Samsung “Super katta” Supermenni taqdim etish uchun Warner Bros. va DC Studios bilan hamkorlik qiladi
Hamkorlik muxlislarga taniqli super qahramonning mashhur filmidan onlayn va jonli tadbirlar orqali bahramand boʻlishning yangi usullarini taqdim etadi.

Samsung Electronics Co., Ltd 09 Iyul kuni Warner Bros. va DC Studios bilan eng soʻnggi “Supermen” filmini muxlislar uchun tayyorlangan bir qator tadbirlar, Supermen mavzusidagi video kontentlar va Samsung Art Store orqali DC Comics’dan cheklangan raqamli sanʼat asarlari bilan nishonlash uchun global hamkorlikni eʼlon qildi.
“Samsung yanada qiziqarli va mazmunli koʻngilochar vositalarni yaratishga intiladi, — dedi Samsung Electronics’ning Visual Display biznesining ijrochi prezident oʻrinbosari Hun Lee. — Yetakchi ijodiy studiyalar va rassomlar bilan hamkorlik qilish orqali biz odamlarga teatrda yoki uyda oʻzlari yoqtirgan hikoyalar va personajlar dunyosiga chuqur shoʻngʻishga yordam berishda davom etamiz”.
Jeyms Gan tomonidan yozilgan, rejissyor va prodyuserlik qilingan DC Studios’ning yangi kinematik olamidagi birinchi filmi boʻlgan “Supermen” 9-iyuldan boshlab butun dunyo boʻylab kinoteatrlarda namoyish etiladi. Kino chiqishi munosabati bilan Samsung “Shunchaki katta emas. Super katta” shiori bilan global kampaniyani boshlab yuboradi. Kampaniya birlamchi Supermen kinosini raqamli platformalar, chakana savdo joylari va jamoat joylari boʻylab nishonlaydigan bir qator video kontentlarni yoritadi.
Londonda ushbu kampaniya The Shard va Kings Cross Station kabi tirbandlik yuqori joylarda paydo boʻladigan Daily Planet mavzusiga oid bir qator gazeta doʻkon kiosklari orqali amalga oshadi.
Shuningdek, muxlislar Supermen mavzusidagi cheklangan nashrdagi buyumlar, eksklyuziv sovgʻalar va oʻzlarining tadbir fotosuratlari yoki videolarini baham koʻrish orqali global ijtimoiy media tanlovida ishtirok etib, super sovrinlar, jumladan 98 dyuymli Samsung televizorini yutib olishlari mumkin.
Interaktiv tadbirlar Osiyoda, jumladan Malayziya, Vyetnam va Koreyaning yirik savdo markazlarida boʻlib oʻtadi. Unda muxlislar Supermen mavzusidagi fotostendlar, immersiv displeylar va amaliy mahsulot sinovidan bahramand boʻlishadi.

Bundan tashqari, Samsung Art televizorlaridagi yetakchi raqamli tasviriy sanʼat platformasi boʻlgan Samsung Art Store foydalanuvchilar uchun DC Comics’dan 10 ta rasmdan iborat Supermen raqamli albom toʻplamini 1-iyuldan 31-avgustgacha bepul taqdim etadi. Bu toʻplam The Frame hamda 2025 QLED va Neo QLED modellarida[1] mavjud boʻlib, Supermenning qahramonlik merosini har bir xonadonga olib kiradi va muxlislarga undan yangicha usulda bahramand boʻlish imkonini beradi.
Samsung’ning Super Big TV qatoriga Neo QLED va Crystal UHD modellari kiradi va ular 98, 100, 115 dyuymli variantlarida mavjud boʻladi.[2] Keng ekranlar, AI orqali yaxshilangan ajoyib tasvir sifati va chuqur kontrast bilan Samsung uyga moʻljallangan ajoyib koʻngilochar vositani taklif etishni maqsad qilgan.
Batafsil maʼlumot uchun uchun www.samsung.com saytiga tashrif buyuring.
|
[1] Samsung Art TV qatoriga MICRO LED, The Frame, The Frame Pro, Neo QLED 8K, Neo QLED hamda Q7F va undan yuqori boʻlgan QLED modellari kiradi. [2] Mahsulot mavjudligi mintaqaga qarab oʻzgaradi.
Supermen haqidaDC Studios IMAX® va kinoteatrlarda Warner Bros. Pictures tomonidan taqdim etiladigan Troll Court Entertainment/The Safran Company Production, Jeyms Gan filmi boʻlgan Supermenni 2025-yil 9-iyulda namoyish etadi. |
Korporativ > Odamlar va madaniyat
Pressa uchun > Press-relizlar
Korporativ > Texnologiyalar
Qurilmalar > TV va Audio
Agar siz mijoz bo‘lsangiz, iltimos, quyidagi sahifaga o‘ting: samsung.com
OAV va media uchun: sh.khalilova@partner.samsung.com