda paydo boʻladigan oynada kattaroq va aniqroq qilib ko‘rsatib beradi.

 

Shuningdek, One UI 9 shubhali ilovalar va ehtimoliy xavflarga qarshi yanada ishonchli himoya bilan ta’minlaydi: endilikda tizim yuqori xavfga ega ilovalarni aniqlaganda foydalanuvchini ogohlantiradi, ularni o‘rnatish yoki ishga tushirishni bloklaydi hamda xavfsizlik siyosati yangilanishlari orqali ularni butunlay o‘chirib tashlashni tavsiya qiladi.4

 

 

Mavjudligi

One UI 9 beta dasturi shu haftadan boshlab Germaniya, Hindiston, Koreya, Polsha, Buyuk Britaniya va AQSH kabi qator davlatlarda Galaxy S26 modellari foydalanuvchilari uchun ishga tushiriladi. Galaxy S26 egalari Samsung Members ilovasi orqali beta-dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.

 

Xizmatning ishlash ko‘rsatkichi mintaqa, mamlakat, operatsion tizim, One UI versiyasi, qurilma modeli hamda mobil aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
Creative Studio ilovasini oʻrnatish talab etiladi. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun internet tarmog‘iga ulanish va Samsung akkauntiga kirish lozim. Xizmatning ishlashi mamlakat, til va qurilma modeliga ko‘ra farq qilishi mumkin. Yaratilgan natijaning to‘liq aniqligi hamda ishonchliligiga kafolat berilmaydi. Stikerlarni faqatgina boshqa Galaxy qurilmalari bilan ulashish imkoni mavjud.
Agar bu funksiya oʻchirib qoʻyilgan boʻlsa, ayrim sozlamalar nofaol (kulrang) holatga o‘tishi yoki umuman koʻrinmasligi mumkin.
Samsung xavfsizlik siyosatining yangilanishlari bilan bog‘liq xizmat koʻrsatish qoidalaridagi oʻzgarishlar bevosita qurilma himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Bu o‘zgarishlar Samsung’ning ichki tekshiruvlariga ko‘ra, yuqori xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ilovalar ro‘yxatini yangilashni ham o‘z ichiga oladi.

Qurilmalar > Mobil

Pressa uchun > Press-relizlar

Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: z.fozilova@partner.samsung.com

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga