Samsung Paris 2024 tadbirini Street League Skateboarding va Pro Breaking Tour haqidagi hujjatli filmlar seriyasi premyerasi bilan nishonlaydi

14/05/2024
Share open/close
Havola nusxalandi.

2024-yil mart oyida Samsung Street League Skateboarding (SLS), Pro Breaking Tour (PBT) va World Surf League (WSL) bilan skeytbording, breykdansing va syorfing sportlarini nishonlash va Road to Paris 2024 va undan keyingi tadbirlarda ularning hamjamiyatlari bilan hamkorlik qilmoqchi ekanligini eʼlon qildi.

 

Samsung Paris 2024 uchun “Dunyoga ochiq har doim gʻalaba qozonadi” shiori ostida har bir sport turining ramziy submadaniyatini ochib berish uchun uch qismli hujjatli filmlar seriyasini yaratdi. SLS, PBT va WSL bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan mazkur loyiha skeytbording, breykdansing va syorfing jamoalari ochiqlikning umumiy qiymatini birdek qadrlashi haqidagi gʻoyani yetkazadi.

 

Loyihani nishonlash va ushbu sport turlarining markazida joylashgan jamoalar bilan bogʻlanish uchun Samsung eksklyuziv namoyishlarda dastlabki ikkita filmni taqdim etdi: 2024-yilda AQShda San Diyegoda boʻlib oʻtgan SLS chempionati safarida “Mustahkam orzular” va Atlanta shahrida boʻlib oʻtgan Pro Breaking Tour 2024 da “Chegaralardan tashqarida”. “The Next Wave” esa may oyi oxirida WSL’ning SHISEIDO Tahiti Pro koʻrgazmasida debyut qiladi.

 

Samsung San Diyegodagi Viejas Arenada minglab skeytbord ixlosmandlari safida 2024-yilgi SLS chempionatida ishtirok etuvchi umidga toʻla koʻzlarning mahoratini tomosha qilishga qoʻshildi. Muxlislar toʻplandi va musobaqani qiziqish bilan kuzatishdi, bunda Samsung Galaxy jamoasidan Rayssa Leal ayollar finalida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

 

Bundan tashqari, muxlislar va ishtirokchilar “Dunyoga ochiq har doim gʻalaba qozonadi” fotostendida skeytbording mavzusida bezatilgan buyumlar bilan selfiga tushishidi.

 

“Galaxy S24 foto va video imkoniyatlari skeytbordda uchish va tezkor surʼatlardagi harakatlar va doimiy tryuklarni suratga olish uchun juda mos keladi”, dedi tashrif buyuruvchilardan biri.

 

“Menga Galaxy S24 Ultra’ning funksiyalari juda yoqadi. Tarjima ilovasi ancha qoʻl keladi”, — deya qoʻshimcha qildi yana bir mehmon. “Rasmlardan soyalarni olib tashlay olish funksyasi ajoyib, chunki suratga olish uchun hamma telefonidan foydalanyapti. Telefondagi katta xotira ham ajoyib”.

 

“Hujjatli film zoʻr chiqqan”, dedi ishtirokchilardan biri. “SLS va Samsung bu madaniyatning rivojiga hissa qoʻshish va uni ochib berish uchun birlashganini koʻrish meni hayratga soldi”.

 

▲ “Mustahkam orzular” San Diyegoda boʻlib oʻtadigan 2024 SLS chempionatining final bosqichida namoyish etiladi.

 

▲ Samsung Galaxy jamoasidan Rayssa Leal (Skeytbording, Braziliya)

 

▲ Samsung Galaxy jamoasidan Sky Brown (Skeytbording, Buyuk Britaniya)

 

 

▲ Muxlislar Samsung Galaxy Experience zonasida Galaxy telefonlarini sinab koʻrishdi va suratga olishdi.

 

San Diyegodagi namoyishdan soʻng Samsung eHall Atlantada Pro Breaking Tour 2024 tomon East Cost’ga yoʻl oldi, u yerda Samsung musobaqaning dastlabki va yakuniy bosqichlari oraligʻida muxlislar uchun “Breaking Boundaries” maxsus namoyishini oʻtkazdi.

 

Tadbir davomida muxlislar Samsung stendiga tashrif buyurishdi. Muxlislar u yerda brekydansing mavzusida bezatilgan qiziqarli buyumlar bilan toʻldirilgan fotostendda suratga tushish va Samsung’ning soʻnggi innovatsiyalarini oʻz ichiga olgan sovrinlarni yutish uchun lotereyada qatnashish imkoniga ega boʻlishdi.

 

Shuningdek, Samsung King Kvichni shifrlash mahorati uchun “Open Award” sovrini va Galaxy S24 Ultra bilan taqdirladi. Breykdansingda shifrlash B-oʻgʻil va B-qizlarning aylana hosil qilishlari va oʻzlarining fristayl raqslarini koʻrsatish uchun birin-ketin aylanaga kirishlari nazarda tutiladi. Shifrlar breykdansing boshlanganidan beri mavjud boʻlib, breykdanschilar oʻzlarini ifoda etishlari uchun xizmat qilib kelgan.

 

“Hujjatli film breykdansingning eng muhim qismlarini ifodalabdi”, dedi tashrif buyuruvchilardan biri. “Breykdansing ildizi koʻchalarda vujudga kelgan boʻlsa-da, bu tana harakatlari va texnikaga ega boʻlishni va oʻzini erkin ifoda etishni xohlaydigan odamlar erishmoqchi boʻlgan choʻqqini belgilagan sanʼatdir”.

 

“Film rostdan zoʻr chiqibdi”, dedi ishtirokchilardan biri. “Breykdansing madaniyatini kinematik uslubda tomosha qilish juda-juda yoqimli. Odamlar raqsni aynan qayerda koʻrish kerakligini bilishlari kerak. Bu nafaqat muhim, balki oʻta taʼsirli hamdir”.

 

“Samsung breykdansing jamiyatini qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrganimdan juda xursandman”, deya qoʻshimcha qildi yana bir mehmon. “Olimpiadadagi breykdansing debyuti va Samsung bilan hamkorlik oʻrtasida bu sportning oʻsishi va odamlarning bu haqidagi xabardorligi uchun juda katta yutuqli yilga aylanadi”.

 

“Breykdansing faqat va faqat oʻsishda davom etadi. Samsung kabi hamkorlar esa ushbu hujjatli filmlar bilan uning oʻsishiga yordam berishi va breykdansing madaniyati va jamiyatini yorqin ochib berishi odamni quvontiradi”, dedi tashrif buyuruvchi.

 

Mustahkam orzular” va “Chegaralardan tashqarida” filmlarini Samsung’ning YouTube kanalidan topishingiz mumkin.

 

▲ Breykdanschilar Atlantadagi 2024 Pro Breaking Tourda raqobatlshdi.

 

▲ “Chegaralardan tashqarida” dastlabki va yakuniy bosqichlar oraligʻida koʻrsatildi.

 

 

▲ Muxlislar Samsung’ning breykdansing mavzusidagi fotostendidan zavqlanishdi.

Qurilmalar > Mobil

Mijozlarga xizmat koʻrsatishga aloqador har qanday masala boʻyicha yordam uchun https://www.samsung.com/uz_uz/info/contactus/ ga kiring.
Media fayllar soʻrovi boʻyicha u.nargiza@samsung.com ga kiring.

Samsung haqidagi oxirgi maqolalar bilan tanishing

Batafsil
Yuqoriga